O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI TABIIY FANLAR FAKULTETI GEOGRAFIYA TA’LIM YO’NALISHI
2- BOSQICH TALABASI
ALIMARDONOVA ASILABOBUNING
O’ZBEKISTON GEOGRAFIYASI FANIDAN
O’ZBEKISTONNING UZOQ XORIJIY DAVLATLAR BILAN
SAVDO-IQTISODIY ALOQASI
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
Kurs ishi
Tayyorladi:A.Alimardonova
Qabul qildi: D. Xudoyberdiyev
TERMIZ -2022
MAVZU: O’ZBEKISTONNING UZOQ XORIJIY DAVLATLAR BILAN SAVDO-IQTISODIY ALOQASI Reja: KIRISH ………………………………………………………………….
I BOB TASHQI IQTISODIY ALOQALARNI YURITISHNING SHAKLLARI VA YO’NALISHLARI…………………………………………………….. 1.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar……
1.2. O`zbekiston Respublikasi tashqi aloqalarining huquqiy asoslari va asosiy tamoyillari………………………………………………………………….. II BOB O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING RIVOJLANGAN VA MDH DAVLATLARI BILAN SAVDO IQTISODIY ALOQALARI………… 2.1 O’zbekiston Respublikasining rivojlangan va MDH davlatlari tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari. …………
2.2 Rivojlangan va MDH davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili………………………………………………………………
XULOSA……………………………………………………………………….. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR……………………………………….
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Davlat rivojlanishining barcha tarixiy
bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq
xo’jaligida, alohida regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy
masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli
izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi
iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish
kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi.
Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak
ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy
hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy
aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo
ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan
yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini
hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi
savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar
yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar
dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha
mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy
faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston va MDH davlatlari
o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va qo’llabquvvatlashdan iborat.