Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

 
Telogenez 
organizmlar tuzilishidagi ixtisoslashish bilan bog`liq adaptatsiyadan 
iborat. Masalan, xameleonlarning ko`p turlari daraxtlarning ingichka novdalarida hayot 
kechirishga ixtisoslashgan. Bu ixtisoslashish oyoqlarining o`zgarib, omburga 
o`xshashligi, ilashuvchi dum, uzun va shilimshiq hamda ma’lum masofaga 
cho`ziluvchi til, o`zgaruvchi himoya rangi hamda kosasimon aylanuvchi ko`z 
rivojlanishi bilan bog`liq.
49-rasm.
 Tor doirada ixtisoslashish (telogenez); oq qanotli qizilishton. 


229 
Qizilishton barmoqlarining ikkitasi oldinga, ikkitasi orqaga qaraganligi, dum pati 
tayanch vazifasini o`tashi, tumshug`i uzun va o`tkir bo`lishi hamda kalla suyagiga 
birikkanligi, tilining uzun va o`tkirligi daraxtda yashashga ixti soslashish oqibatidir 
(49-rasm). 
Gipergenez
 
ayrim organ yoki organizmlarning hajmi kattalashishi bilan 
bog`liq o`zgarishlardir. Adaptatsiogenezning bu xili ayniqsa o`tmishda mezozoy va 
kaynozoy eralarida yashagan umurtqali hayvonlarga xosdir.
 
50-rasm.
 
Gipergenezga misollar (qazilma formalar);darranda tishli yo`lbars; 2 — 
shimol bug`usi; 3 — stegozavr. 
Hozirgi davrda o`simliklardan sekvoya, hayvonlardan kit, fil, nosorog, 
jirafalarni gipergen formalarga misol qilib keltirish mumkin. Gipergenezlar ma’lum 
sharoitda evolyutsiyaning perspektiv yo`nalishi hisoblanadi. Chunki organizm yoki 
uning ayrim organlarining yirik bo`lishi yashash uchun kurashda bir qancha 
afzalliklarni (dushmanlardan o`zini himoya qilish va hokazolarni) keltirib chiqaradi. 
Gipergenezda tanlash yo`nalishi o`zgaradi. U nasl qoldirishning kamayishi, organlar 
o`rtasidagi korrelyativ bog`lanishlarning buzilishi bilan xarakterlanadi (50-rasm). 
Katagenez

organizmlarning o`ta ixtisoslanishi bilan bog`liq holda tuzilishi-
niig murakkabdan oddiyga o`tishidir. U mazmunan Seversovning umumiy 
degeneratsiya tushunchasiga mos keladi. Katagenez hodisasi aktiv hayot kechirishdan 
passiv hayot kechirishga, aktiv oziqlanishdan passiv oziqlanishga, ko`chmanchi hayot 
kechirishdan o`troq hayot kechirishga o`tish bilan bog`liq.
 
Gipogenez
 
katagenezning xususiy formasi bo`lib, organizm voyaga yetmagan 
xolda o`z ontogenezini o`tkazishi bilan izohlanadi. U mazmun jihatdan neoteniyaga 


230 
mos keladi. Ba’zan o`zgargan muhit sharoitida voyaga etgan organizmlarga 
nisbatan uning lichinkalari ko`proq moslashadi. Masalan, oddiy aksolotda lichinka 
metamorfozga uchramaydi, hayotini butunlay suvda o`tkazib, tashqi jabralari, dum 
suzgich qanotlarini keyinchalik ham saqlaydi. Gipogenezda, odatda, ontogenezning 
keyingi bosqichlarida rivojlanishi lozim bo`lgan belgilar rivojlanmay qoladi. 
Kolovratkalar, mshankalar, kanalar va pardalilar katagenez va gipogenez 
yo`nalishi bilan kelib chiqqan. Katagenez va gipogenez natijasida organizmlar 
muhitga o`zini butunlay tobe qilib qo`yuvchi ixtisoslashgan belgilardan holi 
bo`ladi, Bunday organizmlarda boshqa adaptiv belgilar bo`lgan taqdirda, ular 
o`zgargan muhitga moslanishi mumkin. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish