Genomika asoslari



Download 9,45 Mb.
bet82/109
Sana11.03.2022
Hajmi9,45 Mb.
#489803
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109
Bog'liq
genomika fanidan o`quv qo`llanma

42- Rasm. Amplifikatorlar


PZR reaktsiyasini o’tkazish.
Asosan PZR da 20-35 sikllar o’tkaziladi, ularning har biri uch bosqichdan iborat.
Denaturatsiya
Ikki zanjirli DNK-matritsa 94-96°C gacha isitiladi yoki agar termostabil polimeraza ishlatilsa, DNK zanjiri ochilishi uchun 98°C haroratda 0,5-2 minut qizdiriladi. Bu bosqich erish harorati denaturatsiya deb ataladi, ushbu jarayonda DNK tarkibidagi vodorod bog’lari ochiladi. Odatda, birinchi bosqichdan oldin reaktsion aralashma 2-5 minut matritsa va praymerlarning to’liq denaturatsiyasi uchun uzoq qizdirish o’tkaziladi.

43-Rasm. Birinchi va ohirgi yo’laklarda DNK markerlarining tasviri, Qolgan yo’laklarda PZR mahsulotlarining tasviri.
Qizdirish.
DNK zanjirlari ochilgan keyin, harorat tushiriladi, bunda parymerlar bir zanjirli matritsa bilan bog’lanadi. Ushbu bosqich kuydirish bosqichi deb ataladi. Kuydirish harorati praymerlar tarkibiga bog’liq bo’lib, praymerlar erish haroratidan 5 gradus past harorat tanlab olinadi. Kuydirish haroratini noto’g’ri tanlash, praymerlarning matritsa bilan noto’g’ri bog’lanishiga- yuqori haroratda, yoki noto’g’ri joyda bog’lanishiga va maxsus bo’lmagan mahsulotlarning hosil bo’lishiga olib keladi- past haroratda. Kuydirish bosqichining vaqt oralig’i- 30 sekundni tashkil qiladi, bir vaqtning o’zida, bu vaqt davomida polimeraza bir necha yuz nukleotidlarni sintez qilishga ulguradi. Shuning uchun 600 va undan yuqori erish haroratiga ega bo’lgan praymerlar tanlab olinadi va kuydirish va elongatsiya bosqichlari bir vaqtda 60-720 da olib boriladi.
Elongatsiya.
DNK-polimeraza matritsa zanjirida replikatsiya o’tkazadi, bunda birlamchi nukleotid sifatida (zatravka) praymer ishlatiladi. Bu bosqichga elogatsiya deb ataladi. Plomeraza ikkinchi zanjir sintezini praymer 3’ ohirgi uchidan boshlaydi, u zanjir bo’ylab matritsa bilan bog’lanadi, va matritsa bo’ylab, yangi zanjirni 5’ uchidan 3’ uchiga qarab suntez qilib boradi. Elongatsiya harorati polimerazaga bog’liq bo’ladi. Ko’p ishlatiladigan Taq va Pfu ploimerazalar 72 0 haroratda faol bo’ladi. Elongatsiya vaqti DNK-polimeraza tipiga bog’liq bo’lib, amplifikatsiya qilinadigan fragment turiga ham bog’liq bo’ladi.Odatda elongatsiya vaqti har bir ming nukleotidga nisbatan bir minutga to’g’ri keladi. Hamma sikllar tugaganidan so’ng, bir zanjirli fragmentlarni ohirigacha qurish maqsadida, qo’shimcha final elongatsiya bosqichi o’tkaziladi. Bu bosqich 7-10 minut davom etadi. Reaktsiya mahsus mhsulotlarining soni nazariy jihatdan proportsional 2n — 2n songa ko’payadi, bu yerda n- reaktsiya sikllarining sonini anglatadi. Umuman olganda, har bir sikl samarasi 100% dank am bo’lishi mumkin, shuning uchun aniqlikda P ~ (1+E)n to’g’ri keladi, bu yerda P- mahsulot soni, E- siklning o’rtacha samarasini anglatadi. DNK uzun nusxalarining soni chiziqli ravishda ortadi, shuning uchun reaktsiya mahsulotlarida spetsifik fragment ko’p uchraydi.
Kerakli mahsulotlarning geometrik progressiyasi reagentlat miqdori, ingibitorlar mavjudligi va nojo’ya mahsulotlarning hosil bo’lishi hisibiga chegaralangan. Ohirgi sikllarda reaktsiya o’sishi pasayadi, bu jarayonga “plato samarasi” deb ataladi.


Download 9,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish