Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

2.
 
Evolyutsion embriologiyaning tarkib topishi. 
Evolyutsion nazariya tufayli XIX asrning 60-yillaridan boshlab, hayvonlar 
embriologiyasi tamomila yangi ilmiy asosda rivojlantirildi. Bu davrda hayvonlar 
embriologiyasi birmuncha dalillarga ega bo`lsada
lekin ular ilmiy dunyoqarash 
nuqtai nazaridan xulosalanmagan edi. Hayvonlar embriologiyasiniig evolyutsion 
ta’limot asosida rivojlanishi A. O. Kovalevskiy (1840—1901) va I. I. Mechnikov 
nomi bilan chambarchas bog`liq.
Kovalevskiy dastlabki embriologik tadqiqotlarini lansetnikning rivojlanishini 
o`rganishdan boshladi. Uning ishlariga qadar bu hayvonning sistematikadagi 
o`rni noma’lum edi. XVIII asrda rus akademigi Pallas uni mollyuskalarga
boshqa olimlar esa umurtqali hayvonlarga kiritganlar. Kovalevskiy 1865 yili 
nashr etilgan “Tarixiy rivojlanish 
Amphioxlas 1anceolatum” 
degan asarida 
lansetnikning embrion va undan keyingi rivojlanishini o`rganib, uning embrionida 
ichaklar rivojlanishi umurtqasiz hayvonlarnikiga, nerv sistemasining rivojlanishi 
esa umurtqali hayvonlarnikiga o`xshashligini; voyaga yetgan lansetnikning ba’zi 
bir organlarida segmentlardan tuzilish prinsipi saqlanganligini: ayirish sistemasi, 
rangsiz qon bo`lishi umurtqasizlarnikiga, xorda, nerv, qon tomir sistemasi va 
nafas olish organlari esa umurtqalilarnikiga o`xshashligini ta’kidlaydi. 
Binobarin, lansetnik tuzilishiga ko`ra umurtqasiz va umutqali hayvonlar 
o`rtasidagi oraliq forma ekanligi isbotlandi.
Gekkel Kovalevskiy ma’lumotlaridan foydalanib, xordalilar tipini ajratdi va 
lansetnikni bu tipning bosh suyaksizlar kenja tipi vakillariga misol qilib kiritdi. 
Kovalevskiy o`z tadqiqotlarini davom ettirib, umurtqasiz hayvonlar bilan 
lansetnik o`rtasida qanday oraliq formalar borligini hal etishga kirishdi (16-
rasm). U xuddi lansetnikka o`xshash hayvonlar sistemasida o`rni noma’lum 
bo`lgan assidiyaga e’tibor berdi. Mazkur hayvonning embrion rivojlanishini 
o`rgangan olim embrion varaqlari hamda lichinka rivojlanishidagi ba’zi bir 
xossalar — xorda, jabralar, yaxshi rivojlangan nerv sistemasi, ko`z, eshitish 
pufakchalari va muvozanat organlari bilan lansetnikka o`xshashligini ta’kidlaydi. 
Biroq keyinchalik, assidiya voyaga yetishi arafasida regressiv o`zgarishlarga 


76 
uchraydi. Bu o`zgarishlar uning aktiv hayot kechirishdan o`troq hayot kechirishga 
o`tishi bilan bog`liqdir. Lichinkalik davrida uchragan progressiv organlar voyaga 
yetish jarayonida yo`qolib ketib, tuzilishi soddalashib qoladi. Kovalevskiy 
assidiyaning embrion va lichinkalik davridagi rivojlanishini tekshirib, u mollyuska 
emasligini, aksincha, degeneratsiyaga uchragan xordali hayvon ekanligini qayd 
qildi. Uning aniqlashicha, o`rganilgan barcha formalarda embrion varaqlari
blastula, gastrula bosqichlarining bir xil hosil bo`lishida, ba’zi vaqtlarda esa 
organogenezning o`xshashligida namoyon bo`ladi. Bu kashfiyot barcha hayvon 
guruhlari uchun umumiy rivojlanish asoslari mavjud, degan xulosaga olib keladi. 
Qayd qilingan ma’lumotlar Kovalevskiy Darvin ta’limotiga asoslanib, faqat 
embriologiyada 
emas, 
evolyutsion 
biologiyada 
ham 
muhim 
xulosalarga 
kelganligidan dalolat beradi.
I.I.Mechnikov (1845—1916) Kovalevskiy bilan bir qatorda qiyosiy embriologiya 
sohasida bir qancha tadqiqot ishlari olib bordi. U boshoyoqli mollyuskalar misolida 
umurtqasiz hayvonlar embrionining rivojlanishida ham xuddi umurtqalilarga 
o`xshash 3 ta embrion varaqi (ektoderma, endoderma, mezoderma) namoyon 
bo`lishini va ulardan organlar hosil bo`lishi xuddi umurtqalilarnikiga o`xshash ro`y 
berishini ta’kidladi. Shu asosda Mechnikov umurtqasizlar bilan umurtqalilarning 
embrion varaqlari gomologik ekanligi to`g`risidagi g`oyani fanda birinchi bo`lib 
ilgari surdi hamda Pander, Berning embrion varaqlari nazariyasini filogentik 
mazmun bilan boyitdi. 
16-rasm.
 Assidiya (I), lansetnik (II), minoga (III) lichinkalarining tuzilish 
sxemasi: 1- orqa miya; 2 — ko`z; 3 — yelka tori (xorda): 4 —og`iz; 5 - jabra 
yoriqlari; 6 — endostil; 7 — ichaklar; 8 — anal teshigi (poroshitsa); 9- jigar; 10- 
punktir chiziqlar bilan jabra atrofidagi bo`shliq teshigi ifodalangan; 11 - yurak; 
12 - yopishish uchun so`rg`ich: 13- paypaslagich;
14- hidlash chuqurchasi. 


77 
Mechnikov bulutlar bilan meduzalarning rivojlanishini o`rganib, ko`p 
hujayralilarning kelib chiqishi to`g`risida «parenximulla» gipotezasini yaratdi. Bu 
gipotezaga ko`ra, ko`p hujayrali organizmlar bir hujayrali organizmlarning koloniya 
bo`lib yashaydigan formalarining diffyerensiyalanishi (ajralishi) tufayli vujudga 
kelgan. Mechnikov kiprikli chuvalchanglarni o`rganib, birinchi marta hujayra ichi 
oziqlanishni kashf qildi. Bir qancha umurtqasiz hayvonlar lichinkalar yoki voyaga 
yetgan davrida oziqlanish funksiyasini parenxima hujayralari bajaradi. Ular amyoba 
singari, oziq donasini o`rab olib, so`ngra hazm qiladi. Bunday hujayralarni 
Mechnikov «fagotsitlar» deb nomladi va fagotsitoz haqidagi ta’limotni yaratdi. 
Fagotsitoz — organizmning himoya funksiyasi, barcha mezoderma qavatga ega 
hayvonlar tipiga xos ekanligini, evolyutsiya jarayonida hujayralar ichida 
oziqlanish vujudga kelganini oddiy
 
tajribalarda qayd qildi. 
Mechnikov qiyosiy va tarixiy usullardan foydalanib, sodda hayvonlarda 
hujayra ichida oziqlanishi oddiy hodisa bo`lib, hali himoya funksiyasini o`tay 
olmasligini, hayvonlar tuzilishining rivojlanishi bilan fagotsitoz — himoya 
funksiyasini bajarishni, umurtqali hayvonlar va odamga kelib, u faqat himoya 
funksiyasini o`tashga moslashganligini ta’kidlaydi. 
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish