Олдинги таҳрирга қаранг.
аудиовизуал асарлар;
(1042-модданинг еттинчи хатбоши Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 16 январдаги ЎРҚ-79-сонли Қонуни таҳририда — ЎР ҚҲТ, 2007 й., 3-сон, 21-модда)
рангтасвир, ҳайкалтарошлик, графика, дизайн асарлари ва бошқа тасвирий санъат асарлари;
манзарали-амалий ва саҳна безаги санъати асарлари;
архитектура, шаҳарсозлик ва боғ-парк барпо этиш санъати асарлари;
фотография асарлари ва фотографияга ўхшаш усулларда яратилган асарлар;
жўғрофия, геология хариталари ва бошқа хариталар, жўғрофия, топография ва бошқа фанларга тааллуқли тарҳлар, эскизлар ва асарлар;
барча турдаги электрон-ҳисоблаш машиналари (ЭҲМ) учун дастурлар, шу жумладан амалий дастурлар ва операция тизимлари;
ушбу Кодекснинг 1041-моддасида белгилаб қўйилган талабларга жавоб берувчи бошқа асарлар.
46. Lizing shartnomasi (lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi xususiyatlari) Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi xususiyatlari.
Lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi lizing beruvchi va sotuvchi
o'rtasida tuzilib, unga ko'ra lizing beruvchi lizing oluvchining topshirig'iga
binoan lizing obyektini keyinchalik lizing oluvchiga berish uchun o'z
mulki qilib oladi.
Taraflarning xohishiga ko'ra lizing obyektining oldi-sotdi shartnomasi
lizing shartnomasi kuchga kirishidan oldin yoki keyin tuzilishi mumkin.
Shartnoma bo'yicha lizing sotuvchidan lizing beruvchi mulk huquqi
asosida lizing obyektini sotib oladi va lizing oluvchiga egalik qilish va
foydalanish uchun beradi.
Lizing obyekti oldi-sotdi shartnomasini tuzish paytida lizing beruvchi
lizing obyekti qaysi maqsadda olinayotganligidan sotuvchini oldindan
xabardor qilishi, buni oldi-sotdi shartnomasida qayd etishi shart (Lizing
to'g'risidagi qonunning 14-moddasi).
Quyidagilar lizing shartnomasining muhim shartlari hisoblanadi:
lizing obyektining tavsiflanishi (lizing obyektining miqdori, sifati,
ro'yxati, kontrakt qiymati va boshqa ko'rsatkichlari) va shartnoma
umumiy pul summasining ko'rsatilishi;
ta ra fla rn in g lizing o b y ek tin i olish va b e rish bilan bog'liq
majburiyatlari;
lizing obyektini berish tartibi, shu jumladan lizing obyektini yetkazib
berish, montaj qilish va foydalanishga topshirish tartibi;
lizing to'lovlarini to'lash shartlari, miqdorlari, muddatlari va tartibi; lizing obyektidan foydalanish, unga qarash, uni saqlab turish va
ta ’mirlash yuzasidan taraflarning majburiyatlari;
shartnomaning amal qilish muddati;
sotuvchi va lizing obyektini tanlash uchun mas’ul tarafning ko'rsatilishi
Taraflarning kelishuviga binoan lizing shartnomasiga quyidagi shartlar
kiritilishi mumkin:
lizing obyektini sotib olish tartibi va muddatlari;
lizing shartnomasini o'zgartirish va bekor qilish;
lizing obyektini sug'urta qilish;
fors-major holatlar;
lizing beruvchi qo'shimcha xizmatlar ko'rsatishi, bunday xizmatlarsiz
lizing obyektidan foydalanib bo'lmasa;
lizing subyektlari tomonidan lizing shartnomasi shartlariga rioya
etilishini nazorat qilish tartibi.
Lizing shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar
ham kiritilishi mumkin.
Bizga ma’lumki, hozirda jahonda juda ko‘p lizing tashkilotlari faoliyat
ko'rsatmoqda. Eng yirik xalqaro lizing tashkilotlaridan «Ebikliz»ni va
Milliy lizing assosiasiyalarining Yevropa Federatsiyasi («Lizyurop»)ni
alohida ajratib ko'rsatish mumkin.
Xalqaro lizing tashkilotlarining asosiy vazifasi quyidagilardan iborat:
a) bularga a ’zo mamlakatlar qonunchiliklarini o'rganish, taqqoslash;
b) barcha huquqiy soliq, moliyaviy masalalarni hal etish;
v) lizing bitimlarining shartlari to'g'risidagi statistik ma’lumotni
yig'ish;
g) lizing firmalarini tashkil etish bilan bog'liq masalalarni o'rganish.
Respublikamizda ham bir qator lizing tashkilotlari mavjud. Ularga
Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 1-maydagi qarori bilan tashkil etilgan
“O'zbek Lizing Interneyshnl AJ” qo'shma lizing, 2003-yil 23-oktabr qarori
bilan tashkil etilgan “Qurilish-lizing”, 1999-yil 30-oktabr qarori bilan
tashkil etilgan “O'zqishloqxo'jalikmashlizing” kompaniyalarini kiritishimiz
mumkin.
48. Meros huquqi (meros huquqining obyekti bo’la olmaydigan obyektlar) 35savolda
49 Mualliflik huquqi (mualliflik huquqi obyektlari) FKning 1041-moddasiga asosan, mualliflik huquqi ijodiy faoliyat
natijasi bo'lmish fan, adabiyot, san’at asarlariga ularning maqsadi va
qadr-qiymati, shuningdek, ifodalanish usulidan qat’iy nazar, joriy etiladi.
Har qanday asar mualliflik huquqi obyekti sifatida muhofaza etilishi
uchun u ijodiy faoliyat mahsuli bo'lishi shart. Shu sababli ham oddiy,
kundalik hayotdagi so'zlashuvlar, muloqotlar mualliflik huquqi obyekti
bo'lib hisoblanmaydi. Ijodiy jarayon bu, eng avvalo, inson tafakkuri,
aqliy faoliyat mahsuli, u o'ziga xos original tusga ega.
Huquqiy adabiyotlarda ijodiy jarayonning ikki holati ta’kidlab
ko'rsatiladi:
a) asar yaratish jarayonining ongli, intellektual xarakteri;
b) yaratilgan asarning yangiligi, originalligi1.
Ijodkor ijodiy jarayonining ongli, intellektual tusi shundan iboratki,
asar yaratilishidan oldin u ijodkorning ongida, xayolida shakllanadi,
vujudga keladi. Asar ma’lum bir o'y-fikr asosida paydo bo'lib, u fikrg'oya,
fikr-reja, fikr-qoralama tarzida bosqichlardan o'tadi, shu tarzda
asar yaratilib, shakllanib boradi2.
Asarning yangilanishi ijodiy faoliyatning zarur unsuri sifatida asarning
yangi mazmunida, yangi shaklida, yangi g'oyalarida, yangi milliy
konsepsiyasida ifodalanadi3.
Asarning yangiligi haqidagi mezon mutlaq tusga ega bo'lmay, nisbiy
tusga ega. Ilm-fan sohalaridagi asarlarda yangi g'oyalar, yechimlar muhim
ahamiyatga ega bo'lsa, adabiy asarlarda va san’at asarlarida shaklan
yangilik muhim o'rinni egallaydi. Masalan, o'tmishda ≪Xamsa≫ — 5 doston
syujeti bo'yicha Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy
asarlari bunga yaqqol dalildir. Oybekning ≪Qutlug' qon≫ va Hamzaning
≪Boy ila xizmatchi≫ asarlarida syujet bo'yicha o'xshashlik mavjud, biroq
asar shaklan bir-biriga o'xshamaydi. Shu sababli ham mualliflik huquqida
shakl bo'yicha yangilik o'ziga xos tarzda birinchi rejaga chiqadi, deyish
mumkin.
Asarning mualliflik huquqi obyekti- sifatida muhofaza qilish uchun
yana bir belgisi — bu uning obyektiv shaklda ifodalanganligidir. Asardagi
g'oya, mazmun, o'y-fikr, obraz uchinchi shaxslar idrok etishi, tanishuvi,
qabul qilishi uchun imkon beruvchi ma’lum bir obyektiv shaklda ifodalangan bo'lishi shart. Shu ma’noda olganda hali muallifning o‘yfikrida
bo'lgan, biroq boshqalar qabul qilish uchun obyektiv shaklga
kiritilmagan asar mualliflik huquqi obyekti bo'lib hisoblanmaydi.
FKning 1041-moddasiga asosan, asar og'zaki, yozma shaklda yoki
uni idrok etish imkonini beradigan boshqa obyektiv shaklda ifodalangan
boiishi lozim. Yozma shaklda yoki moddiy jismda o‘zgacha usulda
ifodalangan asar (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuvlar,
texnika vositalari yordamidagi yozuv, shu jumladan, audio va video
yozuvi, ikki o'lchamli yoki hajmiy-fazoviy shaklda yaratilgan tasvirda
va hokazo) uning uchinchi shaxslar uchun foydalanish imkoniyati boryo‘
qligidan qat’iy nazar, obyektiv shaklga ega hisoblanadi. Moddiy jismda
ifodalanmagan og'zaki yoki boshqa xil asar, basharti u uchinchi
shaxslaming idrok etishi uchun maqbul kelgan, kifoya qilgan bo‘lsa
(omma oldida so‘zlash, ommaviy ijrochilik va hokazo) obyektiv shaklga
ega hisoblanadi.
Ijodkor asarining uchinchi shaxslar tomonidan idrok etilishi, qabul
qilinishi, hozircha insonning ko‘rish va eshitish xususiyatlari, qobiliyati
asosida ro‘y beradi.
Yozma asarlar, videotasvirlar, ikki o‘lchovli asarlar (rasmlar) hajmiyfazoviy
shakldagi tasvir (masalan, haykal, me’moriy binolar) ко‘rish
tuyg‘usi orqali qabul qilinsa, musiqa, nutqlar, badiiy o'qishlar eshitish
tuyg‘usi orqali qabul qilinadi.
Mualliflik huquqi obyektlari quyidagi turlardan iborat:
- adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa
asarlar);
- drama va ssenariy asarlari;
- matnli yoki matnsiz musiqa asarlari;
- musiqali drama asarlari;
- xoreografiya asarlari va pantomimalar;
- audiovizual asarlar;
- rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va tasviriy
san’atning boshqa asarlari;
- manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
- arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish san’ati asarlari;
- fotografiya asarlari va fotografiyaga o'xshash usullarda yaratilgan
asarlar;
- jo‘g‘rofiya, geologiya xaritalari va boshqa xaritalar, jo‘g‘rofiya,
topografiya va boshqa fanlarga taalluqli tarhlar, eskizlar va asarlar;
- barcha turdagi EHM uchun dasturlar, shu jumladan har qanday dasturlash tilida va har qanday shaklda, chunonchi boshlang‘ich matn
hamda obyekt kodida ifodalanishi mumkin bo‘lgan amaliy dasturlar va
operatsiya tizimlari;
— Qonunning 5-moddasida belgilangan talablarga javob beradigan
boshqa asarlar (Qonunning 6-moddasi).
Mualliflik huquqi obyekti bo'lishi uchun asar tugallangan bo'lishi
shart emas. Shu sababli asar tugallanmagan bo'lsa ham, agarda ularda
ijodiylik unsurlari mavjud bo'lsa, mualliflik huquqining mustaqil obyekti
bo'lib hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |