Fundamental iqtisodiyot” kafedrasi


Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati



Download 1 Mb.
bet3/7
Sana06.07.2022
Hajmi1 Mb.
#748058
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
kurs ishi 3(1)

Ish haqi tushunchasining mazmun-mohiyati

Ish haqi korxona yoki tashkilotlarning o’z xodimlariga ularning mehnati (mahsulotga qo’shgan nafliligi) uchun to’lanadigan haqdir. Ish haqi ikki qismdan asosiy va qismdan iborat bo`lishi mumkin yoki faqat asosiy qismdan iborat bo`ladi. Asosiy qism ish haqining doimiy qismi hisoblanadi. Asosiy qismga tarif bo’yicha belgilangan maosh, ustama va qo’shimcha haqlar kiradi. Ustama va qo’shimcha haqlar ma’lum muddatga belgilanadi, agar ishchi o’ziga yuklatilgan vazifalarni bajara olmasa ustama va qo’shimcha to’lovlardan mahrum bo’ladi. Ish haqining qo’shimcha qismiga yil yakunlariga ko’ra, mehnatning umumiy natijalari uchun beriladigan mufokot va rag’batlantirishlar kiradi.
Ish haqini huquqiy jihatdan tartibga solishning davlat va mahalliy turlari mavjud. Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish – mehnat o’lchovi va unga to’lanadigan haq miqdorini tengligini ta`minlash. Mahalliy yo’l bilan tartibga solish-huquq qoidalarida mehnatga haq to’lash shartlarini belgilashdan iborat bo’lib, ular ma’muriyat tomonidan kasaba uyushmasi qo’mitasi bilan birgalikda o’zlariga berilgan huquqlari doirasida ishlab chiqishadi.
Ish haqini davlat tomonidan tartibga solish yo’nalishlari:

  • Qonunlar va boshqa normativ hujjatlar yordamida mehnatga haq to’lash shartlarini qonuniy tartibga solish;

  • Ish haqini tarif tizimlari yordamida tartibga solish;

  • Eng kam ish haqini belgilash;

  • Hududiy koeffitsientlar va ish haqi ustama to’lovlaridan foydalangan holda hududiy tartibga solish;

  • To’g’ridan-to’g’ri ( daromad solig’i ) va bilvosita ( QQS, savdo solig’i, aksiz solig’i ) soliqlardan foydalangan holda soliqni tartibga solish.

  • Mintaqaviy koeffitsientlarni va nafaqa foizlari va yoshini belgilash;

  • Mehnatga haq to’lash bo’yicha davlat kafolatlarini o’rnatish.

Ish haqining mohiyati, uning ijtimoiy ishlab chiqarish bosqichlari bo’lgan mahsulot ishlab chiqarish, uni taqsimlash, ayirboshlash va iste`mol qilishda bajaradigan funksiyalarida namoyon bo’ladi:

  1. Reproduktiv (takror hosil qilish) funksiyasi. Mazkur funksiya ish haqining davlat tomonidan tartibga solishning xususiyatlari, ish haqining ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’min etadigan miqdorini qonuniy darajada belgilash bilan uzviy bog’liqdir.

  2. Rag’batlantiruvchi funksiya. Xodimni o’z mehnatining natijhalarini yaxshilashga va yanada ko’proq mehnat qilishga undaydi.

  3. O’lchov-taqsimlash funksiyasi. Bu funksiya iste’mol fondlarini yollanma xodim bilan ishlab chiqarish vositalari egasi o’rtasida taqsimlash vaqtida jonli mehnat o’lchovini aks ettirish uchun mo’ljallangan.

  4. Joylashtirish funksiyasi. Mazkur funksiyaning hozirgi vaqtdagi ahamiyati jiddiy ravishda oshib bormoqda. Uning mohiyati mehnat resurslarini mintaqalar, iqtisodiyot tarmoqlari va korxonalar bo’yicha qulay ravishda joylashtirishdan iborat.

  5. Aholining to’lovga qodir talabini shakllantirish funksiyasi. Bu funksiyaning vazifasi to’lovga qodir talabni muvofiqlashtirishdir, bunday talab deganda, xaridorlarning pul mablag’lari bilan ta’minlangan ehtiyojlarini namoyon bo’lish shakli tushuniladi, shuningdek, iste ’mol tovarlari ishlab chiqarish ham nazarda tutiladi. To’lovga qodir talab ikkita asosiy omil-jamiyatning ehtiyojlari va daromadlari ta’sirida shakllanishi sababli, bozor sharoitida ish haqi yordamida tovarni taklif qilish bilan talab o’rtasida zarur mutanosiblik o’rnatiladi.

Yuqoridagi funksiyalar amalga oshishi uchun quyidagi eng muhim tamoyillarga rioya qilish zarur:



  1. Ishlab chiqarish va mehnat samaradorligi ortib borgan sari real ish haqining ortib borishi. Bu tamoyil ehtiyojlarning ortishi obyektiv iqtisodiy qonunning amalqilishi bilan bog’liq bo’lib, mazkur qonunga muvofiq, ehtiyojlarning yanada to’laroq qondirilishi faqat o’z mehnati uchun ko’proq miqdorda moddiy ne’matlar va xizmatlarga ega bo’lish imkoniyatlari kengaygan sharoitdagina real bo’ladi. Biroq imkoniyat ishlab chiqarish faoliyati natijalari bilan, mehnat samaradorligi bilan bog’lanishi lozim.

  2. Mehnat unumdorligi o’sishining o’rtacha ish haqining o’sish sur’atlaridan ilgarilovchi sur’atlarini ta’minlash. Bu tamoyilning mohiyati-ishlab chiqarishni rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish asosida mehnat darajalarini maksimal (eng ko’p) darajaga yetkazishdan iborat. Bu matoyilga rioya qilinishi jamg’arish jarayonining, kengaytirilgan ishlab chiqarishning uzluksizligini taqozo etadi, va korxonaning rivojlanishi, hamda ravnaq topishining zarur sharti hisoblanadi. Mazkur tamoyilning buzilishi tovarlar bilan ta’min etilmagan pulning to’lanishiga, uning qadrsizlanishiga olib keladi.

  3. Xodimning korxona faoliyati natijalariga qo’shgan mehnat hissasiga, mehnat mazmuni va sharoitlariga, korxona joylashgan mintaqaga, uning qaysi tarmoqqa mansubligiga qarab, ish haqini tabaqalashtirish. Mazkur tamoyil xodimning o’z mehnat malakasidan, mahsulotning yuqori sifatli bo’lishini ta’minlashdan moddiy manfaatdorligini kuchaytirish zarurligiga asoslangan.

  4. Teng mehnatga teng ish haqi. Bozor sharoitida bu tamoyilni ishlovchining jinsi, yoshi milliy mansubligi va hokazolarga qarab, uning mehnatga haq to ’lashda kamsitishga yo’l qo’ymaslikdir, korxona yoki firma ichidagi taqsimotda adolat tamoyiliga rioya etilishi, deb tushunish kerak. U bir xildagi mehnati unga haq to’lash orqali bir xil baholashni nazarda tutadi.

  5. Mehnatga haq to’lashni davlat yo’li bilan boshqarish.

  6. Mehnat bozorining ta’sirini hisobga olish. Mehnat bozori – bu shunday bir sohaki, u yerda pirovard natijada mehnatning har xil turlarida baho berish tarkib topadi. Har bir xodimning mehnatiga toplanadigan ish haqi uning mehnat bozoridagi mavqyei bilan mustahkam bog’liq bo’lib, mazkur bozordagi vaziyat, bundan tashqari, bandlik imkoniyatini ham belgilab beradi.

  7. Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlarining oddiyligi, mantiqiyligi va qulayligi mehnatga haq to’lash tizimlarining mohiyati haqida keng xabardor bo’lishni ta’minlaydi. Xodimda ish haqi haqida tushunarli va batafsil axborot mavjud bo’lgandagina, u jon-dili bilan berilib mehat qiladi. Xodimlar qanday holatda ish haqining miqdori, ya’ni o’z moddiy farovonliklari darajasi oshishini aniq tasavvur qilishlari lozim.

Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqaruvchilari o’rtasida mehnatning miqdor, sifati va unumdorligi ga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritiladi1. Hozirda ish haqi har bir davlat iqtisodiyotida muhim o’ringa ega. Shuning uchun ham iqtisodchilar ish haqiga kata e’tibor beradilar. Quyida iqtisodchi olimlarning ish haqi to’g’risidagi turli ta’riflarini keltiramiz.
D.Rikardo va T.Maltus “Yashash uchun vosita minimumi” konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik mininmumi bilan teng deb hisoblaydi. Lekin ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziolgik minimum bilan bir xil deb qarash to’gri emas. Bu minimum o’z ichiga ishchi kuchi shakllanadigam iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy shar-sharoitlar tug’diradigan ehtiyojlarni ham oladi. Shunungdek ish haqini yashash uchun zarur vositalarning fiziologik minimum bilan tenglashning yana bir salbiy tomoni ish beruvchilar tomonidan bu minimumni pasaytirishga intilishiga olib kelishi mumkin. Rivojlangan davlatlarda ishchi kuchi bozorida real ish haqining o’rtacha darajasi yashash uchun zarur jismoniy vositalar minimumidan ancha yuqori o’rnatilgan.
Qiymatning mehnat nazariyasi maktabi (ingliz klassik siyosiy iqtisod maktabi, marksistik ishchi kuchini alohida, o’ziga xos tovar deb hisoblaydi.
Muddatli ish haqi ma’lum bir mahsulot – mehnat narxlarini ko’rsatish uchun ishlatiladi. Faoliyat jarayonida mehnat kapitalist tomonidan o’zlashtirilgan qiymat va qo’shimcha qiymat yaratadi. O’z mehnatini sotgan ishchi kapitalistdan olishi kerak ish haqi ekvivalenti mehnat sarfiga teng yoki hech bo’lmaganda unga yaqin bo’lishi kerak. Aks holda, u to’laqonli ishchi sifatida ishlay olmaydi, chunki mehnatning takror ishlab chiqarilish jarayoni sodir bo’lmaydi
Ishchi kuchining qiymati uni qayta ishlab chiqarish uchun ijtimoiy jihatdan zarur bo’lgan mehnat, ya’ni ishchi ko’paytirish uchun zarur bo’lgan ma’lum miqdordagi hayotiy zarur vositalarning qiymati, ya’ni oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, o’qish va malaka xarajatlari, shuningdek, ishchi oilasini ta’minlash bilan belgilanadi. Shu bilan birga bu g’oya hayotiy ehtiyojlar hamda ularning qondirilish usullari mamlakatning ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanishida erishilgan darajaga bog’liqligini ta’kidlaydi.
Ish haqining iqtisodiy mohiyati birinchi marta Karl Marks tomonida ochilgan. U boshli iqtisodiy fan – “Siyosiy iqtisod” ni yaratadi va unda qo’shimcha qiymat olish mexanizmini ochib beradi. Rahbar o’zi sotib olgan ishchi kuchini uning qiymatini qayta ishlab chiqarish uchun zarurbo’lgan vaqtdan ko’proq ishlatadi, yani ishchi ishchi ortiqcha qiymat yaratishga majbur bo’ladi degan g’oyani ilgari suradi.
Bu fikrlar hozirgi davrda ham ko’pgina iqtisodchi olimlar ma’qullab kelinadi. Misol uchun, A.F.Shishkin, E.F. Borisovlar o’zlarinig “iqtisodiyot nazariyasi” darligida ish haqini ishch kuchi tovar qiymatining puldagi ifodasi deb ta’riflashgan.1
Bu mualliflar o’z fikrlarini asoslashda ko’pgina olimlar mehnat jarayonibilan ishchi kuchining farqiga bormaganligini, shuning uchun mahnat sotiladi, degan fikrga qarshi chiqib bozorda mehnat emas, balki ishchi kuchi sotilishini, bu jarayon yuzaki qaralganda mehnatga haq to’lashga o’xshab ko’rinishini isbotlashga harakat qilganlar.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining ayrim mualliflari(masalan, “Ekomomiks” darsliklarda, V.D.kamaev rahbarligida nashr qilingan “Iqtisodiyot nazariyasi” darsligi va boshqalarda)2 ish haqini mehnat narxi sifatida ayrimlari esa3 mehnat bozoridagi talab va taklif ning muvozanat narxi sifatida talqin qiladilar. Bunda asosan bozorda mehnat sotiladi degan tushuncha bu g’oyaning kamchiligi hisoblanadi. Mehnat ishchi kuchidan foydalanish natijasida vujudga keladigan, ishchini ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyat jarayoni bo’lib, uning qiymati ham, narxi ham mavjud emas. Bu g’oyalarning ijobiy tomoni ham mavjud. Ular mehnatni ishchining malakasi, intensivligi va natijasi bilan bog’lab ko’rsatganlar.
Ish haqi to’g’risidagi nazariyalarni umumlashtirib quyidagicha xulosalar chiqarishimiz mumkin.
Yuqoridagi nazariyalarda ish haqi tushunchasi to’g’risida bir tomonlama qarash mavjud bo’lib, ish haqining murakkab jarayon ekanligi biroz e’tibordan chetda qolgan. Lekin bu nazariyalarda ish haqining u yoki bu tomoniga to’gri tarif berilgan bo’lib, ulardan foydalanish mumkin bo’lgan ijobiy mazmun mavjud.
Ish haqining umumiy darajasi har doim har bir mamlakatda iqtisodiyotning erishgan darajasiga, ya’ni umumiy mehnat unumdorligi, milliy mahsulot hajmi, uning aholi jon boshiga to’g’ri keladigan miqdoriga bog’liq bo’ladi. Chunki shu mahsulotlarning bir qismi mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi. Shuning uchun ham u turli mamlakatlarda turli miqdorlarda bo’ladi.
Ish haqining miqdori ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga, ishchining o’zini, oila a’zolarini boqishga etadigan darajada bo’lishi lozim. Bozorda ish haqi mehnat narxiga asoslangan bo`lib uning reproduktiv funksiyasini ta’minlash, ish haqi miqdori, ta’rifiga ko’ra,yashash minimumidan kam bo’lmasligi kerakligini anglatadi. Lekin hozirgi O’zbekistonda bunday emas, davlat tomonidan tasdiqlangan eng kam ish haqining miqdori yashash minimumidan bir necha bararvar kamdir. Eng kam ish haqini yashash darajasiga ko’tarish bizning asosiy vazifalarimizdan biri bo’lishi kerak.
Ish haqi miqdorini oshirmasdan uni to’liq amalga oshirib bo’lmaydi, (agar ish haqi oshirilmasa uning rag’batlantiruvchi funksiyasi ishlamaydi)
Ish haqining miqdori va darajasi ishchi kuchining malakasi, uning mehnati unumdorligi bilan bog’liq bo’ladi.
Ish haqining darajasi har bir firma yoki korxonada ishlab chiqarishning erishgan darajasi bilan, ya’ni ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va bir ishchiga to’g’ri kelgan miqdori bilan bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ham u mehnat miqdori, malakasi bir xil bo’lsada, turli korxonalarda turlicha miqdorda bo’lishi mumkin.
Ushbu xulosalardan keyin ish haqining mazmuniga ta’rif berib aytish mumkinki, ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir1.
Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog’liq, zaruriy mahsulotning asosiy qismini ish haqi tashkil qiladi.
Ish haqining asosiy vazifasi ishchilarning turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ya’ni iste’mol me’yori bilan mehnat meyori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iborat.
Ish haqining mazmun-mhiyatini chuqurroq tushunishimiz uchun nominal ish haqi va real ish haqi tushunchalarini bilib olishimiz kerak.
Ish haqini tashkil qilishda shunga e’tibir berish kerakki, ish haqining miqdori yoki qanday shaklda to’lanishi emas, ish haqining miqdoriga qancha miqdorda tovar va xizmatlar sotib olish mumkinligi muhim. Aynan shu jihatdan real ish haqi va nominal ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar narxiga bog’liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:

– real ish haqi; – nominal ish haqi; R – iste’mol tovarlari va xizmatlarining narx darajasi1.
Nominal ish haqi olingan daromadni puldagi ifodasini, real ish haqi esa ishchining farovonlik darajasini bildiradi.


  1. Download 1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish