Geo iqtisod 9-uzb-5-2013. indd



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/166
Sana25.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#463772
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166
Bog'liq
Jahon iqtisodiy-ijtimoiy geografiyasi. 9-sinf (2014, A.Qayumov, I.Safarov) (1)

Qishloq xo‘jaligining
asosini sug‘orma dehqonchilik tashkil etadi. Keyingi 
yillarda yuz bergan siyosiy beqarorlik ekinlar tarkibiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Sug‘orma yerlarning katta maydonlarida norasmiy guruhlar tomonidan ko‘knori 
o‘stirilib, qoradori va geroin ishlab chiqarish uchun asos tayyorlanmoqda. 
Afg‘onistonning keyingi yillarda qoradori va geroin yetkazib berish bo‘yicha 
yetakchilikni qo‘ldan bermay kelayotganligi qo‘shni davlatlar, shu jumladan 
O‘zbekistonda ham notinchlik keltirib chiqarmoqda.
Umuman olganda, dehqonchilikda boshoqli ekinlar va paxta ekish, meva va 
uzum yetishtirish muhim rol o‘ynaydi. Chorvachilik ekstensiv xususiyatga ega. 
Qo‘ychilik va echkichilik birmuncha yaxshi rivojlangan.
Transport
tarmoqlari ichida avtomobil transporti muhim ahamiyat kasb 
etadi. Chunki tashilgan barcha yuk va yo‘lovchilarning aksariyat qismi aynan 
avtomobil transportiga to‘g‘ri keladi. Keyingi yillarda O‘zbekiston quruvchilari 
yordamida ko‘plab daryolarda buzilgan ko‘priklar qaytadan tiklandi. Undan 
tashqari, bir qator yangi ko‘priklar ham barpo qilindi. Havo transporti endi-endi 


141
rivojlantirilmoqda. Mamlakatning Kobul, Mozori-Sharif, Qandahor va Hirot 
shaharlarida aeroportlar ishlab turibdi.
Afg‘oniston O‘zbekiston bilan o‘zaro manfaatli iqtisodiy aloqalarni ri-
vojlantirishga intilmoqda. Bu o‘rinda qator ishlar ham amalga oshirilganligini 
ta’kidlab o‘tish zarur (shimoliy hududlarni yoqilg‘i, elektroenergiya va suv bilan 
ta’minlash va boshqa tadbirlar hayotga tatbiq etilmoqda). Lekin ushbu va boshqa 
tadbirlarni amalga oshirishga tolibonlar to‘sqinlik qilmoqda.
POKisTON FEDERATiV
isLOm REsPUBLiKAsi
Pokiston Federativ Islom Respublikasi Eron, Afg‘oniston va Hindiston 
davlatlari bilan chegaradosh, janubidan esa Arabiston dengiziga tutashdir. 
Ma’muriy-hududiy tuzilishi – Federativ Respublika. Oliy qonun chiqaruvchi 
hokimiyat – Parlament (Milliy Assambleya va Senat). Davlat boshlig‘i – 
Prezident.
Relyefi janubdan shimolga va shimoli-sharqqa tomon ko‘tarilib boradi. Iqlimi 
subtropik va tropik xususiyatli.
Pokiston

industrial-agrar yo‘nalishga asoslangan ko‘p tartibli xo‘jalikka ega 
mamlakat. Uning tarkibi Panjob, Sind, Shimoli g‘arbiy chegara oldi, Belujiston 
provinsiyalari hamda Islomobod joylashgan federal poytaxt hududidan iborat.
Pokiston tog‘lar va tekisliklar mamlakati. Shimoliy hududlarida Hindikush, 
Qoraqurum va Himolay tog‘ tizmalari uchrashadi. Himolay tog‘larining chekka 
g‘arbiy qanotida 2005-yilning oktabr oyida dahshatli zilzila yuz berdi. U 40 
mingdan ortiq kishining halok bo‘lishiga, 100 ming kishining jarohatlanishiga, 
salkam 3 mln. kishining esa boshpanasiz qolishiga sabab bo‘ldi. Mamlakat 
aholisining soni 2013-yilning iyul oyida 193,2 mln. kishini tashkil etdi. Bu 
ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy, Hindiston, AQSH, Indoneziya va Braziliyadan 
keyin dunyoda 6-o‘rinni egallaydi. Aholisining o‘rtacha zichligi 243 kishiga 
teng. Tug‘ilish koeffitsiyenti 32–34 promilleni, o‘lim koeffitsiyenti esa 16 
promilleni tashkil etadi. Aholi sonining 42 % i esa 0 –14 yoshdagilarga, 4 % i esa 
65 va undan katta yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘rtacha umr davri 65 
yosh. Urbanizatsiya darajasi 36,2 % ga teng. Mamlakatda Karachi, Ravalpindi, 
Islomobod, Peshovar kabi yirik va katta shaharlar mavjud.
Pokiston 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish