Psilophita.
devon davrida qirilib ketgan holda
unga yaqin turlar
(Psilofitum
va boshqalar) tropiklarda hanuzgacha saqlanib
qolgan. Ochiq urug`lilarning karbon davrida paydo bo`lgan tuban vakili ginko
biloba hozir ham mavjud. Ixtisoslashgan organizmlarning yashab qolishi ma’lum
darajada ular moslashgan muhit sharoitining saqlanishiga bog`liq.
Ikki kurak
tishlilar kenja turkumining Avstraliyada yashovchi vakili hisoblangan xaltali ayiq
yoki koala ma’lum turdagi evkalipt barglari bilan oziqlanadi, Modomiki, qayd
qilingan evkalipt turi mavjud ekan, koala qirilmasdan yashaveradi. Tarixiy
jarayonda o`ta ixtisoslashgan formalar qayta ixtisoslashishi mumkin. Mayr
uqtirishicha, evolyutsion jihatdan avj olib rivojlangan deyarli barcha formalar
yuksak darajada ixtisoslashgan formalardir.
Fan sohasida to`plangan juda ko`p dalillar ixtisoslashish turlarning qirilishi
uchun boshlang`ich sabab bo`lmasligi, balki u mazkur jarayon uchun imkon
tug`dirishini qayd qiladi. Bayon qilingan mulohaza evolyutsiya tupiklarini
organizmlarning ixtisoslashishi bilan tushuntirib bo`lmasligini ko`rsatadi.
5. Evolyutsiya jarayonining tezligi.
Evolyutsiya jarayonini xarakterlovchi asosiy elementlardan biri uning tezlik
darajasidir. Organizmlarning har biri tabiiy guruhidagi evolyutsiyaning tezlik
darajasi, birinchi navbatda, turlar rivojlanishining tezligi bilan belgilanadi. Agar tur
ichida irqlarga ajralish, irqlar doirasida, populyatsiya ichida ro`y beradigan
jarayonlar o`zaro farq qilsa, u holda ular evolyutsiya tezligiga ta’sir qiluvchi
omillar bo`lib xizmat qiladi. Umuman olganda, har qanday tabiiy guruhlar
evolyutsiyasining tezligi tur hosil bo`lishiga bog`liq deb hisoblash mumkin.
Evolyutsiya tezligi haqida fikr yuritganda, avvalo, organlarning filogenetik
o`zgarish tezligini muhokama qilish zarur. Mazkur masala M. Lukin va N.
Vorontsov ishlarida o`z ifodasini topgan. N. Vorontsov organlarning yangilanish
tezligi notekisligiga genetik nuqtai nazardan yondashdi. Albatta, masalaga bunday
yondashish organlarning yangilanish tezligi muhit «talabiga» bog`liqligini inkor
etmasa ham, evolyutsiya tezligidagi farq irsiy turg`unlik bilan izohlanadi. Shuni
unutmaslik kerakki, organlar yangilanishidagi notekislikni faqat irsiyat bilan
izohlash filogenezni ontogenez bilan tenglashtirishga sabab bo`ladi.
232
Organlar tuzilishi va funksiyasi tanlanishning ma’lum formasiga bog`liq
holda turg`un yoki o`zgaruvchan bo`ladi. Organlar morfologiyasi va
funksiyasining turg`unligi tarixiy tarkib topgan, korrelyativ munosabatlar va
koordinatsiyaning himoyalanish formasi natijasidir. M.Lukin fikricha, organlarning
filogenetik
o`zgarishi
notekisligiga
asosiy
sabab,
ularning
filogenezdagi
ahamiyatining har xilligidir. Odatda, filogenezda katta ahamiyatga ega organlar
va sistemalar birinchi navbatda, ikkinchi darajali organlar esa sekinlik bilan
o`zgaradi yoki o`zgarmay qoladi. M. Lukin masalaga tarixiy nuqtai nazardan
yondashgan bo`lsada, lekin fan sohasidagi dalillar yuqoridagi qoidani hamma
vaqt ham tasdiqlamaydi. Ko`p hollarda nerv sistemasining yangilanish tezligi
boshqa organlarga nisbatan yuqori bo`ladi. Ba’zan esa boshqa organlar, shu
jumladan, hazm qilish organlarining yangilanish tezligi yuqori bo`ladi. Mazkur fikr
ayniqsa nematodalarga taalluqlidir. Ularni sistemaga solishda og`iz apparati va
qizilo`ngachning tuzilishini e’tiborga olish tasodifiy bir hol emas, albatta. Ayrim
organlar sistemasining yangilanish evolyutsiya tezligining ortishi yoki sekinlashishi
to`g`risida xabar berishiga qaramay, evolyutsiya hamma vaqt butun organizmga
tegishli
bo`ladi.
Organlar,
organizmlar
yangilanishi
tezligini
kuzatish
paleontologiyada ayniqsa muhim rol o`ynaydi. Paleontologlar ma’lum geologik
davrning muddati va unda ro`y beradigan organlarning yangilanishi miqdorini
o`rganib, organizmlar organlar va ular qismlarining yangilanish darajasi haqida
mulohaza yuritadilar. Paleontologik material qancha boy bo`lsa, evolyutsiya
tezligi xaqidagi ma’lumotlar ham shuncha to`liq bo`ladi.
Equidaea
oilasini misolga
olsak, uning uchun ma’lum geologik davrdagi avlodlar miqdori evolyutsiya tezligini
ifodalovchi belgi bo`lib xizmat qiladi.
Bu sohadagi ma’lumotlarni taqqoslash ekvidlar o`rta va kechki eotsen davrida
kuchli evolyutsiyaga ega bo`lib, keyinchalik rivojlanishi sustlashganligi, kechki
eotsendan erta oligotsenga o`tish jarayonida yana jadallashganligi aniq ko`rinadi.
Shunga o`xshash misollar organlarning filogenetik yangilanish tezligining
notekis borishi haqida fikr yuritilganda, avlodlar, binobarin, tur evolyutsiyasi
tezligining notekisligi ham e’tiborga olinishi kerakligini ko`rsatadi (Simpson).
Paleontologik ma’lumotlar har xil hayvon guruhlarida evolyutsiya tezligining
o`zgarganligi haqida guvohlik beradi. Bu hodisa Myuller ishlarida ko`rsatib
o`tilgan. U yaxshi o`rganilgan hayvonlar avlodini ayrim geologik qatlamlar bo`yicha
joylashtirganda, evolyutsiya jarayonining tezligiga doir qiziqarli ma’lumotlar olgan.
51-rasmda
amfibiyalar
evolyutsiyasining
yo`nalishi
tasvirlangan.
Unda
ko`rsatilishicha, amfibiyalar devon davrida paydo bo`lib, karbonda ko`p avlod,
turlarga ega bo`lgan, ya’ni biologik progress darajasiga ko`tarilgan va evolyutsiya
jarayonining tezligi ortgan. Perm davrida ular evolyutsiyasining tezligi pasaygan
hamda avlodlar soni kamaygan. Faqat uchlamchi davrga kelib, evolyutsiya tezligi
nisbatan ortgan.
Tarixiy jarayonda evolyutsiya tezligining almashinib turish hodisasi
reptiliyalarda ham ko`zga yaqqol tashlanadi (52-rasm). Evolyutsiya tezligining
o`zgarishiga ta’sir etuvchi omillar orasida mutatsiyaning takrorlanishi ham
ahamiyatga ega. Bundan tashqari, yashash sharoitining o`zgarishi ham ba’zi
turlarning ko`plab nobud bo`lishiga, boshqalarining esa son jihatdan ko`payishiga
sabab bo`lgan.
233
Organizm tarqalgan territoriya, populyatsiya hajmining ortishi, organizmlarning
adaptiogenez, yo`nalishidagi rivojlanishi ham evolyutsiya tezligiga ta’sir etuvchi
omillarga kiradi. Shmalgauzen uqtirishicha, orogenez yo`nalishidagi jarayonlar
evolyutsiya o`zini-o`zi tezlashtiruvchi harakatlanish xarakteriga kirganligidan
dalolat beradi.
Shmalgauzen
qayd
qilishicha,
progressiv
evolyutsiya
jarayonida,
populyatsiyalar orasida maksimal tezlik bilan moslanish bo`yicha biologik poyga
ro`y beradi.
51-rasm.
Amfibiyalar avlodi sonining (237 ta avlod hisobga olingan) devon
davridan uchlamchi davrgacha bo`lgan dinamikasiga oid yarim sxematik tasviri.
evolyutsiyaning enpooritezligi karbon, keskin biologik regressi bo`r davriga,
cheklangan ko`tarilishi esa uchlamchi davrga to`g`ri keladi
Shunga o`xshash allogenez, gipergenez ham evolyutsiya tezligini oshirishda
muhim rol o`ynaydi. Xulosa qilib aytganda, evolyutsiya jarayonining tez ligi
evolyutsiyaning
boshlang`ich
omillari
(mutatsiya,
populyatsiya
to`lqinlari,
izolyatsiya, tabiiy tanlanish)ning xususiyatlari, bo`g`inlarning almashinib turishi va
ontogenetik differensiyalanish darajasi bilan belgilanadi.
234
52-rasm.
Reptiliyalardagi avlodlar (1045) soni dinamikasiga oid yarim
sxematik tasvir. Biologik progress bir necha marta almashinib turgan va
evolyutsiya tezligi oshgan (Perm, trias oxiri, bo`r, qisman uchlamchi davrda).
Do'stlaringiz bilan baham: |