PZR ni o’tkazish.
Ushbu uslub in vitro sun’iy sharoitda ferment ta’sirida, ma’lum tanlab olingan DNK nuklein kislotasining qismini ko’p martalab nusxa ko’chirishiga asoslangan. Bunda faqatgina tanlab olingan DNK qismlarining namunalarda mavjud bo’lsa, nusxalari ko’chiraladi. Tirik organizmlarda tabiiy sharoitda o’tadigan amplifikatsiya jarayonidan (replikatsiya) farqli o’laroq, PZR da faqatgina DNK ning qisqa fragmentlarining nusxasi ko’chiriladi. Oddiy PZR jarayonida nusxa ko’chirilayotgan DNK- qismlari 3000 n.j. lariga ya’ni, 3 kbp ga teng bo’ladi. Turli xil polimerazalar aralashmasi yordamida va qo’shimchalar ishtirokida ma’lum sharoitda, PZR-fragmenti uzunligi 20-40 ming juft nukleotidgacha yetadi. Lekin bu masofa baribir eukariot hujayra xromosoma uzunligidan qisqa bo’ladi. Masalan, inson genomi taqribam 3 mlrd. Juft asoslardan tashkil topgan.
Reaktsiya komponentlari:
PZR sini o’tkazish uchun eng oddiy holatlarda qo’yidagi komponentlar talab qilinadi:
-DNK-matritsa- DNK ning amplifikatsiya qilinadigan qismi
-ikkita praymer- o’rganilayotgan DNK fragmentining ikkita qarama-qarshi uchiga komplementar bo’lgan praymerlar
- Termostabil DNK polimeraza fermenti- DNK polimerizatsiya reaktsiyasini katalizlaydi. PZR reaktsiyalarida ishlatiladigan polimerazalar yuqori haroratda uzoq vaqt davomida o’z faoliyatini yo’qotmasligi zarur, shuning uchun termofillardan ajratib olingan qo’yidagi polimerazalar ishlatiladi: Thermus aquaticus (Taq-ploimeraza), Pyrococcus furiosus (Pfu-polimeraza), Pyrococcus woesei (Pwo-polimeraza), Thermus thermophilus (Tth-polimeraza) va boshqalar.
-Dezoksiribonukleozidtrifosfatlar (dATP, dGTP, dCTP, dTTP).
-Mg2+ ionlari polimeraza faoliyati uchun asosiy komponentlardan hisoblanadi.
-Bufer eritmalar, muhit pH, eritma ion kuchini ta’minlaydi. Tarkibida qoramol zardob albuminiga ega bo’ladi.
Reaktsion aralashmaning bug’lanish jarayonining oldini olish maqsadida, probirkaga yuqori haroratli qaynab turgan vazelin moyi qo’shiladi. Lekin amplifikatorda yuqori haroratli qopqoq bo’lsa, ushbu jarayon ishlatilmaydi.
Reaktsion aralashmaga pirofosfataza qo’shilsa, RZR ni maxsuldorligini oshiradi. Bu ferment pirofosfat gidrolizini katalizlash hususiyatiga ega bo’lib, nukleotidtrifosfatlarning o’sib borayotgan DNK zanjiriga bog’lanishini va ortofosfat hosil bo’lishining oldini oladi. Pirofosfat PZR sini ingibirlash hususiyatiga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |