78
suyaklarining o`zgarishi bilan bog`liq bo`lgan, ya’ni
barmoq suyaklari sathining
o`zgarishi kaft usti suyaklari sathining o`zgarishiga doim monand bo`lgan. Ikkinchi
yo`nalishida yon barmoqlar reduksiyaga uchrab, sathi o`zgarsa ham kaft usti
suyaklarining soni, sathi o`zgarmagan.
Natijada har ikki suyaklar sathi bo`yicha nomutanosiblik vujudga kelgan.
Barmoqlar o`zgarishidagi birinchi yo`nalishini Kovalevskiy
adaptiv o`zgaruvchanlik,
ikkinchi
yo`nalishni
esa
inadaptiv
o`zgaruvchanlik
deb
atagan.
Adaptiv
o`zgaruvchanlikka anxiterium va gelokus, inadaptiv o`zgaruvchanlikka esa
anopleterium va enteledon oyoq suyaklarining o`zgarishini misol qilib olish mumkin.
Adaptiv va inadaptiv o`zgaruvchanlik keyinchalik fanda
Kovalevskiy qonuni deb
nomlandi (18-rasm). Adaptiv va inadaptiv o`zgaruvchanlik yo`nalishining mavjudligi
to`g`risidagi Kovalevskiy tasavvuri evolyutsiyada katta ahamiyatga ega. Chunki u
ma’lum muhit sharoitiga moslanishlar vujudga kelishida har xil yo`nalish mavjudligini,
ularning muhitga moslanish darajasi o`zaro keskin farq qilishini ko`rsatadi. Bu
mulohaza Darvinning divergensiya qonuni asosida ko`p hamda kam moslashgan oraliq
formalar mavjudligi haqidagi fikrlari to`g`riligini yana bir marta ko`rsatdi.
17-rasm.
Otlar kalla suyagining evolyutsiyasi.
79
Binobarin, tuyoqli hayvonlar paleontologiyasi tarixini o`rganish tufayli
Kovalevskiy ular monofiletik kelib chiqqanligini, yangi formalar divergensiya asosida
bir qancha tarmoqlarga bo`linib, uzoq vaqt davom etgan tabiiy tanlanish asosida
o`zgarganligini, ajdod formalardagi eng foydali o`zgarishlar saqlanganligini qayd qildi.
Kovalevskiy o`z tekshirishlari bilan evolyutsion nazariyaning paleontologik tadqiqotlar
uchun ahamiyatini ko`rsatib berdi.
Belgiya paleontologi L. Dollo (1887—1931)
Kovalevskiy ishlarini davom
ettirib, qazilma holdagi baliqlar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchi hayvonlarning
muhitga moslashganligini o`rgandi va shunga asoslanib 1909 yilda «Etologik
paleontologiya» degan asarini nashr ettirdi Kovalevskiy singari hayot tarzi va muhit
sharoitiga bog`liq holda skeletda ro`y beradigan o`zgarishlarni aniqladi.
Chunonchi, dinozavr iguanodon skeletining tuzilishini tekshirib, u orqa
oyoqlarida yurganligi va qushlarga o`xshashligi konvyergent ko`rinishda ekanligini
qayd etdi. Dollo ko`p paleontologik
dalillarga asoslanib, birorta turga kiruvchi
organizmlar o`z ajdodlari yashagan sharoitda qayta yashasa ham qadimgi ajdodlar
holatiga qaytmasligini aniqladi va evolyutsiyaning qaytarilmaslik qonunini yaratdi.
Mazkur qonun paleontologiyaning keyingi rivojlanishida to`plangan materiallar
bilan yana bir marta tasdiqlandi
Avstriya paleontologi M. Neymayr (1845 — 1890) uqtirishicha,
paleontologiya
fani organik olam vakillarining tarixiy taraqqiyoti ularning asta-sekin rivojlanishini
tasvirlashi lozim.
Olimning o`zi geologik vaqt o`tishi bilan uchlamchi davrda yashagan
qorinoyoqli mollyuskalardan bo`lgan polyudinalar chig`anog`ining hajmi va
Do'stlaringiz bilan baham: