72
qiladi. Ba’zan idioplazmaning o`zgarishi tashqi muhitga emas, balki ko`proq ichki
sabablarga bog`liq bo`ladi. Negelining bu haqidagi fikrlari Lamark ta’limotidagi
gradatsiya organizmning ichki intilishiga bog`liq, degan fikriga yaqin dir.
Amerika paleontologi E.Kop o`zining evolyutsion nazariyasida (1887)
organizmlarning tarixiy rivojlanishini ayrim organizmlarning o`sishiga o`xshatdi va bu
jarayon «o`sish kuchi» yoki «batmizm» tufayli amalga oshadi,
deydi. Tashqi muhit
organizmga ta’sir etganda «o`sish kuchi»ni o`zgartiradi. Batmizm organizmlarning
individual va filogenetik rivojiga ta’sir ko`rsatadi. Batmizmning o`zgarishi muhitning
o`zgarishiga doim mos bo`ladi. Shunga ko`ra, individual o`zgaruvchanlik moslanish
xarakterida bo`ladi. Shunga o`xshash mulohazalar bilan tabiiy tanlanishnnng ijodiy
roli inkor qilindi. Biroq E.Kop chegaralangan darajadagi ma’lum tabiiy
tanlanishning rolini e’tirof etdi. Uning ta’biricha, tabiiy tanlanish moslashgan
formalarni keltirib chiqarmaydi, balki ularni saqlaydi, xolos. Mexanolamarkizm
muhitning organizmga bevosita ta’sirini, bevosita moslanishini va kasb etilgan
belgilarning nasldan-naslga o`tishi g`oyasini himoya qiladi.
Yuqorida qayd qilingan mexanolamarkizmdan farq qilib, psixolamarkizm ruhni
(psixikani) o`simliklar bilan hayvonlar evolyutsiyasining asosiy omili sifatida tan
oldi. Kop, Pauli, Seman, Vagner bu oqimning asoschilari edi. Psixolalamarkistlar
uqtirishicha, organizmlarnin o`zgarishi «talab» yoki «talabni sezish» bilan
belgilanadi. Organizm shu talabni qondirish uchun xilma-xil o`zgarishlarni vujudga
keltiradi. Ongli ravishda vujudga kelgan o`zgarishlar maqsadga muvofiq bo`ladi.
Psixika faqat hayvonlarga emas, o`simliklarga, xatto hujayralarga ham xos
xususiyatlardir. Shu nuqtayi nazardan olganda, ongsiz xarakatlar ikkinchi darajadir.
Reflekslar onggining yo`qolishi natajasidir. O`simliklar shunday regressning
mahsuli deb tan olindi. O`simliklar, hayvonlar ongdan tashqari, xotiraga, ham ega.
Xotira va nasldan – naslga o`tish o`zaro o`xshash bo`lib, kelgusi bo`hinda beriladi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, Darvindan keyin
evolyutsion nazariya rivojlanishining birinchi bosqichi organik olamning
evolyutsiyasi, tabiiy tanlanish natijasida ro`y beradigan evolyutsion jarayon, yangi
turlarning paydo bo`lishi moslanuvchanlik yo`nalishida ekanligiga oid dalillar
to`planishi va Darvin evolyutsion nazarisiga qarshi kurash bilan izohlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: