Genetika va evolyutsion



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

a) Klassik darvinizm 
tabiiy tanlanishni
e
volyutsiya jarayonining asosiy 
harakatlantiruvchi kuchi sifatida tan oldi. Shu bilan birga organizmlarning muhitiga 
moslanishi, tug`ma bo`lmagan belgilarning nasldan – naslga o`tishi ham uning 
mazmuniga kiritildi. Darvin, Geksli, V.O.Kovalevskiy, Mechnikov, Myuller, Plate, 
Timiryazev va boshqa mashhur olimlar klassik darvinizm namoyondalari edi. 
b) Lamarkcha darvinizm e
sa organizmlarning muhitiga bevosita moslanishi va 
tug`ma bo`lmagan belgilarning nasldan – naslga o`tishi evolyutsiya omillariga kiritilib, 
ular ahamiyat jihatdan tanlash prinsipiga tenglashtirildi. Darvinizmga yot bo`lgan 
mexanolamarkizm g`oyalarini evolyutsiya omillari qatoriga kiritishda, bir tomondan, 
Lamarkning tashqi muhit organizmga bevosita ta’sir ko`rsatib, uni o`zgartiradi, degan 
xato gipotezasiga asoslanilsa, ikkinchi tomondan, bu davrda tabiiy tanlanishning 
haqiqiy ham tabiatda mavjudligini isbotlovchi ekspyerimental dalillar yo`q edi. 
Gekkel, Spenserlar lamarkcha darvinizm oqimining yirik namoyondalari edi.
v) Neodarvinizm oqimining
asoschisi nemis olimi A. Veysman edi (1834-
1914). U XIX asrning oxiriga kelib sitologiya, embriologiya va genetika sohasidagi 
yutuqlarni jamlab, xulosalab, diqqatga sazovor bir qancha mulohazalar bilan 
maydonga chiqdi. U ilgari surgan “murtak plazmasining mustaqilligi” gipotezasiga 
ko`ra, har bir organizm ikki qismdan: somatik (tana) va murtak plazmasidan tashkil 
topgan. Tashqi muhit ta’sirida somatik plazma o`zgarishi mumkin. Lekin murtak 
plazmasi bunday ta’sirlarga berilmaydi va bo`g`indan – bo`g`inga turg`un holda o`tadi. 
Binobarin, Veysman uqtirishicha, murtak plazmasi faqat tashqi muhitdan emas, xatto 
uni himoya qilib turgan tana plazmasidan ham mustaqildir. Albatta, murtak plazmasini 
bunday talqin qilish rivojlanishni avtogenez ta’limoti asosida tushunishdan boshqa 
narsa emas. Shuning uchun ham Veysmanning bu mulohazasi qattiq tanqid qilindi.
Ayrim kamchiliklarga qaramay, Veysmanning murtak plazmasi to`g`risidagi, 
ya’ni yadroning irsiyatdagi roli haqidagi fikrlari fanning keyingi rivoji bilan 
tasdiqlandi. U sichqonlar ustida olib borgan tadqiqotlariga asoslanib, tug`ma 
bo`lmagan belgilar nasldan – naslga o`tadi, deb uqtirgan Lamarkta’limotining 
noto`g`riligini isbotladi va darvinizmni lamarkizm bilan almashtirishga qarshi chiqdi 
va o`z tadqiqotlari bilan Darvinning tabiiy tanlanish evolyutsiyasining asosiy omili 
ekanligi haqidagi ta’limotni ma’lum darajada rivojlantirdi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish