Byudjet xarajatlari – davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag’laridir. Byudjet oluvchilar – byudjet mablag’larini oluvchilar yoki boshqaruvchilar bo’lgan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar byudjet xarajatlari orqali moliyalanadi. Shunday qilib, byudjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Byudjetda faqat byudjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo’yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa byudjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari dotatsiyalar, subventsiyalar, subsidiyalar va byudjet ssudalari vositasida byudjet tizimi darajalari bo’yicha byudjet mablag’larini qayta taqsimlash byudjet orqali amalga oshadi. Byudjet xarajatlari asosan qiytarib olinmaydigan, qaytmas xususiyatga ega. Faqat byudjet kreditlari va byudjet ssudalari qaytariladigan asosda berilishi mumkin. Xarajatlar tuzilmasi yil uchun tasdiqlanadigan byudjetda bevosita ko’rsatiladi va byudjet daromadlari kabi iqtisodiy vaziyatga, ijtimoiy ustuvorliklarga bog’liq bo’ladi.
O’z iqtisodiy mazmuniga qarab byudjet xarajatlari joriy va kapital xarajatlarga bo’linadi.
Byudjetlarning joriy xarajatlari– byudjetlar xarajatlarining bir qismi bo’lib, davlat xokimiyati organlari, mahalliy o’zini o’zi boshqarish organlari, byudjet muassasalarining joriy faoliyatini ta’minlashga davlat tomonidan boshqa byudjetlar va iqtisodiyotning ayrim tariqalariga mablag’ ajratish, dotatsiyalar, subventsiyalar va subsidiyalar shaklida yordam ko’rsatish uchun ajratiladi.
Kapitalxarajatlar – byudjetlar xarajatlarining innovatsiya va investitsiya faoliyatini ta’minlaydigan qismi hisoblanadi. Unga tasdiqlangan investitsiya dasturiga muvofiq ishlab turgan yoki yangidan tashkil qilinadigan korxonalar, tashkilotlar va muassasalarga investitsiyalar uchun mo’ljallangan xarajatlar kiradi. Bu investitsiya maqsadlari uchun byudjet kreditlari tarzida beriladigan mablag’lar, kapital ta’mirlashni o’tkazish xarajatlari va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bilan bog’liq boshqa xarajatlardan iborat.
Keyingi yillarda korxonalarni moliyalash manbalari tuzilmasida byudjetdan ajratiladigan mablag’lar ancha qisqargani holda o’z manbalari xissasi o’sib bordi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar moliyasi bank krediti va o’z-o’zini moliyalash printsiplariga tayanadi.
Keyingi yillarda byudjet resurslarining anchagina qismi iqtisodiyotdagi davlat sektoridagi kapital qo’yilmalarini moliyalashga yo’naltirilmoqda.
Moddiy ishlab chiqarish sohasida xarajatlarni byudjetdan moliyalashtirish xajmlarining qisqarishi O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan davlat mulkini xususiylashtirish va ko’p ukladli iqtisodiyot asoslarini yaratish siyosati bilan bog’liq. Bunga qo’shimcha holda yana bir qancha sabablarni ko’rsatib o’tish mumkin:
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning sheriklari va davlat oldida olgan majburiyatlarini bajarish uchun to’liq mulkiy javobgarlik joriy qilinganligi munosabati bilan korxonalarni dotatsiyalashning asta sekin to’xtatishi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning birinchi bosqichida O’zbekiston bu sohani moliyalash saqlanib qoldi, ikkinchi bosqich moliyalash siyosatidan investitsiyalash siyosatiga o’tish bilan tavsiflanadi.
Markazlashtirilgan kapital qo’yilmalarning qisqarishi va korxonalarni xususiylashtirish hisobiga ishlab chiqarish qo’yilmalarida davlat ishtirokining qisqarganligi.
Ko’pgina oziq-ovqat va sanoat tovarlari bo’yicha narxlardagi farqlarni qoplashga ilgarigi dotatsiyalarning bekor qilinganligi.
Byudjet mablag’larini sarflashda qattiq tejamkorlik. Bunga iqtisodiyotni barqarolashtirish va uni rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish bilan bevosita bog’liq bo’lmagan har qanday chiqimlarni xarajatlar tarkibidan chiqarib tashlash bilan birga ajratilgan byudjet mablag’laridan oqilona foydalanishni nazorat qilish bilan erishildi.
Real investitsiyalar korxonalarning ildam rivojlanishini ta’minlaydi va quyidagi vazifalarni hal qilish imkoniyatlarini yaratadi:
Moliyaviy va moddiy resurslarni jamg’arish hisobiga o’z tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish;
Yangi korxonalar barpo etish;
Biznesning yangi sohalarini o’zlashtirish natijasida ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash.
Xozirgi davrda kapital qo’yilmalar maqsadli dasturlarni moliyalashga yo’naltirilmoqda. Bu esa moliyaviy resurslarni xalq xo’jaligi tarmoqlarini rivojlantirishning eng muhim yo’nalishlarida to’plash imkoniyatlarini yaratadi
Xozirgi davrda ishlab chiqarish sohasini davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash aksariyat hollarda qaytarish asoslarida raqobatchilik bo’yicha joylashtiriladigan o’zini tez qoplaydigan kommertsiya loyihalarini moliyalashda ko’zga tashlanadi. Bu esa investitsiya sohasiga xususiy investorlarning qo’shimcha mablag’larini jalb etish va davlatning tijoratni moliyalash amaliyotini yanada kengaytirishga imkoniyat yaratadi.
O’zbekistonda bir qator tumanlar energetikasini rivojlantirish, tibbiyot sanoati, transport, aloqa, agrosanoat kompleksi va boshqalarni rivojlantirish dasturlari ishlab chiqarish sohalariga qaytarilmaydigan investitsiyalashning eng muhim yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda.
Iqtisodiyotning muhim sektorlaridan biri - agrosanoat majmui hisoblanadi. Uning o’ziga xos xususiyatlari va mamlakat hayotidagi o’rni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash va davlat tomonidan tartibga solish zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Bunday o’ziga xos xususiyatlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
qishloq xo’jaligini ishlab chiqarishning mavsumiy xarakteri;
asosiy ishlab chiqarish vositalari - er, lekin uning holati doimo o’zgarib turadi;
ishlab chiqarish tsiklining nisbatan uzoq davom etishi (sanoat tsikli bilan birga tabiiy tsiklni ham o’z ichiga oladi);
sanoat va qishloq xo’jaligi mahsulotlariga narxlarda disparitetning mavjudligi;
XULOSA Byudjet taqchilligini moliyalashtirish jarayonini u yoki bu manbalarini tanlash, davlat qimmatli qog’ozlarini chiqarish shartlaridan (xatli, muomalada bo’lish muddatlari, daromadligi va hoqazolar), mohirona foydalanish, ichki va tashqi qarzlar nisbatlari aholining ichki jamg’armalarini saqlash uchun qulay sharoitlarni yaratish, qimmatli qog’ozlar va qo’yilmalarni indeksatsiyalash, davlat qarziga xizmat ko’rsatish bo’yicha cheklashlar va boshqalar yordamida boshqarish mumkin. Byudjet taqchilligini samarali boshqarish davlat xarajatlarining ortishini, birinchi navbatda, ishlab chiqarishni kengaytirish va aholini ish bilan ta’minlashni ko’paytirishga yo’naltirishni nazarda tutadi. Byudjetdan mablag’lar va kreditlar samaraga erishish darajasiga va mablag’larni qaytarishning aniq kafolatlari bo’lgan real dasturlarga ajratilishi lozim.
Shu sababli moliyalashtirish operatsiyalari davlatning umumiy iqtisodiy va moliyaviy siyosati bilan muvofiqlashtirilgan bo’lishi lozim. Bundan tashqari shuni ham hisobga olish kerakki, jahon tajribasida byudjet taqchilligini kamaytirishda mamlakatga xorij kapitalini jalb qilishidan xam keng foydalaniladi.
Deflyatsion tadbirlarining murakkabligi ham shundaki, ularni amalga oshirish davlat xarajatlarini, kreditlarni qimmatlashtirishni, pul massasini kamaytirishni talab qiladi. Bularning barchasi esa yalpi talabning pasayishiga, kapital qo’yilmalarini qisqarishiga olib keladi, demak, iqtisodiy faollik pasayadi va ishsizlik ko’payadi.
Shunday qilib, byudjet taqchilligi muammolari pul massasi, byudjet siyosati, iqtisodiy faolikka va ijtimoiy soha jarayonlariga davlat ta’siri samaradorligi kabi murakkab muammolar majmui bilan bevosita bog’lanib ketadi.