81
hisoblanadi. U baqa va odamlar ustida
olib borgan tadqiqotlarida bosh miyada
reflekslarni tormozlaydigan alohida markazlar borligini,
ular yordamida tashqi
ta’sirga bo`ladigan javob reaksiyalarini tormozlash mumkinligini aniqladi va bu
bilan bosh miyaning funksiyasi va ongni tabiiyotshunoslikning ob’ektiv usullari
yordamida o`rganish mumkinligini isbotladi. Sechenovning bu mulohazalari 1863
yili nashr etilgan «Bosh miya reflekslari» degan asarida bayon qilindi. U o`z
asarida odamdagi ixtiyoriy harakatlar, odamning
ruxiy faoliyati tashqi, ichki
sharoitga bog`liqligini qayd qildi. Sechenov organizmning tabiatini, muhit bilan
aloqasini e’tiborga olib, odam ontogenezida va hayvonot
olamining evolyutsiyasida
ruhiyat jarayonlarning rivojlanish xossalarini ochib berdi. Uning mulohazasiga ko`ra,
hayvonlar va odamlar ruhiy faoliyatining o`ziga xos tomoni evolyutsiya jarayonida
vujudga kelgan moslanishdan iborat.
Shunday qilib, hayvon organizmining shakllanishida tashqi muhitning roli
to`g`risidagi Darvin mulohazalari Sechenov tadqiqotlarida rivojlantirildi. U 1861 yili
o`qigan leksiyalarining birida tashqi muhitsiz organizm bo`lishi mumkin emas. Shu
sababli organizmning ilmiy ta’rifiga unga ta’sir ko`rsatuvchi muhit tushunchasi ham
kiritilishi kerak, deb uqtirdi. Sechenovning ilmiy faoliyati fiziologiyaning
rivojlanishida muhim davr bo`ldi.
5.
Ekologiyaning fan sifatida shakllanishi.
Darvin ta’limotining keng tarqalishi, xususan,
uning ekologiyaga doir
tasavvurlari organizm bilan muhitning o`zaro munosabati muammosiga qiziqishni
orttirdi. Bu sohadagi tadqiqotlar ekologiyaning alohida fan sifatida tarkib topishiga
sabab bo`ldi.
Hayvonlar ekologiyasi bu davrda har xil yo`nalishda rivojlandi. Avvalo, ayrim
hayvonlarning
hayot kechirishi, xo`jalik uchun foydali hayvon turlari hayotini
o`rganish bo`yicha tadqiqot ishlari olib borildi. Chunonchi, A. F. Middendorf
(1815—1894) Shimoliy
va Sharqiy Sibirga safar qilib, qushlarning mavsumiy
migratsiyasi, yirtqichlarning qishki uyqusi, noqulay sharoitga moslanishi to`g`risida
qiziqarli dalillar to`pladi, hayvonlar bilan o`simliklar o`zaro munosabatining ba’zi
ko`rinishlarini tekshirdi. Uning uqtirishicha, ekologik
tadqiqotlarda hayvonlarning
hayotini faqat iqlimga bog`liq, deb yuzaki talqin qilmaslik kerak. M. N. Bogdanov
ma’lum bir kichik joydagi hayvonlar va o`simliklar kompleksini birinchi navbatda
o`rganish lozimligini qayd qildi.
U o`simliklar, hasharotlar va boshqa mayda hayvonlar birgalikda alohida
guruhlarni tashkil qilib, muhit ta’sirida o`zgarib turadi, deb ko`rsatdi.
Zoogeografiya muammolariga ekologik nuqtai nazardan yondashish N. A.Seversov
(1827-1885) ilmiy faoliyatida o`z rivojini topdi. U 1873 yili nashr qilingan «Turkiston
hayvonlarining vertikal va gorizontal tarqalishi» degan kitobida O`rta Osiyo
faunasining Paleoarktika oblastidagi boshqa hayvonlariga nisbatan protsentini
aniqlash, shuningdek qushlarning har xil balandlikdagi hayotini o`rganish
borasida
mahalliy, ayniqsa iqlim, topografik sharoit hayvonlarning geografik tarqalishi,
hayotiga ta’sir etishini ko`rsatib o`tdi. Asarda hayvonlarni rayonlashtirish
sistemasi Paleoarktika oblasti misolida to`laroq tahlil qilindi.
U mazkur oblastda
tundra, Yevropa, tayga yoki shimoliy o`rmon, O`rta dengiz, O`rta Osiyo, Shimoliy
Xitoy kichik oblastlarini aniqlaydi.