Genetika va evolyutsion


 Evolyutsion nazariya va genetik kashfiyotlar



Download 8,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/186
Sana18.02.2022
Hajmi8,04 Mb.
#456680
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   186
Bog'liq
GENETIKA VA EVOLYUTSION TA’LIMOT EVOLYUTSION TA’LIMOT II QISM

2. Evolyutsion nazariya va genetik kashfiyotlar.
1920—1940 yillar mobaynida olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda 
irsiy o`zgaruvchanlik atroflicha o`rganildi. Xususan, Amerika genetigi T. Morgan 
(1866—1945) va uning shogirdlari drozofila meva pashshasi ustida olib borgan 
tadqiqotlariga asoslanib, irsiyatning xromosoma nazariyasini yaratdilar. Evolyutsion 
nazariya uchun ayniqsa tabiiy populyatsiyalardagi mutatsiya jarayonini o`rganish 
muhim ahamiyatga ega bo`ldi. Nemis olimi E. Baur (1875—1933) ko`p yillik 
tadqiqotlar asosida itog`iz o`simligi populyatsiyalarida nihoyatda xilma-xil kichik 
mutatsiyalar mavjudligini, ular ko`pgina fiziologik xossalarning o`zgarishiga olib 
kelishini isbotladi. 1925 yilga kelib, olimlaridan G. Nadson (1867—1940) va G. 
Filippov achitqi zamburug`larga, Amerika olimi G. Mellyer drozofila meva 
pashshasiga tabiiy omillar ta’sir ettirish orqali sun’iy mutatsiya olish mumkinligini 
isbotladilar. Olimlardan L. Delone, A. Sapegin xuddi shunday omillarni 
o`simliklarga ham ta’sir ettirib, mutatsiyalar olishga muvaffaq bo`ldilar. Bu 
kashfiyotlardan keyin, mutatsiyalar tashqi muhitdagi o`zgarishlar tufayli vujudga 
keladi, u moslanish tomon yo`nalmagan va tasodifiy, degan fikrlar keng tarqaldi. 
Har xil ota – ona organizmlar chatishtirilganda, ularning belgi – xossalari naslda 
qo`shilib ketmasligi, shuningdek, mutatsion o`zgaruvchanlikka oid ma’lumotlar irsiy 
o`zgaruvchanlik, tabiiy tanlanish uchun material yetkazib berishi haqidagi Darvin 
mulohazalarining asosli ekanligini ko`rsatdi. 
Albatta, Mendel va Morgan irsiyat qonunlarining yaratilishida dastlabki vaqtda 
ular hali evolyutsion ta’limot bilan bog`lanmagan edi. Faqat 30-yillarga kelib, 
genetika bilan evolyutsion nazariya ittifoqi tarkib topdi . S. Chetverikov 
(1880—1959) evolyutsion ta’limot genetika timsolida o`ziga eng yaxshi 
ittifoqdosh topdi. Shuning uchun genetika bilan evolyutsion ta’limotni o`zaro 
birlashtirish zarur, g`oyani ilgari surdi. S. Chetverikov inbred chatishtirish usuli bilan 
drozofilaning tabiiy populyatsiyalarida juda ko`p mutatsiyalar mavjudligini, tabiiy 
ravishda ro`y beradigan mutatsiyalar populyatsiyalar genofondini yangilanishida, 
uning xilma-xil bo`lishida nihoyatda katta ahamiyatga ega ekanligini qayd qildi. 
Uning ma’lumotlariga ko`ra, tabiiy sharoitda populyatsiyada paydo bo`lgan 
ko`pgina mutatsiyalar retsessiv bo`lganligi sababli geterozigota holatda fenotipda 
ko`rinmasligi, faqat o`xshash retsessiv mutatsiyaga ega organizmlar o`zaro 
chatishganda, u geterozigota holatdan gomozigota holatga o`tib, fenotipda namoyon 
bo`lishini tasdiqladi. Shunga asoslanib, olim har bir populyatsiyani turli-tuman 
mutatsiyalarni «shimib» olgan bulutga o`xshatdi va u evolyutsiya uchun bitmas-
tuganmas material beradi, deb hisobladi. Chetverikov tomonidan olingan natijalar 


87 
keyinchalik N.Dubinin, D. Romashov ishlarida ham o`z ifodasini topdi. Ular ko`pgina 
retsessiv mutatsiyalar natijasida oganizmning hayotchanligiga salbiy ta’sir etuvchi 
letal genlar hosil bo`lishini, binobarin, ko`pgina populyatsiyalarda shunday “genetik 
yuk” borligini e’tirof etdilar. 
1930 – yili Fisher “Tabiiy tanlanishning genetik nazariyasi” degan asarini nashr 
ettirdi. Unda populyatsiyadagi organizmlar soni bir necha bo`g`in davomida 
o`zgarmay qolishini sxema tarzida tasavvur etadi: populyatsiyadagi har bir juft ota – 
ona organizm urchiganda ko`plab zigota hosil qilinadi. Biroq ana shu zigotalarning 
har biri boshqalardan mustasno holda ham yashab qolish imkoniyatiga ega bo`ladi. 
Oqibatda har bir ota – onadan bir juft nasl yashab qoladi. Albatta, bu olingan raqam 
o`rtacha. Aslini olganda, populyatsiyadagi ba’zi ota – ona organizmlar tamomila nasl 
qoldirmaydi. Boshqalari esa 2-3 ta va undan ortiq nasl qoldiradi. Organizmlar soni 
o`zgarmaydigan bunday populyatsiyalarning ko`payishini Fisher va Rayat matematik 
yo`l bilan tahlil qildilar. 
F. G. Dobjanskiy AQShda populyatsiya genetikasi bo`yicha keng ko`lamda 
tadqiqot ishlari olib bordi. U drozofilaning har xil turlarda uchraydigan geografik 
populyatsiyalarning xromosoma strukturasi, ayniqsa, inversiya bo`yicha farq qilishini 
va mazkur o`zgarish populyatsiyalar polimorfozmini hosil etishini e’lon qildi. Har xil 
genlar to`plamiga ega drozofilalarda chatishtirish ham xillanib ro`y berishi aniqlandi. 
Bu hodisa keyinchalik populyatsiyaning evolyutsiya omillari haqidagi 
tasavvurlar paydo bo`lishiga birmuncha ta’sir ko`rsatdi. Yuqoridagi tadqiqotlar 
hozirgi zamon populyatsion va evolyutsion genetikaning tarkib topishi uchun asos 
bo`ldi.
Hozirgi vaqtda evolyutsion genetikaga qiziqishi tobora ortib bormoqda. Bir 
tomondan, organik olamning evolyutsiyasi molekula darajasida o`rganilmoqda, 
ikkinchi tomondan esa populyatsiyalardagi murakkab genetik o`zgarishlar dinamika 
tahlil qilinmoqda. Molekulalar va populyatsion genetikada yechilishi lozim bo`lgan 
masalarga bir – biridan mustasno holda yondashilayotgan bo`lsada, lekin tiriklikning 
har xil darajasida olib borilayotgan tadqiqotlar bir-biriga ijobiy ta’sir ko`rsatmoqda. 
Turlarning xilma – xilligi va o`zgaruvchanligini tekshirayotgan tadqiqotchilar 
ular genetik jihatdan bir xil emasligini tobora ko`proq aniqlamoqdalar. Odatda, tabiiy 
sharoitda bir turga mansub organizmlar, populyatsiyalar ko`pincha teritoriya jihatdan 
bir – biridan ajralgan holda bo`ladi. Bundan tashqari, populyatsiya ichidagi barcha 
organizmlar genetik jihatdan bir xil emas. Bunday farqlar, ayniqsa, fenotipik 
o`zgarishlarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Ular organizmlarning xatti – harakati, 
morfologik belgilari, fiziologiyasi hamda hujayra metobolizmini qamrab oladi. 
Bayon qilingan barcha farqlar populyatsiya va tur polimorfizmi deb nomlanadi. 
Bunday polimofizm turg`un, shu bilan bir vaqtda dinamik bo`ladi. Chunki genetik 
farqlar bilan bog`liq har qanday fenotipik farq o`zgaradi. Tevarak atrof – muhitning 
davriy o`zgarishiga yoki yo`nalishli o`zgarishiga qarab tabiiy populyatsiyalar 
genofondida ma’lum siljish ro`y beradi. Aftidan, populyatsiyadagi ma’lum 
genofondda ro`y beradigan bunday o`zgarishlar evolyutsiyaning tarkibiy qismidir. 
Miqdorini tavsiflash va tajriba yo`li bilan tekshirish mumkin bo`lgan modellar 
yaratilgan hozirgi vaqtda populyatsiyani ekologik muhit bilan bog`liq holda genetik 
jihatdan tadqiq qilish tobora qiziqish uyg`otmoqda.
Irsiyatning moddiy asoslarini o`rganish orqali evolyutsiyani asosi XX asrning 40 


88 
– yillaridan boshlanganligini e’tiborga olgan holda har xil organizmlarda nuklein 
kislotalar va oqsillarning nozik tuzilishini tekshirishga qaratilgan. Bu tadqiqotlardan 
asosiy 
maqsad 
makromolekular 
strukturalar 
evolyutsiya 
jarayonida 
turlar 
divergensiyasini 
qay 
darajada 
ifoda 
etishini 
oydinlashtirishdan 
iborat. 
Makromolekular strukturalardagi o`xshashlik filogenetik qon – qarindoshlik jihatdan 
yaqin bo`lgan turlarda, ayniqsa, yaxshi ifodalangan deb o`ylash mumkin.
Bakteriyalar 
nukleotidiga 
qaraganda 
yuqori 
tuzilgan 
o`simliklar 
va 
hayvonlarning gaploid yadrosida DNK ko`pligi tajribalarda ma’lum bo`ldi. Bundan 
tashqari, har xil o`simliklar va hayvonlar hujayrasidan, shuningdek, bakteriyalardan 
ajratib olingan DNK lar ham nukleotid tarkibiga ko`ra o`zaro keskin farq qilishi 
aniqlangan. Lekin turlar qancha ko`p belgi-xossalari bilan bir-biriga yaqin bo`lsa, 
ularning dezoksiribonuklein kislota (DNK) si shuncha o`xshash ekanligi ma’lum 
bo`ldi. DNK strukturasidagi bunday o`xshashlik faqat ulardagi umumiy nukleotidlar 
tarkibiga emas, shu bilan bir vaqtda ikkita DNKning issiqlik denaturatsiyasidan so`ng, 
renaturatsiyasida duragay hamda turlararo transformatsiya tufayli DNKning ma’lum 
qismlari genetik rekombinatsiya hosil etishida namoyon bo`ladi. Bu hodisa o`z-
o`zidan 
DNK 
nukleotidlarning 
tarkibi 
izchilligi, 
duragaylanishi, 
genetik 
rekombinattsiyasi organizmlar, turlar orasidagi genetik gomologiyani aniqlashda 
mezon vazifasini o`tashidan dalolat beradi. Binobarin, evolyutsiya jarayonida ro`y 
bergan turlar divergensiyasi molekula darajasidagi hodisalarda o`z ifodasini topdi. 
Evolyutsion genetika faqat DNK bilan cheklanmay, balki har xil turlarda bir xil 
vazifa bajaradigan oqsillardagi aminokislotalarning izchillgini ham o`rganmoqda. Bu 
sohada olingan natijalar haqiqattan ham makromolekulalar strukturasi evolyutsion 
farqni ifodalashni ko`rsatmoqda.
Oqsillar orasida eng ko`p o`rganilgani gemoglabindir. U barcha umurtqali 
hayvonlarda topilgan. Aksariyat umurtqali hayvonlarda gemoglabin tetromer shaklda 
bo`lib, ikkita polipeptid α va ikkita β zanjirlardan iborat. α va β zanjirlardagi 
aminokislotalarning izchilligi yaxshi o`rganilgan. Chunonchi, odam gemoglabinining 
α zanjiri bilan gorilla gemoglabinnining α zanjiri taqqoslanganda, ular orasida juda 
ko`p o`xshashlik borligi, faqat polipeptid bog`lardagi ikkita aminokislotasi bilan farq 
qilishi aniqlangan. Vaholanki, odam bilan ot gemoglabinning α zanjiri 18, β zanjiri 25 
ta aminokislota bilan farq qiladi. Agar odam bilan gorilla evolyutsiya jihatdan otga 
nisbatan bir – biriga yaqinligini esga olsak, u holda olingan ma’lumotlarga 
ajablanmasa ham bo`ladi. 
Qayd qilingan turlar evolyutsiya jarayonida o`zaro farq qilgan sari bir xil 
funksiya bajaradigan oqsillar strukturasidagi o`zgarishlar to`plana boradi. Ravshanki, 
aminokislotalardagi farq turlarda munosib oqsillar sintezini nazorat qilib turuvchi 
strukturali genlardagi nukleotidlar farqiga bog`liq.
Evolyutsion genetika hal qiladigan masalardan yana biri genetik kod universalmi 
yoki evolyutsiya jarayonida o`zgaradimi degan masaladir. Bu sohada to`plangan 
ma’lumotlar kodning o`zgarmasligidan dalolat beradi. Qadimgi geologik davrlarda 
vujudga kelgan genetik kod, chamasi, o`zining ibtidoiy holatini saqlab qolgan. 
Organik olamning xilma – xilligini genetik kodning turli – tuman variantlaridan 
boshqa narsa emas. 
XX asrning 30-yillarga kelib, yashash uchun kurash va tabiiy tanlanishning 
matematik modellari yaratildi. Masalan, Dj. Xoldeyn bu sohadagi o`z 


89 
tadqiqotlarida fanga tanlanish tezligi, tanlanish koeffitsienti kabi tushunchalarni 
kiritdi. U organizmlar orasidagi jadal raqobat hamma vaqt jadallashgan 
eliminatsiyaga olib kelavermasligini ko`rsatdi. A. Fisher to`liq dominantlik yoki 
retsessivlik tanlanish oqibatidir, degan xulosaga keldi. 
Shu yillar orasida evolyutsiyaning ekologik omillari ham tajriba asosida 
o`rganildi. Xususan, botanik olimlar A. Sapegin, V. Pisarev, N. Kuleshov 
g`alladoshlar oilasiga kiruvchi har xil o`simliklar donini aralashtirib ekib, ular 
orasidagi raqobatni, V. Sukachev o`z shogirdlari bilan birgalikda qoqio`t va yovvoyi 
sulida yashash uchun kurashni o`rganib, haqiqatda o`simliklar orasida raqobat
yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish ro`y berishini isbotladilar. G. Gauze ham 
yashash uchun kurashni tajriba asosida o`rgandi hamda yashash uchun kurash 
yirtqichlar orasida ham, o`lja orasida ham bir vaqtning o`zida namoyon bo`lishini 
isbotladi. 
1920—1930 yillar orasida yashash uchun kurashni tur ichida, turlararo kurash 
shaklida o`rganish bilan bir qatorda, evolyutsiyani harakatlantiruvchi omillar — 
organizmlar sonining o`zgarib turishi, migratsiya, alohidalanish ham diqqat 
markazida bo`ldi. Bu sohada olib borilgan kuzatishlar, tadqiqotlar natijasida 
yashash uchun kurash murakkab bir butun jarayon ekanligi tobora oshkor bo`la 
boshladi. Binobarin, evolyutsion hodisalarga genetik va ekologik nuqtai nazardan 
yondashish va evolyutsion nazariyaning boshqa fanlar (morfologiya, embriologiya, 
paleontologiya, filogenetika, biosenologiya) bilan aloqasini yanada mustahkamladi. 
Natijada klassik darvinizmga nisbatan sifat jihatdan farq qiluvchi biologiyaning 
yangi shoxobchalari, ayniqsa genetika, ekologiya sohasida qo`lga kiritilgan yutuqlar 
bilan boyigan, faktik va nazariy tayanchga ega evolyutsiyaning sintetik nazariyasi 
yaratildi. Bu esa o`z navbatida evolyutsion nazariyani tanglik holatdan olib chiqdi. 

Download 8,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish