G. N. Maxmudova innovatsion iqtisodiyot



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/130
Sana15.11.2022
Hajmi2,3 Mb.
#866029
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

12.4.
 
Oʻzbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish
Innovatsiyalar iqtisodiyotni rivojlantirishda juda muhim rol oʻynaydi. 
Uzoq muddatli iqtisodiy oʻsishni asosan mehnat unumdorligining 
oʻsishi ta’minlaydi. Oʻz navbatida, bu oʻsish faqat innovatsiyalarni joriy 
etish orqali amalga oshiriladi. Hisob-kitoblar boʻyicha Oʻzbekistonda mehnat 
unumdorligi taxminan 10,97 dollarga teng. Bu Norvegiya va Lyuksemburg 
koʻrsatkichlaridan 7 baravar, AQSHdagidan 6 baravar, Turkiyadagidan 3 
baravar, Rossiyanikiga nisbatan 2 baravar kam demakdir. 
16-jadval 
Oʻzbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish kontseptsiyasi
51
Bosqich-
lar
Yoʻnalishlar
Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
1-
pogʻona 
Institutlarning 
amal qilishi 
Respublika iqtisodiyotida bazaviy shart-sharoitlarni 
yaratish maqsadida jamoat, siyosiy va iqtisodiy 
institutlarning samarali ishlashi. Ularga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- oʻzgarmas soliq stavkalari va oddiy soliqqa tortish 
tartibi; 
- korxonalar innovatsiya faoliyatini imtiyozli 
soliqqa tortish; 
- mulk huquqini muhofaza qilish
- investorlar huquqini himoyalash; 
- intellektual mulkni himoya qilish; 
- eksportni qoʻllab-quvvatlash; 
- sifatli bank xizmati; 
- hukumatning barqaror siyosati va hokazolar. 
2-
pogʻona 
Sifatli ta’lim Aholining intellektual salohiyatini yuksaltirish 
uchun sifatli ta’lim tizimini ta’minlash quyidagilar 
orqali tadqiqotlarga sharoitlar yaratadi: 
- ta’limga yuqori xarajatlar; 
- zamonaviy ta’lim standartlari; 
- xalqaro hamkorlikni rivojlantirish; 
- malaka oshirish va xususiy ta’lim markazlarini 
51
A. Oteuliev O’zbekistonda innovatsion faoliyatni rivojlantirish kontseptsiyasi asoslari 29.12.2017 | Son: 
№12(120)-2017 


198 
ragʻbatlantirish; 
- texnik mutaxassislar va muhandislarni koʻproq 
tayyorlash. 
3-
pogʻona 
Tadbirkorlik 
madaniyati 
Aholi, olimlar va tadqiqotchilar orasida quyidagilar 
orqali tadbirkorlik madaniyatini oshirish: 
- innovatorlarning tadbirkorlik tashabbusini amalga 
oshirishlarini qoʻllab-quvvatlash; 
- olimlar va tadqiqotchilarning tadbirkorlik bilan 
bandligini ta’minlash; 
- biznes yuritishda huquqbuzarliklar uchun qonuniy 
javobgarlikning yumshoqligini ta’minlash; 
- aholi oʻrtasida tadbirkorlik va innovatsiya 
jarayonlarini faol targʻib qilish. 
4-
pogʻona 
Rivojlangan 
infratuzilma 
Tadbirkorlik faoliyatini yuritishni yengillashtirish 
uchun rivojlangan infratuzilmani yaratish: 
- yuqori tezlikdagi Internet va aloqadan 
foydalanish; 
- muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining 
elektr ta’minoti, gaz ta’minoti, texnik va ichimlik 
suv ta’minoti uzluksizligini ta’minlash; 
- avto va temir yoʻllardan foydalanish 
imkoniyatlarini kengaytirish
- sifatli logistika xizmatlari. 
5-
pogʻona 
Rivojlangan 
bozorlar 
Quyidagi imkoniyatlar mavjud ichki raqobat 
rivojlangan bozor: 
- kreditlar va venchur moliyasidan foydalanish; 
- bozorda innovatsion ishlanmalarni 
kommertsiyalash; 
- iqtisodiyotda klasterlar rivojlangani
- yaxshi rivojlangan mehnat bozori; 
- koʻchmas mulk va tijorat binolari ijarasi 
rivojlangani; 
- valyuta va fond bozorining ishlashi. 


199 
Dastlabki beshta pogʻona iqtisodiyotda innovatsiyalar uchun qulay 
muhitni shakllantirish zarurligini koʻrsatadi. Bu vazifalar ado etilgan 
taqdirdagina innovatsion taraqqiyot uchun qulay muhit yaratish, shunda 
Oʻzbekistonda innovatsiyalarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash samara berishi 
mumkin. 

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish