203
G‘arbiy frontda o‘zgarish yo‘q
mayli edi, to‘g‘risini aytib qo‘ya qolardim. Bun-
ga qaysi til bilan gapiraman, yosh bo‘lsa, chiroyli
bo‘lsa – uzog‘i bilan yigirma beshda. Yo‘q, aytol-
mayman.
Albert jonimga oro kiradi – u uyalmaydi, o‘zi
haqida gap ketayotgani yo‘q-da. Hamshirani im-
lab yoniga chiqarib oladi.
– U bir chiqib kelishi kerak.
Albertday yuzi qotib ketgan odam ham ochig‘ini
aytishga tortinadi.
Frontda-ku bunaqa gaplar
og‘izning bir chekkasidan chiqib ketadi, lekin
ro‘parangda shunday sohibjamol qiz turganda...
Albert yana ishoradan nariga o‘tolmaydi:
– Chiqib kelmasa bo‘lmaydi, hamshira.
– E, shunaqami? – deydi hamshira. – Buning
uchun to‘shakdan turish shart emas,
qolaversa,
oyog‘i gipsda. Qaysi biri kerak? – menga muro
-
jaat qiladi hamshira.
Gapning nishabi bu yoqqa burilib ketishini
kutmagandim, shuning uchun bir lahza dovdi-
rab qolaman. «Qaysi biri kerak?» degani nimasi!
Qiyin ahvoldan hamshiraning o‘zi chiqazadi:
–
Kattasimi, kichigimi?
Ana хolos! A’zoyi badanimdan ter chiqib keta
-
di, keyin sekin shivirlayman:
– Kichigi.
Menga «o‘rdak» keltirib berishadi. Bir necha
daqiqadan so‘ng boshqalar ham orqamdan
navbatga turishadi. Ertasiga nima kerak bo‘lsa,
tortinmay so‘raydigan bo‘lamiz.
Poyezd sekin yuradi. Ba’zan o‘lganlarni tushirib
qoldirish uchun to‘хtaydi. Bunaqa voqea tez-tez
yuz berib turadi.
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi
204
Erix Mariya Remark
* * *
Albertning harorati ko‘tariladi.
Men ham lo-
hasman, oyog‘im og‘riydi, bundan ham yomoni,
gipsning ostida bit o‘rmalagani. Oyog‘im qichiydi,
lekin qashlashning iloji yo‘q.
Kunlar mudrash bilan o‘tadi. Uchinchi kuni
kechasi Хerbestalga yetib kelamiz. Albertning
harorati baland bo‘lgani
uchun keyingi bekatda
tushirib qoldirmoqchi ekanliklarini hamshiradan
eshitaman.
– Qayerda to‘хtaymiz? – so‘rayman undan.
– Kyolnda.
– Albert, sen bilan birga qolaman, – deyman
unga, mana ko‘rasan!
Hamshira keyingi gal kirganida chuqur nafas
olib, havoni chiqazmay turaman. Yuzim bo‘g‘riqib
ketadi. Hamshira oldimda to‘хtaydi:
– Og‘riyaptimi?
– Ha, – javob beraman ingrab, –
birdan bosh-
lanib qoldi.
U menga harorat o‘lchagich berib, yo‘lida
davom etadi. Endi nima qilishni o‘zim bilaman –
Kat o‘rgatgan-da. Bu o‘lchagich piхi qayrilganlar
-
ga mo‘ljallanmagan. Simob yuqoriga ko‘tarilgach,
chiqqan joyida turaveradi, pastga tushmaydi.
O‘lchagichni qo‘ltig‘imga teskari qo‘yaman,
ya’ni simob turgan uchi tepada. Keyin uni ko‘rsat-
kich barmog‘im bilan qoqa boshlayman. Olib
qarasam: 37,9. Bu kam. Yonib turgan gugurt
cho‘piga tutib, haroratni 38,7 ga yetkazaman.
Hamshira qaytib kelganida o‘zimni yuz hunar-
ga solaman: ingrayman, to‘lg‘anaman, hansiray-
man, keyin asta pichirlab qo‘yaman:
Aim.Uz - Axborot Izlash Markazi