O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“IJTIMOIY-IQTISODIYOT”
fakulteti
“IQTISODIYOT” kafedrasi
“IQTISODIYOT NAZARYASI” fanidan
Mavzu: Ishlab chiqarish samaradorligining mazmuni, ko’rsatkichlari va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
Bajardi: Jumaniyozov Dilmurod
,cm
Qabul qildi: ______________________
Guliston – 2022
Mavzu: Ishlab chiqarish samaradorligining mazmuni, ko’rsatkichlari va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar
Reja:
Kirish
1. Ishlab chiqarish samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.
2. Ishlab chiqarish imkoniyatlari, turlari va ularning mazmuni.
3. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig’i.
4. Imkoniyatlardan foydalanish asosida samaradorlikni oshirish yo’llari.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxat
Kirish
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda ulkan muvaffaqiyatlarga erishdi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Osiyo doirasida tranzit imkoniyatlari qulay iqtisodiy-geografik o‘ringa ega bo'lib, subregion davlatlarining o'zaro integratsiyalashuvida juda muhim rol o'ynaydi. Shu bilan birga, Respublikamiz ko'p tarmoqli milliy iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi uchun ulkan imkoniyatlami yaratadigan tabiiy boyliklariga egaю
So‘nggi yillarda hududlarning sanoat ishlab chiqarish va eksport salohiyatini oshirish, milliy iqtisodiyotimizga xorijiy sarmoyalarni yanada ko‘proq hajmda jalb etish maqsadida Respublikamiz hukumatining tashabbusi bilan mamlakatimizda qator erkin iqtisodiy zonalar (EIZ) tashkil qilindi. Dastlab "Navoiy”, "Angren”, "Jizzax” (Sirdaryo viloyatidagi filiali bilan), keyinchalik esa Xorazm viloyatida "Hazorasp", Buxoro viloyatida "G‘ijduvon" Samarqand viloyatida "Urgut” hamda Farg'ona viloyatida "Qo‘qon'" ElZlari yaratildi. Hozirgi kunga kelib bu hududlarda ichki va tashqi sarmoyadorlar ishtirokida yuzlab yangi ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. O`zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi istiqbollari respublikaning har bir tuman va viloyat imkoniyatlaridan umumdavlat va hududiy manfaatlarda oqilona foydalana olishga bog`liq.
So‘nggi yillarda mamlakatda faol investitsiya va tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Tarkibiy oʻzgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish;
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʻzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini taʼminlash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, isteʼmol tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |