Sahnaga boshlovchi chiqib keladi
Assalomu-alaykum, hurmatli mehmonlar. Bugun biz shoh va shoir,
davlat arbobi xamda buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan o‘tkazilayotgan ushbu bayram kechasiga to‘plandik.
Zahiriddin Muhammad Bobur 1483 yil 14 fevralda Andijonda Umarshayx Mirzo xonadonida tavallud topdi. Saroyda shahzodalarga xos munosib ta'lim – tarbiya olgan Bobur otasi vafotidan so‘ng 12 yoshida taxtga o‘tirdi.
Parda ochiladi va davrada Mumtozmahal va SHoxjahonMirzo chiqadi.
Shoxjahon:
Mumtozbegim bugun men tushimda bobom Boburmirzoni ko’ribmen, sizga atab qurdirgan Tojmahalimda BoburMirzo o’z tavallud ayyomini nishonlabdur. Yuring Mumtozbegim sizga tushimni qolganini so’zlab berurmen.
Mumtozbegim:
Sog’ bo’ling begim.
Davraga BoburMirzo kirib keladi;
Bugundan boshlab g’alabamni va tavallud ayyomimni qirq kechayu qirq kunduz to’y qilib nishonlaymiz.
Davraga Boburmirzoni onasi tashrif buyuradi:
O’g’lim g’alabangiz va tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin. Sizga yurtimizdan qovun olib keldim.
-Qulluq ofarin. Keling Volidam o’tiring.
BoburMirzo:
Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim ,
Kunglumdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o‘zga jonni dilofgor ko‘rmadim,
Ko‘nglum kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
Muxarrama:
Ko‘ngli tilagan murodig’a yetsa kishi,
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi,
Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sarig’a ketsa kishi.
Boshlovchi;
- Sizni tabriklash uchun Fors elidan To’maris tashrif buyurdi.
Davraga musiqa sadosi ostida To’maris kirib keladi.
To’maris;
- Boburmirzo tavallud ayyomingiz va g’alabangiz muborak bo’lsin men sizga atab Sulton Sulaymonning toji kelturdim.
Boburmirzo:
-Ofarin, qulluq.
Boshlovchi:
Shohim sizni tabriklash uchun Angliya qirolichasi tashrif buyurdi.
Boburmirzo:
-Marhamat kirsin.
Davraga musiqa sadosi ostida Angliya qirolichasi tashrif buyuradi.
Angliya qirolichasi:
-Boburmirza I congratulate you on your birthday and your goal.
Boburmirza you are raising the culture of India to a higher level.
Boburmirzo:
-tarjima qilingiz.
Boshlovchi:
-Sizni Hindistonning madaniyatini yuksak darajalarga ko’tardingiz deb aytyapti.
Angliya qirolichasi:
-I want to give you a sapphire ring.
Angliya qirolichasi Boburmirzoga uzuk sovg’a qiladi.
Boburmirzo:
-qulluq qulluq ofarin.
Angliya qirolichasi mehmonlar yoniga borib o’tiradi.
Boshlovchi:
-Shohim sizni tabriklash uchun Jaloliddin Manguberdi tashrif buyurdi.
Boburmirzo:
-Ijozat.
Davraga Boburmirzoning do’sti Jaloliddin Manguberdi musiqa sadosi ostida kirib keladi.
Jaloliddin Manguberdi:
-Do’stim sizni ga’labangiz va tavallud ayyomingizni tabriklash uchun tashrif buyurdim.
Boburmirzo:
-Qulluq do’stim.
Jaloliddin Manguberdi:
-Sizga sovg’a sifatida qilich va qalqonimni sovg’a qilaman.
Boburmirzo:
-ofarin qulluq do’stim.
Boburmirzo va Jaloliddin Manguberdi quchoqlashib tabriklaydi.
Boshlovchi:
-Shoxim sizni tabriklash uchun Firavnlar malikasi Kleopatra tashrif buyurdi.
Boburmirzo:
-Ijozat.
Davraga Kleopatra tashrif buyuradi(musiqa sadolari ostida).
Kleopatra:
-BoburMirzo men sizni sherlaringizni muxlisiman sizni tavallud ayyomingizga bag’ishlab sizni ijodingizdan parcha yod olib keldim:
Yod etmas emish kishini mehnatda kishi,
Shod etmas emish kishini g‘urbatda kishi.
Ko‘nglim bu g‘ariblig‘da shod o‘lmadi oh,
G‘urbatda sevinmas emish albatta kishi.
BoburMirzo:
-ofarin qulluq.
Hindiston milliy qo’shig’iga mos qo’shiqqa qizlar raqsga tushishadi
Davraga Shoxjahon va Mumtozmahal tashrif buyurishadi.
Shaxjahon:
-Men shunaqa tush ko’ribmen honim.
Mumtozmahal:
-Bu tushning ta’biri begim, yaxshilikka chunki Boburmirzo bobomizni ijodi va hayotini yosh avlodga o’rgatishimiz darkor.
Shohjahon:
Davron meni o‘tkardi saru samondin
Ayirdi meni bir yo‘la xoni mondin.
Gah boshima toj, gah baloyi ta'na,
Nelarki boshimg’a kelmadi davrondin.
boshlovchi
Bobur toj - taxt uchun bo‘lgan urushlar tufayli Andijondan chiqib ketib, Hindistonda buyuk boburiylar sulolasiga asos soldi. Hindistonda qudratli saltanat o‘rnatgan, davlatning gullab- yashnashida katta hissa qo‘shgan sevimli shoirimiz 1530 yil 26-dekabr kuni Agra shahrida olamdan o‘tdi.
Bolalar davraga chiqib Boburmirzoni ijodidan parchalar aytishadi:
-Har kimki vafo qilsa vafo topgusidur,
Har kimki jafo qilsa jafo topgusidur,
Yaxshi kishi yomonlig’ ko’rmagay hargiz,
Ha kimki yomon bo’lsa jazo topgusidur!
- Ahbob, yig’ilmoqni farog’at tutungiz,
Jamiyatingiz borini davlat tutungiz.
Chun gardishi charx bu durur, tengri uchun,
Bir – birini necha kuni g’animat tutungiz.
Tadbirimiz so’ngida yana so’z navbatini maktabgacha ta’lim tashkilotimiz rahbari Ra’no Baydjanovaga beramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |