G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

2-§ Yadro 
Yadro (lot. nukleus, yunon – karion) hujayraning deyarli о‘rtasida, 
sitoplazma ichida joylashgan asosiy organoid hisoblanadi. Uni 
29


birinchi marta ingliz botanigi R. Braun (1831) aniqlagan. Yadro 
о‘simlik hujayrasi protoplastining eng yirik organoidi hisoblanib 
hamma eukariot olamiga kiruvchi organizmlar hujayrasining asosiy 
tarkibiy qismidir. О‘simlik turi va yoshiga qarab, yadroning katta-
kichikligi har xil: chunonchi kо‘pchilik о‘simliklar hujayrasida 10–25 
mkm; jinsiy hujayralarda uning katgaligi 500 mkm gacha bо‘ladi. 
Sitoplazmada yadro asosan dumaloq, kо‘p qirrali, urchuqsimon va 
boshqa shakllarda kattaligi esa 500 mkm gacha bо‘ladi. 
О‘simlik sitoplazmasida bitta yadro bо‘ladi; ba’zi tuban о‘simliklar 
(suvо‘tlari va zamburug‘lar)da ikkita yoki juda ham kо‘p bо‘lishi 
mumkin. Bakteriyalar (uvoqlilar) va kо‘k yashil suvо‘tlarida 
takomillashgan yadro bо‘lmaydi. Hujayra yadrosining holati va shakli 
hujayra yoshi va tuzilishiga bog‘liq. Yosh hujayralarda u о‘rtada, 
qarigan hujayralarda esa sitoplazma pо‘stiga yaqin joylashgan bо‘ladi. 
Yadro hujayrada juda muhim va murakkab vazifani bajaradi. U 
hujayraning zaruriy qismi bо‘lib, undagi hayotiy jarayonlarni 
boshqaradi. Chunonchi, u modda almashinuvi, irsiy belgilarni 
saqlovchi va tashuvchi markazdir. Yadrosiz hujayra tez orada nobud 
bо‘ladi. Bu bir qancha tajribalar vositasi bilan isbot etilgan. Masalan, 
bir hujayrali tabulyasiya suvо‘tining tashqi kо‘rinishi soyabonga 
о‘xshab ketadi, uning yadrosi о‘sha “soyabon” dastasining uchida 
joylashgan. Agar u kо‘ndalangiga kesilsa, ikki: biri yadrosiz, 
ikkinchisi – yadroli bо‘lakka bо‘linadi. Ustki yadrosiz bо‘lak bir 
necha vaqtdan keyin halok bо‘ladi, pastkisi, ya’ni yadroli bо‘lagi 
yetishmay turgan qismini yangitdan regeneratsiya (lot. regenerasio – 
tiklanish) qilib tanani qaytadan tiklaydi. 
Rus olimi I.I. Gerasimov spirogira suvо‘ti hujayrasiga sovuq ta’sir 
ettirib, uning odatdagi holatini о‘zgartirishga erishgan, ya’ni sovuq 
ta’sirida bо‘lingan yadro о‘rtasida tо‘siq hosil bо‘lmasdan, bо‘lingan 
yadro bitta hujayrada qolib, natijada ikki yadroli hujayra qosil 
bо‘lgan. Hujayralar juda tez о‘sib yirik hujayraga aylangan. Yadrosiz 
hujayra esa, tiriklik belgisi, assimilyatsiya (lot. assimilyasio – 
о‘xshatish, о‘zlashtirish) saqlab, ya’ni tashqi muhitdagi moddalarni 
о‘zlashtirishni davom ettirgan, lekin bо‘linish xususiyatini butunlay 
yо‘qotgan. Bu tajriba bilan I. I. Gerasimov hujayra hayotida yadroning 
ahamiyatini isbotlagan. Yadroning kimyoviy tarkibi. Kimyoviy 
tuzilishi jihatidan yadro tarkibida 99% DNK bо‘lishligi bilan boshqa 
organellalardan farq qiladi. DNK sitoplazmaning markaziy qismida 
30


joylashib, yadro tarkibidagi dezoksiribonukleoproteidlar bilan oqsil 
yig‘indisini hosil qiladi. Yadroda RNK (ayniqsa i-RNK va r-RNK) va 
juda kо‘p miqsorda oqsillar bо‘ladi. Yadro xromatin va yadrocha 
bо‘lib, nukleoplazmada botgan holda uchraydi. Yadro sitoplazmadan 
pо‘st bilan ajralib turadi (8-rasm). 
Xromatin (yunon. xroma – rang, bо‘yoq) hujayra yadrosidagi DNK 
murakkab oqsil donachalaridan iborat. Yorug‘lik mikroskopida ular 
ingichka iplar shaklida kо‘rinadi. Elektron mikroskopda bu ipchalar 
uzunligi 20–30 nm ga teng keladigan fibrilla (lot. fibrilla – tola) lardan 
iborat bо‘lib kо‘rinadi. Shu tolalar ichida ikki qator spiral shaklida 
qayrilgan DNK bо‘ladi. Xromatin tarkibidagi oqsillar qisqa silindr 
shaklidagi dezoksiribonukleoproteidlardan iborat bо‘lib, uzunligi 10 
nmga teng. Xromatinda RNK sintezlanadi va yadroning bо‘linishi 
davrida undan xromosomalar shakllanadi.
Xromosomalar (yunon. xroma – rang, soma – tana) yadroning eng 
muhim tarkibiy qismi bо‘lib, unda DNK tо‘planadi. 1874-yilda rus 
olimi Chistyakov plaun va qirq bо‘g‘im sporalarida xromosoma 
tanachalari borligini aniqlagan, lekin 1888-yilda nemis olimi Voldir 
bu tanachalarni “xromosoma” deb atashni tavsiya etgan. 
Xromosomalarda irsiyat birligining tashuvchilari – genlar (yunon. 
gyenos – urug‘, kelib chiqish) yuzaga keladi. Odatda, organizmdagi 
xromosomalar gaploid va diploid bо‘ladi. Jinsiy hujayralar yadrosida 
gaploid, ya’ni bitta xromosoma tо‘plami mavjud. Gaploid yoki 
birlamchi xromosomalar soni jihatidan diploid xromosomalardan ikki 
marta kam bо‘ladi va i deb belgilanadi. Diploid xromosomalar ikki 
jinsiy (erkak va urg‘ochi) hujayralarining qо‘shilishidan hosil bо‘ladi. 
Xromosomalarda DNK tо‘planadi. DNK da organizmning har bir 
turida nasldan-naslga о‘tadigan irsiyat bо‘ladi. 
Har bir organizmning turi о‘ziga xos ma’lum xromosoma soni bilan 
belgilanadi. Xromosomalar soni doimiylik qonuniyati bilan anqlanadi. 
Masalan, bu qonuniyatga binoan yumshoq bug‘doyda 14 ta, qattiq 
bug‘doyda 28 ta, g‘о‘zada 52, lagoxilus-kо‘kparangda 32 ta, 
paporotnikda esa 300 ta xromosomalar aniqlangan. Mazkur tarkibi 
qismlar yadroning bajaradigan vazifalari bilan bog‘liq holda hujayra 
taraqqiyottining turli bosqichlarida о‘zgarib turadi. Shuning uchun 
ham yadroning uch holati ajratiladi:
1)
bо‘linayotgan (mitotik) yadro, ya’ni bir hujayradan 
ikkichisiga irsiy bilgilarni о‘tkazish vazifasini bajarayotgan; 
31


2)
interfazadagi yadro, ya’ni irsiy modda DNK sintezi 
(reduplikasiya va ikki marta ortishi), bu holat bо‘linish bosqichlari 
о‘rtasidagi oraliq yadro uchun xarakterli; 
3)
ishchi holatdagi yadro ya’ni hujayraning barcha organellalari 
faolligini boshqarib turuvchi holat. 
Ishchi holatdagi yadro yorug‘lik mikroskoplari ostida kuzatilgan 
tо‘rsimon uzun va ingichka iplarga, donachalar shaklida oson 
bо‘yaluvchi morfologik tarkibga ega ekanligini qurish mumkin. Ishchi 
holatidagi yadroda xromosomalar siraklashgan va kuchli bо‘kkan 
holda bо‘ladi.

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish