G. S. Tursinbayeva, G. M. Duschanova, J. S. Sadinov



Download 10,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/185
Sana18.07.2022
Hajmi10,76 Mb.
#818879
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   185
Bog'liq
Botanika kitob

Nuklein kislotalar
. DNK va RNK protoplastning ikkinchi muhim 
guruhi biopolimerlari hisoblanadilar. Ular miqdor jihatidan uncha 
kо‘p bо‘lmasa ham, ammo protoplastda oqsil va boshqa moddalarni 
tо‘planishi uchun axborot saqlashda va xabar berishda juda katta 
ahamiyatga ega (11-rasm). 
Lipidlar
ham biologik xarakterdagi katta birikmalar guruhi 
hisoblanadi. Lipidlar suvda erimasligi, hamda aksariyat organik 
erituvchilarda erishi bilan xarakterlanadi. 
Uglevodlar
har qanday hujayralar protoplasti tarkibiga kirib, oddiy 
va murakkab uglevodlar (polisaxaridlar) farq qilinadi. Oddiy 
uglevodlarga glyukoza, fruktoza va saxarozalar misol bо‘la oladi. 
Kraxmal va sellyulozalar polisaxaridlar hisoblanadi. Ular hujayraning 
ergastik moddalaridir. Sitoplazmaning anorganik tarkibiga asosan C, 
O, H, N; bulardan tashqari Ca, P, K, S kiradi. Mikroelementlardan 
sitoplazmada Fe, Mn, Na, Cl, Mg, Br, I, Cu, Cr, Zn va boshqa 
kо‘pgina kimyoviy elementlar uchraydi. Barcha kimyoviy birikmalar 
orasida tirik hujayralarda eng kо‘p miqdorda (60–90%) suv uchraydi. 
Hujayrada kechadigan barcha reaksiyalar suvli eritmalarda boradi. 
Shunday qilib, sitoplazmada suv – 80%, oqsil – 12%, nuklein 
kislotalar – 2%, moylar – 5%, uglevodlar – 1,2% ni tashkil etadi. 
10–rasm. Vakuolaning tuzilishi: 
1 – tonoplast, 2 – vakuola. 


36


 
Protoplast
fizik xususiyatlariga kо‘ra kо‘p hollada kolloid eritma 
hisoblanadi. Protoplast shilimshiq tuxum oqsiliga о‘xshab ketadi. U, 
odatda dispers muhiti suvdan iborat gidrozol kolloid tizimdir. 
Hujayrani о‘rganish borasidagi ana shunday yutuqlardan biri 
sitoplazmaning parda tuzilishidir. Demak, sitoplazma fosfolipidlar va 
oqsillardan iborat yupqa (4–10 nm) pardasimon tuzilishga ega. 
Lipidlarning molekulasi pardaning tuzilish asosini tashkil etadi. 
Lipidlar gidrofob va gidrofil tomonlarga ega bо‘lgan qо‘sh qavat 
parda hosil qilib, ular orasida oqsil molekulalari joylashadi. 
О‘simlik hujayrasining sitoplazmasida uchta qavat ajratiladi: 
plazmalemma, mezoplazma va tonoplastlar. Plazmalemma hujayra 
qobig‘i ostida joylashgan sitoplazmaning tashqi qavati hisoblanadi. 
Tonoplast esa sitoplazmani vakuol bilan chegaralanuvchi ichki 
qavatidir. Sitoplazmaning asosini mezoplazma, ya’ni о‘rta qavat 
tashkil etadi. Chegaralovchi qavatlar sitoplazmaga tashqi muhitdan 
molekula va ionlarni kirishi yoki chiqishini idora etadi. 
Hujayrada moddalar almashinuvi natijasida tо‘plangan suvda 
eruvchan ergastik moddalar sitoplazma bilan aralashmay alohida 

Download 10,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   185




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish