Mavzu: O’zbekistonning uzoq xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqasi reja: kirish


O`zbekiston Respublikasi tashqi aloqalarining huquqiy asoslari va asosiy



Download 1,3 Mb.
bet4/8
Sana27.05.2022
Hajmi1,3 Mb.
#611766
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ALIMARDONOVA ASILABONU 220-GURUH

1.2. O`zbekiston Respublikasi tashqi aloqalarining huquqiy asoslari va asosiy
tamoyillari
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, o`z tashqi siyosatini o`zi belgilash
uchun keng imkoniyatga ega bo`ldi. O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti
I.Karimov ta’biri bilan aytganda, “O`zbekistonning davlat mustaqilligini qo`lga
kiritganligi va u xalqaro miqyosda tan olinganligi shuni bildiradiki, bundan buyon
respublika mustaqil ichki va tashqi siyosatini olib boradi, hech kimning
vositachiligisiz o`zaro manfaatli munosabatlarni o`rnatadi.” O`tgan 28 yil davomida
milliy manfaatlarimizga mos keladigan, uning dunyo hamjamiyatidagi nufuzini
mustahkamlashga, xorijiy davlatlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va
madaniy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan tashqi siyosat yo`nalishlari
belgilab olindi. Bu borada respublikaning tashqi siyosatdagi faol ishtiroki , xalqaro
tashkilot va xorijiy davlatlar bilan hamkorligi muhim o`rin tutadi.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ushbu sohani isloh qilish, tubdan
yangilash maqsadida Tashqi ishlar vazirligi qaytadan isloh qilindi. O`zbekiston
Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov farmoniga asosan 1992-yil 23-sentabrda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, 1991-yil 7-sentabrda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi. O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalarni yo`lga qo`yish maqsadida 1990-yil 12-iyulda tashkil etilgan O`zbekiston SSR Tashqi savdo va xorijiy aloqalar davlat qo`mitasi 1992-yil 12-fevralda Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligiga aylantirildi. 1992-yil 21-fevralda esa O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning “O`zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligini tashkil etish to`g`risida”gi Farmoni qabul qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2002-yil 21-oktabrdagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida boshqaruv tizimini yanada erkinlashtirish va
takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan bu vazirlik O`zbekiston
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi etib qayta tashkil qilindi.
O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2005-yil 21-iyuldagi “Tashqi iqtisodiy va savdo aloqalari, xorijiy investitsiyalarni jalb etish sohasida
tizimini takomillashtirish to`g`risida”gi Farmoniga asosan, O`zbekiston17
Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi O`zbekiston Respublikasi Tashqi
iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi etib qayta tashkil qilindi.
O`zbekiston Respublikasining mustaqil tashqi siyosiy faoliyatining huquqiy
asoslari, prinsplari, mazmuni, maqsad va vazifalari O`zbekiston Republikasi
Konstitutsiyasining IV bob, 17-moddasida “O`zbekiston Respublikasi xalqaro
munosabatlarning to`la huquqli subyektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning
tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning
daxlsizligi, nizolarni tinch yo`l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga
aralashmaslik qoidalariga va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa
qoidalari va normalariga asoslanadi. Respublika davlatning, xalqning oliy
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar tuzish,
hamdo`sliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib
chiqishi mumkin”. O`zbekiston o`zining milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda
huquqiy normalar asosida o`z tashqi siyosatini belgiladi. Qisqa davr ichida
davlatlararo munosabatlardagi tamoyillar va ustuvor yo`nalishlarini belgilab oldi.
Davlatning tashqi siyosatdagi harakatlarini tartibga solib turuvchi asosiy
harakatlantiruvchi kuch bu – Konstitutsiyaviy huquqdir. Prezident I.Karimov
ta’kidlaganidek, “Ochiq demokratik jamiyat qurish, bozor munosabatlarini vujudga
keltirish xalqaro e’tirof etilgan konstitutsiyaviy hamda huquqiy asosda amalga
oshirilmoqda. Bu asos iqtisodiyotni isloh qilish, uning keng ko`lamda jahon
hamjamiyatiga integratsiyalashuvi uchun kuchli huquqiy kafolatlar va shartsharoitlarni ta’minlab beradi”.
Iqtisodiy taraqqiyot darajasini tahlil etishda YaIM, YaMMning axoli jon
boshiga to’g’ri keladigan ko’rsatkichlari bosh mezon hisoblanadi. Ayrim
rivojlanayotgan mamlakatlarda axoli jon boshiga to’g’ri keladigan YaIM
rivojlangan mamlakatlar singari yuqori darajani tashkil etadi, biroq boshqa
ko’rsatkichlar (iqtisodning tarmoqlar tuzilmasi, axoli jon boshiga hisoblaganda
asosiy mahsulot turlarini ishlab chiqarish va hokazolar) yeg’indisiga ko’ra bu
mamlakatlarni rivojlangan mamlakatlar toifasiga qo’shib bo’lmaydi.
Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari guruhi iqtisodiy taraqqiyot darajasini
juda aniq belgilab beradi, nega deganda u bevosita yoki bilvosita -mamlakatda
asosiy va aylanma kapitaldan, mehnat resurslaridan foydalanish sifati, holati,
darajasidan dalolat beradi. Samaradorliklning asosiy ko’rsatkichlari
quyidagilardan iborat:
1) Mehnat unumdorligi (sanoat, qishloq xo’jaligi, ishlab chiqarish tarmoqlari
va turlari bo’yicha);12
2) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turiga qancha capital sarflanishi;
3) Asosiy fondlar qaytimi koeffitsienti;
4) YaIM birligiga yoki aniq bir mahsulot turlariga qancha xomashyo
sarflanadi.
Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning
tashqi iqtisodiy aloqalari shunchalik faol va xilma-xil bo’ladi. Demak,
mamlakatning xalqaro iqtisodiy aloqalardagi ishtroki ham qisman uning iqtisodiy
taraqqiyoti darajasidan dalolat beradi.
Barcha tashqi iqtisodiy aloqalarning millliy iqtisodiyotga ta’siri ma’lum bir
sifat va qiymat ko’rsatkichlari orqali baholanishi va fodalanishi mumkin.
Avvalambor mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi qay
darajada ekanligini bilish lozim. Bu ekportning yalpi ichki maxsulotdagi ulushi
orqali aniqlanadi (YaIM). Bu ko’rsatkich mamlakat eksport kvotasi deb ataladi.
Ko’rsatkich qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
qatnashish darajasi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Masalan, AQSHning eksport
kvotasi 10-15% ga teng, Germaniya, Fransiya, Italiya va Angliyaning eksport
kvotasi esa 25-30%, MDH davlatlarida 18% atrofida, Belgiya, Vengriya, Singapur
davlatlarida esa 110-113%. Ammo bu ko’rsatkich xalqaro iqtisodiy
munosabatlarning sifat tuzulishini, stukturasini harakterlay olmaydi. Shuning
uchun uni aks ettirish maqsadida yana bir ko’rsatkichdan foydalaniladi. Bu real
eksport kvotasi bo’lib, u mamlakatning sanoat ishlab chiqarilishidagi eksportning
ulushi orqali o’lchanadi. Rivojlangan mamlakatlarda u tahminan 40-50 foizga
teng. Bu barcha ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmi tashqi bozorga olib
chiqilishini anglatadi. Mamlakatning xalqaro iqtisodiy munosabatlarda
qatnashishi shuningdek uning eksportining elastiklik darajasi orqali ham
aniqlanadi (YaIM va eksport o’sish sur’atlarining muvozanati). Agar elastiklik
birdan oshsa, mamlakat tobora xalqaro iqtisodiy munosabatlarda qatnashishi
chuqurlashayotganini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalar ta’siri bu sohadagi
barcha ishtrokchilar, asosan eksport, import, kredit operatsiyalari faoliyati
shuningdek texnik va boshqa xizmatlar ko’rsatish natijalari oqibatida yuzaga13
keladi. Shu bilan birga avvalo jamiyat, milliy xo’jalik, davlat, manfaatlari
ko’zlangan holda samaradorlikni to’g’ri aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini baholashda bir qator
ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Ular qatorida quyidagilarni ajratib ko’rsatish
mumkin:
• Eksportning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
• Importning valyuta samaradorligi ko’rsatkichi
• Tashqi savdo almashinuvi samaradorligi ko’rsatkichi
• Savdoning narx shartlari, eksport va import narx indekslari
• To’lov balansi , uning tarkibiy qismlari:
• Savdo balasi
• Xizmatlar va nosavdo harajatlar balansi
• Kapital harakati va kredit balansi • Mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hisobi



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish