Funktsiyalari davlat byudjeti daromadlari, tuzilmasi va dinamikasi



Download 64,44 Kb.
bet7/9
Sana09.07.2022
Hajmi64,44 Kb.
#766148
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
MUSTAQIL ISH Хулоса для детдома

Resurslar uchun to’lovlar.Insonning tevarak atrofdagi tabiatga ta’siri yil sayni kuchayib bormoqda. Tabiiy zahiralarning cheklanganligi tabiat resurslaridan oqilona foydalanishni eng muhim vazifalardan biri deb qarashni taqozo qiladi.
O’zbekiston Respublikasida resurslar uchun to’lovlar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

  1. mol-mulk solig’i (1992 yildan);

  2. er solig’i (1993 yildan);

  3. ekologiya solig’i (1998 yildan);

  4. er ostidan foydalanganlik uchun soliq (1995 yildan);

  5. suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq (1993 yildan).



Mol-mulk solig’i yuridik shaxslardan 1992 yildan boshlab korxona balansida bo’lgan mol-mulki qiymati, asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymatidan 0,7% stavka bo’yicha undiriladi, byudjet daromadlarida mol-mulk solig’ining solishtirma hissasi jami daromadlarning 0,3%ni tashkil etdi. 1995 yilda esa soliq stavkasi 2% miqdorida belgilandi, solishtirma hissasi – 2,3%ni, 1996 yilda xuddi shu stavkada solishtirma hissasi 1,5%ni, 1999 yilda soliq stavkasi 4%, solishtirma hissasi 3,2% bo’ldi. 2000 yilda stavka 4%, solishtirma hissasi 3,2% holida qoldi. 2001 yilda yuridik shaxslardan mol-mulk solig’i 5% stavka bo’yicha undiriladi.
1995 yildan jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliq joriy qilindi. Jismoniy shaxslarning mol- mulkiga Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan stavkalar bo’yicha soliq solinadi. Mol-mulk solig’ini soliq solinadigan mol-mulkka ega bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslar to’laydilar.
Yuridik shaxslar uchun soliq to’lovchining balansida bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning o’rtacha yillik balans qiymati soliq solish ob’ekti hisoblanadi.

Jismoniy shaxslar uchun:





  • ularning mulki bo’lgan uy-joylar, kvartiralar, chorbog’ va bog’ uylari, garajlar va boshqa imoratlar, binolar va inshootlar qiymati;

  • ularning mulki bo’lgan avtomobillar, motorli qayiqlar, samoletlar va boshqa transport vositalari dvigatellarining quvvati soliq solish ob’ekti hisoblanadi.

Byudjetni daromadlar bo’yicha shakllantirish ishlari eng muhim uch yo’nalishni o’z ichiga oladi:



  • prognozlanadigan summalar hisobi, barcha turdagi daromadlar kontingentlarini safarbar qilish;

  • boshqariladigan daromadlarni byudjet tizimi darajalari bo’yicha qonunchilikda nazarda tutilgan tartib va proportsiyalarda taqsimlash;

  • moliyaviy yordam ko’rsatish (dotatsiyalar, subventsiyalar) va byudjetdan ta’minlanishni (tranfertlar) baravarlashtirish masalalarida yuqori va quyi byudjetlarning o’zaro munosabatlarini belgilash.

Daromadlarni shakllantirishdagi eng muhim bosqich bu soliq tushumlarini prognozlashdir.


Davlat byudjeti daromadlarini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rejalashtiradi, chunki bu vazirlik jami zaruriy axborot bazasiga ega va soliqlarning byudjetda jamlanishi holatini tezkor kuzatib boradi.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida soliq tushumlarini prognozlashda tub o’zgarishlar yuz berdi. Foyda, soliq solish bazasi, boshqa turdagi soliqlar bo’yicha reja ko’rsatkichlarining yo’qligi byudjetga to’lovlarni rejalashtirish usullarini jiddiy o’zgartirib yubordi. Daromadlar kontingentlari hisoblari, birinchi navbatda soliq tushumlari bo’yicha ishlar bosqichlarini quyidagi izchilikda tasavvur qilish mumkin:
O’zbekiston Respublikasi Soliq qo’mitasi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga xududlar bo’yicha keyingi yil byudjeti bo’yicha boshlanishidan oldingi hisobot davri uchun joriy soliq tushumlari va boshqa tushumlar (daromadlar) to’g’risida umumlashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etadi (tezkor tahlil uchun, hisob-kitoblar uchun muayyan baza tariqasida). Soliq qo’mitasi bu ma’lumotlarni xududiy soliq inspektsiyalaridan oladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligidan daromadlar, birinchi navbatda soliq to’lovlari hajmini ko’rsatadigan keyingi (rejalashtirilayotgan) yil va o’ta muddatli istiqbolga prognozlanayotgan makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni oladi. Asosiy makroiiqtisodiy ko’rsatkichlarga quyidagilar kiritiladi: YaIM hajmi, pul massasi xajmini belgilaydigan ko’rsatkichlar; xo’jalik tarmoqlarida yaratiladigan foyda hajmi, ish haqi fondi miqdori; inflyatsiya indeksi va deflyatorlar; tovar aylanmasi xajmi va boshqalar. O’zbekiston Respublikasining jamlanma byudjeti daromadlari asosini yaratadigan eng muhim soliqlar bo’yicha va har bir darajadagi byudjetlar bo’yicha maxsus hisoblar qilinadi.
Olingan ma’lumotlar asosida O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi soliq va boshqa daromadlar kontingentlarini prognozlaydi va ularni xududiy moliya boshqaruvi tomonidan ko’rsatma ko’rsatkichlari ko’rinishida to’playdi. Hozirgi sharoitlarda byudjet daromadlarini rejalashtirishning asoslanganligini oshirishda tahliliy ishlarning ahamiyati keskin ortib bormoqda. Byudjetga to’lovlar hajmiga ta’sir ko’rsatadigan jami omillar taqdim qilinadi.
Xududiy Moliya boshqarmalari parallel holda soliq idorasi bilan hamkorlikda o’z xududlarida daromadlar kontingentlarini prognozlash ishlarini olib boradilar.
Hisoblar uchun baza – keyingi yil va o’rta muddatli istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozning asosiy parametrlari (tegishli soliq turlari bo’yicha byudjetga to’lovlar xajmini belgilaydigan ko’rsatkichlar uning tarkibiy qismini tashkil qiladi).
Soliq solish bazasi to’g’risidagi ma’lumotlardan tashqari rejalashtirilayotgan yilda soliq sohasida yuz beradigan o’zgarishlar (stavkalar o’zgarishi, imtiyozlarning joriy qilinishi yoki bekor qilinishi va boshqalar) to’g’risida ham ma’lumotlarga ega bo’lish zarur.
Shunday qilib, byudjet daromadlarini umumiy rejalashtirish uslubiyati keyingi yil va o’rta muddatli istiqboldagi makroiqtisodiy prognoz ko’rsatkichlariga asoslanadi. Bu ko’rsatkichlarga qonun xujjatlari va soliq solish bazasi,stavkalarini shakllantirish tartibi to’g’risidagi tegishli yo’riqnomalar asos bo’lib xizmat qiladi, shuningdek amalda soliqlarning yig’ilishi darajasi ham hisobga olinadi.





5 D.s.h. – daromaddagi solishtirma hissasi

  1. DAVLAT BYuDJETI XARAJATLARI, TUZILMASI VA DINAMIKASI




Download 64,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish