12.3.
Kichik biznesda innovatsion faoliyatni rivojlantirish
Bugungi kunda iqtisodiyotning integratsiyalashuvi, raqobat bozorining
tobora kuchayib borishi, iste’molchilar ehtiyojlarining tez oʻzgara
borayotganligi har bir tadbirkordan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarishni talab etmoqda. Shu sababli ham korxonalarning faoliyatini
innovatsion rivojlantirish zamon talabiga aylanib bormoqda.
Kichik biznes sub’yektlarining innovatsion faoliyati asosan
quyidagilarni nazarda tutadi:
Ishlab chiqarish jarayoniga yangi hamda takomillashgan mahsulotni
kiritish;
Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish
va bu bilan tannarxning pasayishiga erishish;
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarda doimiy ravishda iste’mol va sifat
koʻrsatkichalarini oshirib borish.
Kichik biznes korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirishdan
maqsad butun ishlab chiqarish tizimini yangilash hisobiga ishlab chiqarish
samaradorligini oshirish, ilmiy-texnik, intellektual va iqtisodiy salohiyatdan
samaraliroq foydalanish asosida soha raqobatbardoshligini oshirishdan
iboratdir.
Kichik biznes korxonalari kishilardagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik
hamda mulkka egalik qilish qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish vositalaridan
194
biri boʻlib hisoblanadi. Oʻrta mulkdorlar sinfini shakllantirishda, aholini ish
bilan ta’minlash va pirovardida milliy farovonlikni oshirish ushbu sektorning
qay darajada rivojlanganligiga bogʻliq.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik toʻgʻrisidagi koʻplab
adabiyotlarda ushbu faoliyatning quyidagi oʻziga xos afzalliklari keltirilgan:
bozor konyunkturasi oʻzgarishlariga tez moslashuvchan va harakatchan; oʻz
harakatida boshqa korxonalarga bogʻliq boʻlmaydi; vaziyatga qarab tezda
ishlab chiqarish, xizmat qilish konyunkturasini tezda oʻzgartirishga qaror
qabul qila oladi; iste’molchilar talabidan kelib chiqqan holda ularning
istaklariga, urf-odatlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga tez moslasha
oladi; ishlab chiqarish siklining qisqa muddatligi va qisqa muddatda foyda
koʻrish va eng asosiysi fan-texnika yutuqlarini ishlab chiqarish jarayoniga
tezda joriy qilishi mumkinligi.
Kichik biznes subyektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va
kichik biznes korxonalarida zamonaviy innovatsion texnologiyalarni keng
joriy etish quyidagilar hisobiga muhim hisoblanadi:
Kichik biznes korxonalarining ixcham va harakatchanligi ishlab
chiqarish jarayonida innovatsiyalani joriy etishda tavakkalchilik darajasining
pastligi yaxshi samara beradi;
Kichik korxonalar faoliyatida innovatsiya va innovatsion texnologiya
larning joriy etilishi ularning faoliyatidagi xarajatlarni kamaytirib,
rentabellikni
oshiradi;
Kichik biznes korxonalarining yangilik va innovatsiyalarni tez oʻzlashtira
olish qobiliyati ularga innovatsiyalarni tijoratlashtirishdan yuqori daromad
olish imkoniyatini beradi;
Kichik biznes subyektlarining boshqaruv jarayonida zamonaviy
innovatsiyalarni qoʻllash orqali korxona koʻplab imkoniyatlarga ega boʻlishi
mumkin. Masalan, tovar nomenklaturasi va assortimentini oshirish; yangi
ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sotilish hajmini oshirish; mahsulot
sotishning istiqbolli bozorlarini oʻzlashtirish va asosiysi korxonaning eksport
salohiyati oshadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, kichik biznes
korxonalari faoliyatini zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil
etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanmoqda. Bozor
iqtisodiyoti sharoitida innovatsiyaning oʻrni ortib borayotganligi sababli
195
kichik biznes korxonalari faoliyatida uni qoʻllamasdan turib yangilik darajasi
yuqori boʻlgan raqobatbardosh mahsulotlar yaratib boʻlmaydi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznesning innovatsion faoliyati
raqobat kurashi uchun maqbul vositalardan biri boʻlib hisoblanadi. Ushbu
faoliyat ishlab chiqarish jarayonida yangi iste’molchilarning paydo
boʻlishiga, investitsiyalar kirib kelishining asosiy mezoni boʻlib hisoblanadi.
Bu sababli yangi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning reytingi oshib boradi va
yangi zamonaviy bozorlarni egallash imkoniyati tobora ortib boradi.
Gʻoyalarni amalga oshirish, ya’ni korxonani toʻliq yoki qisman
yangilash uchun mumkin boʻlgan tadbirkor faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
quyidagilardan tarkib topgan:
Ishlab chiqarishning boshqaruv tizimini har tomonlama oʻrganish;
Zamonaviy texnika hamda texnologiyalarni qoʻllash;
Mahsulotni ishlab chiqarishda yanada tejamli yoki mustahkam yangi
materiallardan foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
Mahsulotlarning dizayni va qadoqlanishini yaxshilash;
Korxonada reklama faoliyatini har tomonlama samarali va mukammal
ravishda tashkil etish.
Bugungi kunda kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatini
boshqarish jarayoni oʻz oldiga koʻplab vazifalarni olgan. Innovatsion
faoliyatni boshqarish jarayoni turli vaziyatlarga tez moslashuvchan boʻlib,
kompleks xarakter kasb etadi. Uning zimmasiga mahsulotni ishlab
chiqarishga joriy etish, tashkiliy tuzilma shakllarini va boshqaruvchilik
funksiyalarini qayta tuzish, yangiliklarni amaliy hayotga joriy etish,
innovatsion jarayonlarni boshidan oxirigacha boshqarish imkoniyatini
ta’minlash kabi vazifalar yuklatiladi.
Kichik
biznes
subyektlarida
innovatsion
jarayonlar
quyidagi
bosqichlarni oʻz ichiga olgan holda amalga oshiriladi:
Korxona mahsuloti haqida kelib tushayotgan fikrlarni tizimlashtirib
borish;
Innovatsion gʻoyani aniqlash hamda yangi mahsulotning gʻoyasini
ishlab
chiqish;
Ishlab chiqariladigan yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligining
mazmuni va marketing dasturini tayyorlash;
196
Yangi mahsulotning yaratilishi.
Korxonada innovatsiya faoliyatini tashkil etishning birinchi bosqichida
ishlab chiqarish boʻlimlaridagi marketing xizmatidan, korxonaning sotish
apparatidan, savdo agentlaridan, iste’molchilardan kelib tushayotgan
yangiliklar hamda bozorlardagi texnologik oʻzgarishlar haqida ma’lumotlar
yigʻiladi. Yangi mahsulotni yaratish va oʻzlashtirish bilan bogʻliq boʻlgan
potensial imkoniyatlar ham oʻrganiladi.
Yangi mahsulotning gʻoyasini ishlab chiqish bosqichida esa gʻoyaning
amaliy jihatdan amalga oshirishning mavjud imkoniyatlarini aniqlash; yangi
va an’anaviy mahsulotni texnologik umumiyligi darajasini aniqlash;
kelajakda ishlab chiqariladigan mahsulotga patent tizimini aniqlash kabilar
aniqlanadi.
Mahsulotning texnik holatini yaratish hamda mahsulotning iqtisodiy
xarakteristikasini aniqlash gʻoya aniq loyiha koʻrinishiga kelganidan soʻng
amalga oshiriladi. Uning sifati hamda iste’mol xususiyatlarini baholash;
sotuv hajmi va potensial bozor taklifini baholash; yangi mahsulot ishlab
chiqarish rentabelligining tahlili va uni baholash, marketing dasturini
yaratish kabilar yangi mahsulotning iqtisodiy samaradorligining mazmuni,
marketing dasturini yaratish deb nomlangan uchinchi bosqichida amalga
oshiriladi.
Kichik biznes subyektlari innovatsion faoliyatining oxirgi: yangi
mahsulotning yaratilishi deb nomlangan bosqichida esa kichik biznes
subyektining boʻlimlariga vazifalarni taqsimlagan holda yangi mahsulot
rivojlanishining aniq dasturini tuzish; mahsulot namunasini yaratish va
texnik tanlovdan oʻtkazish; mahsulotning nomini va belgisini aniqlash; narx
va boshqa tijorat shartlariga oid test oʻtkazish kabi jarayonlar amalga
oshiriladi.
Yuqorida koʻrsatilgan bosqichlarda belgilangan jarayonlar samarali
tashkil etilsa kichik biznes subyektlarini innovatsion faoliyati ham
mukammal ravishda amalga oshadi. Buning natijasida esa korxona oʻz oldiga
qoʻygan maqsadlar sari odimlashi mumkin boʻladi
50
.
50
https://fayllar.org/kirish-i-bob-kichik-biznes-korxonalari-innovatsion-faoliyatini.html
197
Do'stlaringiz bilan baham: |