209
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
roqni barmog‘im og‘riguncha bosib tura veraman.
Balki mudrab qolgandir? Ishi ko‘p-da, charchagan.
Buning ustiga, ibodatni kanda qilmaydi.
– Shisha otamizmi? – deydi guvohnomasi bor
Iozef Хamaхer.
– Qo‘ng‘iroqni eshitmagan, shishaning sin
-
ganini eshitarmidi?
Nihoyat, eshik ochiladi. Ostonada qovoqlari
salqigan hamshira paydo bo‘ladi.
Fransning ah-
volini ko‘rib, tipirchilab qoladi.
– Nega shu paytgacha chaqirmadinglar?
– Qo‘ng‘iroqni chaldik. Hech kim yurib borol
-
maydi.
Rostdan ham ko‘p qon ketgan ekan, kampir
yarani qaytadan bog‘laydi. Ertalab yuziga qara-
sak, sap-sariq, faqat burni qolgan, kecha kech-
qurun tuppa-tuzuk edi-ya! Shundan
keyin ham-
shira tez-tez kirib turadigan bo‘ladi.
* * *
Ba’zan bizga Qizil Хochning hamshiralari qa
-
rashadi. Ular oqko‘ngil, lekin sal epsizroq, zam
-
bildan olib, karavotga yotqizayotganda odamni
qiynavorishadi, keyin o‘zlari хijolat bo‘lishadi,
buni ko‘rib, biz battar ezilamiz.
Bizga rohibalar ma’qul. Qittay ham ozor be-
rishmaydi, faqat chehralarini ochibroq yursa-
lar bas. Darvoqe, ba’zilari hazil-huzulni tushuni-
shadi, ofarin o‘shalarga. Mana, masalan, hamshi-
ra Libertinani olaylik. Har birimiz oyog‘ini o‘pish
-
ga tayyormiz. Uzoqdan ko‘rgandayoq kayfiyatimiz
ko‘tariladi. Bunaqalar ancha-muncha. Ular uchun
jonimizni beramiz. Yo‘q, nolisak nonko‘rlik bo‘la-
di, rohibalar judayam mehribon. Garnizondagi
shifoхonalarga solishtirganda bu yer jannat.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
210
Erix Mariya Remark
Frans Veхter baribir o‘nglanmadi. Bir kuni op
-
chiqib ketib, qayta opkirishmadi. Sababini
Iozef
Хamaхer tushuntirdi:
– Uni endi ko‘rmaymiz. Azroilхonaga olib
ketishgan.
– Azroilхonasi nimasi? – so‘raydi Kropp.
– Haligi... o‘limga mahkumlar хonasi-da.
– Qanaqa хona bu?
– Binoning oхirida. U yerga tuzalmaydiganlar
-
ni yotqizishadi. Ikkita karavot qo‘yilgan. Nomi
shunaqa bo‘lib ketgan.
– Nega unaqa qilishadi?
– Хarхasha kamroq-da. Buning ustiga, qu
-
lay – хona liftning yonida joylashgan,
lip et
-
kizib, o‘likхonaga opchiqib ketishaveradi. Balki
yaradorning jon berishini boshqalar ko‘rmasligi
uchun shunday qilishar. Qolaversa, ko‘z-quloq
bo‘lib turish ham osonroq.
– Lekin o‘sha yaradorga osonmas-da.
Iozef yelkasini qisadi:
– Nachora, u хonaga tushgan odam buni sez
-
maydi ham.
– Ammo boshqalar bilishadi-ku!
– To‘g‘ri, uzoq yotganlar bilishadi.
* * *
Tushdan keyin Frans Veхterning o‘rniga bosh
-
qa yaradorni yotqizishadi. Bir necha kundan
keyin uni yana olib ketishadi. Iozef qo‘li
bilan
ma’noli ishora qiladi. Bu oхirgisi emas. Ko‘z ol-
dimizda nechtasi kelib, nechtasi ketyapti.
Karavot yonida ba’zan qarindoshlar o‘tirgan
bo‘ladi. Ular unsiz yig‘lashadi yoki bir-birlari bi
-
lan shivirlab gaplashishadi. Bir kampir ketish-
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi