1-MA`RUZA: Jismoniy tarbiyaning didaktik tamoyillari
Reja:
Onglilik va faollilik tamoyili.
Ko’rgazmalilik tamoyili.
Bajara bilish va individuallashtirish tamoyili.
Muntazamlilik tamoyili (sistemalilik).
Taraqqiyot tamoyili (talabni asta sekin oshirib borish).
O’rgatish jarayonining didaktik tamoyillari.
Jismoniy tarbiya nazariyasida amal qilinadigan «jismo-niy tarbiyaning mehnat vaharbiy amaliyot bilan bog’liqligi», «jismoniy tarbiyaning sog’lomlashtirishga yo’naltirilganligi», “shaxsni har tomonlama rivojlantirish» prinsiplaridan tashqari ta’lim jarayonining uslubiy prinsiplaridanham mavjud. Tarbiya jarayonidagi barcha tamoillar jismoniy tarbiya uchun qo’llanilishi mumkin, lekin inson tarbiyasining bu yo’nalishining xususiyligi o’qitishning prinsiplariga aloxida mazmun va talablar qo’yadi. Inson faoliyatining biologik, fiziologik, bioximik, biomexanik qonuniyatlari esa fikri-mizning dalilidir.
“Onglilik va faollilik (aktivlik)”, “Ko’rgazmalilik”, “Muno`tazamlilik”, «Bajara bilish va individuallashtirish», “(talablarni asta-sekinlik oshirib borish), Taraqqiyot tamoyili”dek uslubiy prinsiplar va qoidalarga tizimli rioya qilish orqaligina o’qitish jarayonida kutilgan muvoffaqiyatlarga erishish mumkin.
Onglilik va faollilik tamoyili
O’qitishga ongli munosabat va unda shug’ullanuvchining faolligihar qanday pedagogik jarayonning samaradorligini oshiradi. P.F. Lesgaft ilgari surgan jismoniy tarbiya taoli-midagi onglilik va faollilik tamoyiliharakat faoliyat-larini mexanik ravishda taqlid qilib bajarish orqaliharakatlarni o’zlashtirishni katoiyyan qoralaydi va birinchi-lardan bo’libharakatlarni taqqoslay olish, uning tahlilini qilish orqali nazariy bilimlarni vaharakat faoliyatlarini egallash g’oyasini ilgari surdi. U “jismoniy mashq bilan shug’ullanish faqat kuchni, jismoniy rivojlanganlikni ko’rsat-kichlarini oshiradi”, – degan qo’pol tushunchani asosiy xatolardan biri deb ko’rsatdi.
Tarbiya jarayonida bu prinsipni qo’llash mashg’ulotni umumiy vazifalariga qiziqish uyg’otish va fikrlashni shakl-lantirish bilan boshlanadi. Eng avvalo,harakat faoliyatinihayotiy-amaliyligi aniq misollar yordamida, ta’limning mavzulashtirish orqali amalga oshirila boshlanishi lozim. O’qitishning boshlang’ich etapidagi tor, ongli fikrlash doirasi, mazmuni (qomatining chiroyli bo’lishi, kuchining ortishi vah.klar) mashg’ulotlardagi hayotiy-amaliy holatlar orqali, jismoniy madaniyat va sport mashg’ulotlarida shaxsni ijodiy mehnatga va Vo`tan mudofaasiga tayyorlashdek vazifalarnihal qilish bilan asta-sekin ixtisoslik bilimlarga tayanib amalga oshiriladi. Maxsus ommabop adabiyotlar, qo’llanmalar tavsiya qilinadi. Nazariy bilimlarni ortishiga erishish onglilik tamoyilining o’zak maqsadlaridan biridir. Bu maqsadga erisha olmaslik kundalik bajariladigan jismoniy mashqlar bilan shug’ullashnish mashg’ulotlariga odatning shakllanishi susaytiradi, jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishni turmush tarziga aylanishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari, shug’ullanuvchilar jismoniy madaniyat, sport mavzulariga oid muntazam leksiyalar, suhbatlar,hikoyalar eshitishlari, maktab jismoniy madaniyat dasturining nazariy qismini o’rganishlari, metodik vahujjatli filpmlar ko’rishlari, o’z-o’zini tibbiy nazorat qilish qoidalarini bilishlari, “aktiv, passiv dam”, “bajara olish”, “harakat malakasi”, “oliyharakat tartibi”, “malakaning ijobiy va salbiy ko’chishi” o`tamalari mohiyatini tushunish-lariga lozim.
O’zlashtirilishi, mustahkamlanishi, takomillashtirilishi lozim bo’lgan,harakat faoliyatini nima uchun aynan o’qituvchisi yoki murabbiy ko’rsatganidek bajarish shart ekanligi o’quvchi ongiga yetkazilishi majburiyati yuzaga keladi. Mashqlangan barmoqlar (voleybolchiniki) turmushda barmoqlarning nozikharakatlarini talab qiladigan kasblarni egallashda (soatsoz, zargar va boshqalar) qo’l kelishi ongiga yetgan shug’ullanuvchi ta’lim jarayoniga ongli munosabatda bo’lishidan tashqari, uning faolligi ortadi.
Mashq,harakat texnikasini egallash oz energiya sarflab samaraliharakat qilish, uni bajarish orqali organizmda sodir bo’ladigan turli xil o’zgarishlarni tushunish, topshiriqka nisbo`tan onglilik va faollikni oshiradi.
O’qituvchilarning ko’tarinki kayfiyati, yuzidagi tabassumi, kiyimlarning yarashganligi va ixchamligi,harakatlarnihavas qiladigan darajada chiroyli, ravon ketma-ketlikda bajarishi, mashqlar tarkibini uning bajarilishi ritmiga moslab, to’rtliklar tarzida baravariga aytiladigan aytishuvlar kiritilishi ta’lim jarayonidagi vazifalarnihal kilishga zo’r qiziqishni kuchaytiradi va fikrlashni shakllantiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida ongli analiz va jismoniy mashqni bajarishda nazoratdan foydalanish ta’limning prinsipial mexanizmlaridan biridir.
Ongli ravishda bajarilayotgan “ixtiyoriyharakat”ning mohiyatiga yetib, uning bajarilishi texnkasining asosi, zveno-lari, detallarini nazorat qila olishning ahamiyati ta’lim jarayonida o’z samarasini berishi ilmiy-amaliy isbotlangan.
Abelpskiyning tajribasi bo’yicha shug’ullunuvchilarni sakrash texnikasiga o’rgatish uchun 120-150 urinish (popitka) tavsiya qilingan. Urinishlar tugallangandan so’ng shug’ullanuvchilar bilan shuharakatning tuzilishi, bajarish texnikasiha-qidagi suhbatlar, (diskussiya) natijasi o’ta qoniqarsiz bo’lgan.
Navbatdagi guruhga esa mashq texnikasi, uning tuzilishi,hayotiy-amaliy ahamiyatihaqida yetarli darajadagi nazariy tayyorgarlikdan so’ng mashqni bajarish tavsiya qilinganda, shug’ullanuvchilar 2-3 urinishdan keyin mashq texnikasini osongina o’zlashtirib olganliklari kuzatilgan.
Amaliyotda yuqori malakali sprotchilar mashqni sport texnikasi avtomatlashgan darajada, yaoniharakatni oliy maqomda bajara olishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’yadilar. Mexanik ravishda tushunmay, ko’r-ko’rona, taqlid tarzida mashq qilishning samarasizligi, surunkali mashq qilish jarayonida mehyoridan ortiq energiya sarflashga, shug’ullanuvchida shuharakatga nisbo`tan sovish, “toqatsizlikni”ni shakkllantiradi. SHuning uchun ongli tahlil – o’zharakatini baholay olish, o’qitish jarayonining cho’zilib ketishini oldini oladi.
Ongli analizda mashq texnikasini tahlili bilangina chegaralanmay, uni biomexanik, matematik hisoblash, bioritmiya va sport metrologiyasining qonuniyatlarini nazarda tutgan holda, shug’ullanuvchining anatomiya, sport fiziologiyasi, bioximiya sohalaridagi bilimlarga tayaniladi. Tezlikni talab qiluvchi mashqlar vaqtning mikro intervalini, gimnastika jihozlaridagi mashqlar esaharakatning fazodagi chegaralarini,harakatning yutqazilayotganligini his qilishdek talablarni qo’yadi, bu o’z navbatida, ixtiyoriy harakatlarning bajarilishini ongli nazorat qilishga o’rgo`tadi.
Mashqni bajarishdan oldin uni tuzilishi, ijrosiharakatni ifodasini fikran ko’z oldiga keltira olish («ideomotor trenirovka») – onglilik tamoyilining asosiy vositalaridan biridir.
Faollik mashg’ulotlarda shug’ullanuvchilarning barchasini tugal band qilish, ular faoliyatini “frontal”, «guruhli”, tashkillash orqali, asosiy jihozlar yoniga qo’shimcha sport anjomlari qo’yish, kuchiga yarasha bo’lmagan mashqlarni bir-ikkihaftalik tayyorgarlik va trenirovkadan so’ng bajara boshla-salar, shug’ullanuvchilarni mashqni mustaqil bajarishga urinishi o’z-o’zidan ortishi sodir bo’ladi.
Ta’lim jarayonida o’yin va musobaqa (“Jismoniy tarbiyaning uslublari” mavzusiga qaralsin) metodlarining qo’llanishi, sport maydoni, mashg’ulot o’tkaziladigan joylarning badiiy jihozlanishi, gigiyenik orastaligi, ta’lim jarayonida shug’ullanuvchilarda jonbozlik (initsiativa) ko’rsatish, vazifani hal qilish uchun javobgarlik hissini o’z bo’yniga ola bilish, ma’suliyatni his etish va o’zlashtirish jarayoniga ijodiy yondoshishni tarbiyalaydi.
Ko’razmalilik tamoyili
Mashqni ko’rsatish tushunchasi jismoniy tarbiya ta’limi jarayonida o’zining keng mahnosiga ko’ra pedagogika nazariyasi ramkasidan allaqachonlar chiqib ketgan. Hozirgi kunda bu tushuncha o’ziga his qilish, obrazli ifodalay olish, tashqi shaklini ifodalab namoyish qilishdek keng mahnoni oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |