Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
 
 
 


74 
VII
bob
. DARVINDAN KEYIN EVOLYUTSION TA’LIMOTNING 
RIVOJLANTIRILISHI 
Tayanch tushunchalar va bilimlar: 
Evolyutsion ta’limot poydevorining mustah-
kamlash, evolyutsion ta’limotni embriologiya, paleontalogiya, hayvonlar va 
o`simliklar fiziologiyasi, ekologiyaga tatbiq qilishi. 
 
1.
 
Evolyutsion ta’limotning kutib olinishi. 
Darvindan keyin biologiya fani jadal sur’atlar bilan rivojlana boshladi, chunki 
uning ta’limoti tufayli organik mavjudotlarni o`rganishga tarixiy prinsip tadbiq 
etildi. Unga asoslanib biologiya fani yangicha tarzda rivojlana boshladi. Birinchi 
bosqich evolyutsion nazariya poydevorini mustaxkamlashga qaratildi. Jahonning 
yirik tabiatsunos olimlari o`z tadqiqotlariga tarixiy prinsipni j oriy etish orqali 
evolyutsion ta’limotni yangi -yangi dalillar bilan boyitdilar. 
Darvinning “Turlarning paydo bo`lishi” asari 1860-yilda nemis, 1862-yilda 
Fransuz va 1864-yilda rus tillariga tarjima qilindi. 
Darvin ta’limotning to`liq g`alaba qozonishida Angiliyada Geksil, Guker, 
Gyermaniyada Gekkel, AQSHda Aza Grey, Rossiyada K.A. Timiryazev, 
I.I.Mechnikov va ilmiy dunyoqarash ruhidagi boshqa progressiv olimlarning 
xizmatlari benihoya katta bo`ldi. Darvin ta’limotini targ`ib qilishda Guker haqli 
ravishda faxrli o`rin egallaydi. U botaniklar orasida birinchi bo`lib, florani tarixiy 
rivojlanish nuqtayi nazaridan o`rgandi. 
Geksil odamning hayvonot sistemasidagi o`rnini qiyosiy anatomiya dalillari 
asosida isbotlab berdi. U umurtqali hayvonlarning kalla suyagi bir –biriga 
o`xshash ekanligini, panja qanotli baliqlar umurtqali hayvonlarning quruqlikka 
tarqalishi uchun zamin yaratganligini qayd qildi. 
Gekkel evolyutsion nazariyani biogenetik qonun bilan boyitdi va ko`p 
hujayrali organizmlarning kelib chiqishi haqida “gastreya” gipotezasini yaratdi. 
Gekkel “Jahon jumboqlari” degan kitobida, ayniqsa, evolyutsion nazariya 
odamning kelib chiqishi to`g`risidagi masalani ilmiy asosda hal qilib 
berganligini ta’kidlaydi. Biroq Gekkel biologik va ijtimoiy hodisalarning tub 
mohiyatini anglay olmadi va evolyutsion ta’limotdagi yashash uchun kurash, 
tabiiy tanlanish kabi g`oyalarni tirik tabiatdan jamiyat taraqqiyotiga ko`chirib, 
o`ta reaksion sotsial darvinizm oqimiga asos soldi. Evolyutsion ta’limotning 
mazmunini Peterburg universitetning professori S.S.Kutorgo birinchi bo`lib 
talabalarga tanishtirdi va 1861 – yili “Otechestvennie zapiski” jurnalida 
noma’lum mualif nomi bilan Darvin ta’limotiga xayrixohlik ruhida yozilgan 
taqrizi chiqdi. Shu yili fevral oyida Kutorgo yana bir maqolasini “Biblioteka 
dlya chteniya” jurnalida nashr ettirdi. 
1863 – yilga kelib, Moskva davlat universitetining professori S.A.Rachinskiy 
“Russkiy vestnik” jurnalida “Gullar va xashoratlar” degan maqolasini bostirdi. 
1864 – yili Timiryazevning “Darvin asari, uning muxoliflari va sharhlovchilari” 
degan maqolalar to`plami bosilib chiqdi. U 1865 – yili “Darvin va uning 
ta’limoti” nomi bilan alohida nashr qilindi. Asarda Timiryazev Darvin 
ta’limotining asosiy mazmunini qisqacha bayon etdi. 
Bu asar darvinizmni o`rganishda asosiy qo`llanma bo`lib xizmat qildi va 
bir necha marta nashr etildi. Timiryazev asari bilan bir qatorda D.I.Pisarevning 


75 
“Hayvonot va o`simliklar olamida progress” degan maqolalar to`plami, 
M.A.Antonovichning “Hayvonot olamida turlarning kelib chiqishi nazariyasi” 
kabi maqolalar to`plami Darvin ta’limotining Rossiyada tarqalishiga ijobiy ta’sir 
ko`rsatdi. 
1880 – yilga kelib, Rossiyala ham Darvin ta’limotiga qarshi kurash 
boshlandi. 1885 – yili Danileskiy “Darvinizm” nomi bilan ikki tomlik kitob 
nashr ettirdi. U g`arb adabiyotlaridagi Darvin ta’limotiga qarshi qaratilgan 
barcha tanqidiy fikrlarni mazkur kitobda to`pladi va ularga asoslanib bu ta’limot 
izchil emas, qarama – qarshi fikrlarga boy va soxta ta’limot deb isbot etmoqchi 
bo`ldi. Jurnalist N.N.Straxov Danilevskiyning kitobini sharhlab, darvinizm 
to`liq tor – mor etildi degan fikrni e’lon qildi, K.A.Timiryazev inkor etildimi? 
degan o`z leksiyasi va asarlarida Danilevkiy va Straxovga qaqshatgich zarba 
berdi. Ilg`or olimlar evolyutsion nazariyani qabul qilish bilan chegaralanmay, 
uni keng miqyosda targ`ib qildilar va fanning turli sohalariga tatbiq etib 
rivojlantirdilar. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish