G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov


–rasm. Nuklein kislotalar



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

11–rasm. Nuklein kislotalar

a - DNK spirali; b -RNK spirali. 
а 

37


tomchilar holida tо‘planadi. Hujayraning yoshi ulg‘ayishi bilan birga 
ular bir–birlari bilan qо‘lishib 
hujayra shirasi
deb atalgan eritmani 
tashkil etadi. Hujayra shirasi sitoplazmaning ichki pardasi hisoblangan 
tonoplast bilan chegarlangan bо‘ladi. Kо‘pchilik yuksak о‘simliklarni 
voyaga yetgan hujayralari uchun markaziy vakuolalarning bо‘lishi 
xarakterlidir. Vakuola ancha yirik bо‘lib, hujayraning 70–90% 
hajmini egallaydi.
Hujayra shirasining kimyoviy tarkibi va konsentrasiyasi ham 
о‘zgaruvchan. Hujayra shirasining keng tarqalgan moddalaridan biri 
shakarlardir. Ular saxaroza, glyukoza va fruktozalar shaklida 
uchraydi. Shakar moddalar hujayrada g‘amlangan holda hujayra 
uchun muhim oziq modda sifatida xizmat qiladi. Glyukoza va 
fruktozalar asosan sersuv etdor mevalarda kо‘p miqdorda tо‘planadi 
va ulardan inson keng foydalanadi. Yetilayotgan urug‘ hujayralari 
vakuolalarida kо‘p miqdorda kolloid holdagi oqsillar tо‘planadi. 
Shuning uchun ham ularni 
oqsilli vakuolalar
deyiladi.
Hujayra shirasida organik kislotalardan olma, limon, qahbaro 
kislotlari va oksidlar kо‘proq uchraydi. Ular xom mevalarda kuzatilib, 
mevaga nordon maza beradi. Mevalar yetilganda organik kislotalar 
nafas olish uchun sarf bо‘lib ketadi va mevaning nordonlik mazasi 
yо‘qoladi. 
Hujayra shirasi sitoplazmaning ichki pardasi hisoblangan tonoplast 
bilan chegaralangan bо‘ladi. Kо‘pchilik yuksak о‘simliklarni voyaga 
yetgan hujayralari uchun markaziy vakuolaning bо‘lishi xarakterlidir. 
U ancha yirik bо‘lib, hujayraning 70–90 % hajmini egallaydi, 
hujayraning protoplasti barcha organellalari bilan birga uning qobig‘i 
ostida joylashgan protoplastda ham odatda mayda sitoplazmatik 
vakuolalar uchraydi. 
Hujayra shirasi tarkibiga kо‘pincha oshlovchi moddalr – tannin ham 
kiradi. Bular azotsiz siklik birikmalar hisoblanib, burushtiruvchi 
xususiyatiga ega. 
Alkaloidlar
. Geterosiklik tuzilishli azotli organik moddalar. Ular 
achchiq ta’m beradi. Hujayra shirasida tuzlar shaklida uchraydi va 
ishqoriy xossaga ega. Odatda rangsiz, ba’zan rangli bо‘ladi. 
Alkaloidlar yuksak о‘simlik hujayralari uchun xos boshqa 
organizmlarda juda kam uchraydi. 
Glikozidlar
. Shakarning spirtlar, aldegidlar, fenollar yoki boshqa 
moddalar bilan birikishidan hosil bо‘lgan tabiiy moddalar guruhi. 
38


О‘simlikdan olinadigan bir necha xil glikozidlardan tibbiyotda 
foydalaniladi. Glikozidlarga hujayra shirasidagi pigmentlar – 
flavonoidlar ham kiradi. Ularning biri antosianlar hujayra shirasiga 
qizil, kо‘k yoki binafsha rang beradi, ikkinchisi flavonlar sariq rangga 
ega. 
О‘simlik hujayralarida moddalar almashinuvi natijasida hosil 
bо‘lgan mahsulotlar, ya’ni gialoplazma turli organellalarda ba’zan 
hujayra qobig‘ida ma’lum miqdorda tо‘planadi. Bu xildagi 
mahsulotlarga (kiritmalarga) birinchi navbatda kraxmal donachalari, 
lipid moy tomchilari, oqsillar, ikkinchi turlariga esa ba’zi 
moddalarning kristallari kiradi. 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish