G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Xloroplastlarda 
(yunon. chloros – yashil) fotosintez jarayoni ketib 
xlorofill pigmentini saqlaydi. Yuksak о‘simliklarning faqat bir xil 
saprofit va parazitlardan boshqa qorong‘i joyda saqlanadigan 
о‘simliklardagina xlorofill pigmenti uchramaydi. Xloroplastlarda 
xlorofilldan tashqari karotinoid guruhlariga mansub - sariq ksantofill, 
tо‘q sariq rang karotin pigmentlari uchrab, ular xlorofill orasida 
yashiringan holda bо‘ladi.
Xloroplastlar о‘simliklarning yorug‘lik tushadigan barcha yer ustki 
qismlarining hujayralarida ayniqsa, barglarda va pishmagan 
mevalarda uchraydi. Faqat ildiz hujayralarida xloroplastlar 
uchramaydi. Hujayrada xloroplastning о‘lchami va soni 
о‘simliklarning turlariga va hujayralarning tiplariga qarab turlicha 
bо‘ladi. Xloroplastlarning umumiy soni bitta mezofill hujayralarida 40 
– 50 dona, bitta katta daraxtda bir necha yuz milliard bо‘lishi mumkin. 
Tashqi muhit ta’siri natijasida xloroplastlarning shakli va katta 
kichikligi о‘zgarishi mumkin (7-rasm).
Soya joyda о‘sgan о‘simliklar ochiq joyda о‘sgan о‘simliklarga 
nisbatan xlorofilga boy bо‘lishi bilan birga ularning о‘lchami ham 
kattaroq bо‘ladi. Yuksak о‘simliklarning hujayralarida xloropastlar 
hujayra qobig‘ining tagida sitoplozmada, ayniqsa, havo tо‘lgan 
hujayra oraliqlariga yaqin joylashadi. Lekin tashqi muhit ta’siriga va 
yorug‘likning tushishiga qarab xloroplastlarning hujayradagi vaziyati 
о‘zgaradi. Hujayraga juda kuchli yorug‘lik tushganda, xloroplastlar 
yorug‘likka yon tomonlari bilan joylashadi.
Xloroplastlar murakkab tuzilishga ega bо‘lib, ular ikki qavatli 
membrana bilan о‘ralgan. Membrana xloroplastlarning asosiy 
moddasi bо‘lgan stroma bilan gialoplazmani ajratib turadi. 
Xloroplastlarning asosiy xususiyatlaridan biri yorug‘lik tutuvchi ichki 
membranasining yaxshi rivojlanganligidandir. Ichki membrana 
tilakoid yoki lamellalar deb atalgan yassi xaltachalar shaklida bо‘ladi. 
Yuksak о‘simliklarda tilakoidlarning bir qismini disksimon shaklda 
bо‘lib, bir nechatadan parallel joylashib gran deb nomlanuvchi 
guruhlarni tashkil etadi. Granda tilakoidlar о‘zaro membrana orqali 
aloqa qiladi.
26


Xloroplastlarda yorug‘lik energiyasi hisobiga anorganik 
moddalardan organik moddalar hosil bо‘ladi. Ya’ni ularda fotosintez 
jarayoni ketadi. 
Xromoplastlar
– sariq, tо‘q sariq, qizil pigmentlar saqlab, ularning 
rangi ksantofill (S
40
N
56
O
2
), karotin (S
40
N
56
) va boshqa karotinoidlar 
gruhidagi kimyoviy tarkibi jihatidan karotinga yaqin 50 dan ortiq 
pigmentlarga bog‘liq bо‘ladi. Xromoplastlarning shakli kelib 
chiqishiga о‘simliklarning turiga va pigmentlarning holatiga qarab 
sharsimon, tayoqchasimon, uchburchak va boshqa shakllarda bо‘ladi. 
Xromoplastlar о‘simliklarning gultojbarglarida, pishgan mevalarda, 
ildiz mevalarida va kuzgi barglarda uchraydi. Bu organlarning ochiq 
rangda bо‘lishi ular tarkibidagi turli pigmentlarning bо‘lishidandir. 
Xloroplastlardan xromoplastlar о‘lchamining kichikligi va shakli bilan 
farq qiladi. Xromoplastlar asosan mevalarning yetilgan vaqtida, 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish