Ahamiyatigako’ra umumdavlat va mahalliy soliqlarga bo’linadi.
Umumdavlat soliqlari markaziy xokimiyat organlari byudjetiga, mahalliy soliqlar butkul mahalliy byudjetlarga tushadi.
2002 yil 1 yanvar xolatiga ko’ra umumdavlat soliqlariga quyidagilar kiradi:
yuridik shaxslar daromad (foyda) solig’i;
mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni va aholining ijtimoiy guruhlarini daromadlariga ko’ra proportsional (mutanosib) soliqqa tortish tengligi;
soliqlarning ishlab chiqarishni kengaytirish asosida byudjet daromadlari daromad bazasini shakllantirishni ta’minlaydigan xazinani (byudjetni) ta’minlash va rag’batlantiruvchilik vazifalarini oqilona birlashtirish;
byudjetga tushumlar manbalarini kengaytirish imkoniyatlarini yaratadigan soliq turlarini ko’paytirish, yuqori bo’lmagan soliqqa tortish stavkalarini joriy qilish.
Daromad (foyda) solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo’mitasining 1997 yil 29 dekabrdagi 382-sonli «Yuridik shaxslarning daromad (foyda) solig’ini hisoblab chiqarish va byudjetga to’lash tartibi to’g’risida»gi Yo’riqnomasi (keyingi o’zgartirishlar va to’ldirishlar bilan eng so’nggi 382-5 to’ldirish va o’zgartirishlar 2001 yil 10 yanvarda kiritilgan).
Daromad (foyda) solig’ini moliya yilida soliqqa tortiladigan daromad (foyda)ga ega bo’lgan yuridik shaxslar to’laydilar.
Xo’jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining pirovard qiymat natijasi daromad (foyda) solig’i undiriladigan soliqqa tortish ob’ekti hisoblanadi. Bunday natija umumiy daromad bilan chegirmalar o’rtasidagi ayirmadan iborat umumiy vazifalarni hal qilish uchun birlashtiriladigan badallar, paylar va ustav fondidagi o’zga maqsadli qo’yilmalar soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.
Umumiy daromadga jo’natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun olingan, korxona oladigan yoki tekinga (qaytarib berilmaydigan) olgan pul mablag’lari yoki boshqa vositalar kiritiladi.