Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
Evolyutsiyaning
 
turli yo`nalishlari orasidagi munosabat
(izohi matnda) 
Evolyutsiya jarayonining umumiy degeneratsiya yo`nalishi r
1
—r
2
bilan 
ifodalangan. U organizmlar tuzilishining soddalashishiga olib keladi. Biroq umumiy 
degeneratsiyaga uchragan organizmlar xilma-xil muhit sharoitiga idioadaptatsiya 
yo`li bilan moslashadi 
(R). 
Albatta, Seversovning bu sxemasi organik olamning 
tarixiy rivojlanishida evolyutsiyaning turli yo`nalishidagi barcha bog`lanishlarni 
ochib bermaydi. Shunga qaramay, ba’zi olimlar uning mulohazalarini tanqid 
qildilar. Ularning fikricha, A.N. Seversov tomonidan ilgari surilgan evolyutsiya 
jarayonining to`rt yo`nalishidan uchtasi (aromorfoz, idioadaptatsiya, umumiy 
degeneratsiya) o`zgarishlarning voyaga etgan organizm hayot faoliyatiga 
ko`rsatgan ta’siriga qarab, senogenez esa yosh xususiyatidagi moslanishga qarab 
ajratilgan, deyiladi. Senogenez esa o`z ahamiyati bilan ba’zi hollarda aromorfozlarga 
(sut emizuvchilardagi yo`ldosh) yoki idioadaptatsiyaga yaqinlashadi. Binobarin, uni 
aromorfoz yoki idioadaptatsiyaga kiritish kerak, deb ko`rsatadilar. Shmalgauzen 
mulohazasiga ko`ra, Seversov «idioadaptatsiya» terminini juda noo`rin ishlatgan. U 
organizmlarning har bir turiga xos irsiy moslanishlarni ifoda etgani uchun biologik 
progresslarning boshqa yo`nalishlarida ham keng ma’noda ishlatilishi kerak. 
Shmalgauzen idioadaptatsiya termini o`rniga «allomorfoz» terminini ishlatishni
maqsadga muvofiq deb topdi. Olimlar Seversovning biologik progress haqida-
gi fikrlarini ham tanqid qilib, progress tushunchasi turning ma’lum davridagi 
holatini emas, balki oddiydan murakkabga tomon, takomillashmagan formadan
takomillashgan formaga tomon rivojlanishini tushuntirishi kerak, deydi.
Seversovning evolyutsion rivojlanishning turli yo`nalishlari haqidagi ta’li-
motiga baho berishda, odatda, olimlar hozirgi fanning rivoji nuqtai nazaridan 
yondashadilar. Lekin bu tanqidlar Seversov ta’limotining darvinizm uchun katta 
ahamiyatini kamaytirmaydi. U ochgan «qonuniyatlar faqat umurtqali hayvon-
larga xos bo`lmay, balki umumiy biologik ahamiyatga ham ega. Masalan, gulli 


227 
o`simliklarda aromorfoz yo`nalishidagi bir qancha o`zgarishlar (o`tkazuvchi 
naylar bog`lami, epidermis, og`izchalar, chang naychalari, urug`ning rivojlanishi) 
sodir bo`lgan. Gulli o`simliklarning chetdan changlanishi, meva va urug`larining 
tarqalishi, vegetativ ko`payishiga oid moslanishlar idioadaptatsiya yo`nalishiga
misoldir. O`simliklarda umumiy degeneratsiya ham uchraydi. Ba’zi o`simliklar 
parazit hayot kechirishga o`tishi munosabati bilan barg va ildizlari reduksiyaga 
uchrab, ular o`rniga so`rg`ichlar hosil bo`lishi buning yaqqol dalilidir. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish