Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

Psilophita. 
devon davrida qirilib ketgan holda 
unga yaqin turlar 
(Psilofitum 
va boshqalar) tropiklarda hanuzgacha saqlanib 
qolgan. Ochiq urug`lilarning karbon davrida paydo bo`lgan tuban vakili ginko 
biloba hozir ham mavjud. Ixtisoslashgan organizmlarning yashab qolishi ma’lum 
darajada ular moslashgan muhit sharoitining saqlanishiga bog`liq.
Ikki kurak 
tishlilar kenja turkumining Avstraliyada yashovchi vakili hisoblangan xaltali ayiq 
yoki koala ma’lum turdagi evkalipt barglari bilan oziqlanadi, Modomiki, qayd 
qilingan evkalipt turi mavjud ekan, koala qirilmasdan yashaveradi. Tarixiy 
jarayonda o`ta ixtisoslashgan formalar qayta ixtisoslashishi mumkin. Mayr 
uqtirishicha, evolyutsion jihatdan avj olib rivojlangan deyarli barcha formalar 
yuksak darajada ixtisoslashgan formalardir. 
Fan sohasida to`plangan juda ko`p dalillar ixtisoslashish turlarning qirilishi 
uchun boshlang`ich sabab bo`lmasligi, balki u mazkur jarayon uchun imkon 
tug`dirishini qayd qiladi. Bayon qilingan mulohaza evolyutsiya tupiklarini 
organizmlarning ixtisoslashishi bilan tushuntirib bo`lmasligini ko`rsatadi. 
5. Evolyutsiya jarayonining tezligi.
Evolyutsiya jarayonini xarakterlovchi asosiy elementlardan biri uning tezlik 
darajasidir. Organizmlarning har biri tabiiy guruhidagi evolyutsiyaning tezlik 
darajasi, birinchi navbatda, turlar rivojlanishining tezligi bilan belgilanadi. Agar tur 
ichida irqlarga ajralish, irqlar doirasida, populyatsiya ichida ro`y beradigan 
jarayonlar o`zaro farq qilsa, u holda ular evolyutsiya tezligiga ta’sir qiluvchi 
omillar bo`lib xizmat qiladi. Umuman olganda, har qanday tabiiy guruhlar 
evolyutsiyasining tezligi tur hosil bo`lishiga bog`liq deb hisoblash mumkin. 
Evolyutsiya tezligi haqida fikr yuritganda, avvalo, organlarning filogenetik 
o`zgarish tezligini muhokama qilish zarur. Mazkur masala M. Lukin va N. 
Vorontsov ishlarida o`z ifodasini topgan. N. Vorontsov organlarning yangilanish 
tezligi notekisligiga genetik nuqtai nazardan yondashdi. Albatta, masalaga bunday 
yondashish organlarning yangilanish tezligi muhit «talabiga» bog`liqligini inkor 
etmasa ham, evolyutsiya tezligidagi farq irsiy turg`unlik bilan izohlanadi. Shuni 
unutmaslik kerakki, organlar yangilanishidagi notekislikni faqat irsiyat bilan 
izohlash filogenezni ontogenez bilan tenglashtirishga sabab bo`ladi. 


232 
Organlar tuzilishi va funksiyasi tanlanishning ma’lum formasiga bog`liq 
holda turg`un yoki o`zgaruvchan bo`ladi. Organlar morfologiyasi va 
funksiyasining turg`unligi tarixiy tarkib topgan, korrelyativ munosabatlar va
koordinatsiyaning himoyalanish formasi natijasidir. M.Lukin fikricha, organlarning 
filogenetik 
o`zgarishi 
notekisligiga 
asosiy 
sabab, 
ularning 
filogenezdagi 
ahamiyatining har xilligidir. Odatda, filogenezda katta ahamiyatga ega organlar 
va sistemalar birinchi navbatda, ikkinchi darajali organlar esa sekinlik bilan 
o`zgaradi yoki o`zgarmay qoladi. M. Lukin masalaga tarixiy nuqtai nazardan
yondashgan bo`lsada, lekin fan sohasidagi dalillar yuqoridagi qoidani hamma 
vaqt ham tasdiqlamaydi. Ko`p hollarda nerv sistemasining yangilanish tezligi 
boshqa organlarga nisbatan yuqori bo`ladi. Ba’zan esa boshqa organlar, shu 
jumladan, hazm qilish organlarining yangilanish tezligi yuqori bo`ladi. Mazkur fikr 
ayniqsa nematodalarga taalluqlidir. Ularni sistemaga solishda og`iz apparati va 
qizilo`ngachning tuzilishini e’tiborga olish tasodifiy bir hol emas, albatta. Ayrim 
organlar sistemasining yangilanish evolyutsiya tezligining ortishi yoki sekinlashishi 
to`g`risida xabar berishiga qaramay, evolyutsiya hamma vaqt butun organizmga 
tegishli 
bo`ladi. 
Organlar, 
organizmlar 
yangilanishi 
tezligini 
kuzatish 
paleontologiyada ayniqsa muhim rol o`ynaydi. Paleontologlar ma’lum geologik 
davrning muddati va unda ro`y beradigan organlarning yangilanishi miqdorini 
o`rganib, organizmlar organlar va ular qismlarining yangilanish darajasi haqida 
mulohaza yuritadilar. Paleontologik material qancha boy bo`lsa, evolyutsiya 
tezligi xaqidagi ma’lumotlar ham shuncha to`liq bo`ladi. 
Equidaea 
oilasini misolga 
olsak, uning uchun ma’lum geologik davrdagi avlodlar miqdori evolyutsiya tezligini 
ifodalovchi belgi bo`lib xizmat qiladi. 
Bu sohadagi ma’lumotlarni taqqoslash ekvidlar o`rta va kechki eotsen davrida 
kuchli evolyutsiyaga ega bo`lib, keyinchalik rivojlanishi sustlashganligi, kechki 
eotsendan erta oligotsenga o`tish jarayonida yana jadallashganligi aniq ko`rinadi. 
Shunga o`xshash misollar organlarning filogenetik yangilanish tezligining 
notekis borishi haqida fikr yuritilganda, avlodlar, binobarin, tur evolyutsiyasi 
tezligining notekisligi ham e’tiborga olinishi kerakligini ko`rsatadi (Simpson). 
Paleontologik ma’lumotlar har xil hayvon guruhlarida evolyutsiya tezligining 
o`zgarganligi haqida guvohlik beradi. Bu hodisa Myuller ishlarida ko`rsatib 
o`tilgan. U yaxshi o`rganilgan hayvonlar avlodini ayrim geologik qatlamlar bo`yicha 
joylashtirganda, evolyutsiya jarayonining tezligiga doir qiziqarli ma’lumotlar olgan. 
51-rasmda 
amfibiyalar 
evolyutsiyasining 
yo`nalishi 
tasvirlangan. 
Unda 
ko`rsatilishicha, amfibiyalar devon davrida paydo bo`lib, karbonda ko`p avlod, 
turlarga ega bo`lgan, ya’ni biologik progress darajasiga ko`tarilgan va evolyutsiya 
jarayonining tezligi ortgan. Perm davrida ular evolyutsiyasining tezligi pasaygan 
hamda avlodlar soni kamaygan. Faqat uchlamchi davrga kelib, evolyutsiya tezligi 
nisbatan ortgan. 
Tarixiy jarayonda evolyutsiya tezligining almashinib turish hodisasi 
reptiliyalarda ham ko`zga yaqqol tashlanadi (52-rasm). Evolyutsiya tezligining 
o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar orasida mutatsiyaning takrorlanishi ham 
ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yashash sharoitining o`zgarishi ham ba’zi 
turlarning ko`plab nobud bo`lishiga, boshqalarining esa son jihatdan ko`payishiga 
sabab bo`lgan. 


233 
Organizm tarqalgan territoriya, populyatsiya hajmining ortishi, organizmlarning 
adaptiogenez, yo`nalishidagi rivojlanishi ham evolyutsiya tezligiga ta’sir etuvchi 
omillarga kiradi. Shmalgauzen uqtirishicha, orogenez yo`nalishidagi jarayonlar 
evolyutsiya o`zini-o`zi tezlashtiruvchi harakatlanish xarakteriga kirganligidan 
dalolat beradi. 
Shmalgauzen 
qayd 
qilishicha, 
progressiv 
evolyutsiya 
jarayonida, 
populyatsiyalar orasida maksimal tezlik bilan moslanish bo`yicha biologik poyga 
ro`y beradi. 
51-rasm.
Amfibiyalar avlodi sonining (237 ta avlod hisobga olingan) devon 
davridan uchlamchi davrgacha bo`lgan dinamikasiga oid yarim sxematik tasviri. 
evolyutsiyaning enpooritezligi karbon, keskin biologik regressi bo`r davriga, 
cheklangan ko`tarilishi esa uchlamchi davrga to`g`ri keladi
Shunga o`xshash allogenez, gipergenez ham evolyutsiya tezligini oshirishda 
muhim rol o`ynaydi. Xulosa qilib aytganda, evolyutsiya jarayonining tez ligi 
evolyutsiyaning 
boshlang`ich 
omillari 
(mutatsiya, 
populyatsiya 
to`lqinlari, 
izolyatsiya, tabiiy tanlanish)ning xususiyatlari, bo`g`inlarning almashinib turishi va 
ontogenetik differensiyalanish darajasi bilan belgilanadi. 


234 
52-rasm.
Reptiliyalardagi avlodlar (1045) soni dinamikasiga oid yarim 
sxematik tasvir. Biologik progress bir necha marta almashinib turgan va 
evolyutsiya tezligi oshgan (Perm, trias oxiri, bo`r, qisman uchlamchi davrda). 
 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish