4. Tarif tizimining mohiyati va elementlari
Tarif tizimi yordamida tarmoqlar va mamlakatlar mintaqasi bo’yicha yordamida tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo’yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchilarning ish haqi darajasi tartibga solib turiladi. Tarif tizimi tarif-malaka ma’lumotlarini va ish haqining har xil koeffitsientlarini o’z ichiga oladi.
Korxonalarda mehnatga haq to’lashning tashkil qilishning asosiy elementlari – mehnatni normallash, tarif tizimi, ish haqining shakllari va tizimlaridir. Har bir element qat’iy belgilangan vazifaga egadir.
Mehnatni normallash – bu ilmiy asoslangan mehnat xarajatlarini va uning natijalarini: vaqt normalari, soni, xizmat ko’rsatishning boshqarilishi, mahsulot ishlab chiqarishmormalangan topshiriqlarni normalashaniqlashdir. Bular bo’lmasa, mehnat miqdorini, har bir xodimning umumiy natijalarga qo’shgan hissasini hisobga olib bo’lmaydi.
Ish haqining shakllari va tizimlari – bu mehnatning miqdor natijalari va sifatiga (uning murakkabligi, intensivligi, shart-sharoitlariga) bog’liq ravishda ish haqini belgilash mexanizmidir.
Tarif setkasi – razryadlar shkalasidan iborat bo’lib, ularning har biriga oz tarif koeeffitsiyenti berilgan va har qanday razryadning tarif setkasida ishining murakkabligiga qarab birinchi razryadga nisbatan necha marta mutakkabligini ko’rsatib turadi. Birinchi razryadning tarif koeffitsienti birga tengdir. Razryadlar miqdori va ularga tegishli tarifkoeffitsientlarning miqdori korxonada tuziladigan jomoa shartnomasida belgilanadi. Jamoa shartnomasi tarif bitimi asosida ishlab chiqiladi va xodimlar ahvolining shartnoma shartlariga nisbatan yondashuvini nazrda tutmasligi lozim.
Tarif stavkasi – ish vaqti birligida mehnatga haq to’lashnng pul bilan ifodalandigan mutlaq miqdoridir. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koefitsientlari ham belgilab qo’yiladi. Ularda birinchi tazryadli ishchiga haq to’lash bilan keying razryadli ishlar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatib turadi. Birinchi razryad tarif setkasi va tarif stavkasi asosida shundan keying har bir razryadning tarif stavkasi hisoblab chiqiladi. Birinchi razryadli tarif stavkasi korxonaning jamoa shartnomasida bilan belgilandi va bir tomondan, uning moliyaviy imkoniyatlariga, ikkinchi tomondan, tarmoq bitimida aks ettirilgan mehnatga haq to’lash shartlariga bog’liq bo’ladi. Bunda u belgilangan eng kam ish haqi darajasidan kam bo’lmasligi lozim. Tarif stavkasi ishchilar mehnatiga haq to’lash darajasini belgilash uchun boshlang’ich miqdor hisoblanadi. Bunda korxonada mehnatga haq to’lashning qanday shakllari va tizimlari qo’llanishi e’tiborga olinmaydi. Mehnat qilish sharoiti og’ir va zaharli bo’lgan joylarda ishchilar mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish to’g’risida” 2019-yil 16-sentabrdagi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasi asosi etib qabul qilindi va Mehnatga haq to’lash yagona tarif setkasi tastiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, sitipendiyalar va nafaqalarmiqdorini oshirish to’grisida” 2018 yil 13-oktyabridagi Farmoniga muvofiq ishlab chiqariladigan davlat boshqaruvi organlari, budjet va davlat tashkilotlarining mehnatga haq to’lash tizimini tubdan takomillashtirish konsepsiyasi loyihasida quyidagilarni nazarda tutildi:
Davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari xodimlari mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini va ularni moddiy rag’batlantirishning boshqa turlarini aniqlashga yagona uslubiy yondashuvi;
Ayrim vazirlik va idoralar uchun tarif stavkalariga oshib boruvchi koeffitsientlar, shuningdek, mahalliy davlat hokimyati organlarining mehnatga haq to’lash bo’yicha guruhlari belgilanishi natijasida vazirliklar va idoralar, shu jumladan ularning hududiy bo’limlari o’rtasida mehnatga haq to’lashda ayni damda mavjud bo’lgan tabaqalashuvni bekor qilishni;
Moddiy rag’batlantirish miqdorlarining xodim faoliyati samaradorligining muhim ko’rsatkichlariga, uning bilim va ko’nikmalariga, bajaradigan mehnat funksiyalarining murakkabligi va javobgarligidarajasiga bevosita bog’liqlikni belgilashni.
1-jadval. Mehnatga haq to’lashning yagona tarif stavkasi1
Biror bir iqtisodiy tarmoqning ahamiyatiga qarab amalda ish haqini farqlanish ishlari amalga oshirilishi mumkin. Bundan maqsad davlat uchun muhim ahamiyatga ega sohalarga eng malakali kadrlarni jalb qilish yoki yaxshi rivojlanmagan tarmoqlarga malakali kadrlarni jalb qilib rivojlantirish bo’ladi.
Mamlakatda tarif tizimi orqali ish haqini tabaqalashtirib, turli kasblar uchun mehnatga haq to’lashning yagona razryadlari aniqlanadi. Mehnatga haq to’lash narxlari oshgan shari har bir razryad o’rtasidagi nisbarlar saqlangan holda, oshirilib boriladi.
Ko’pgina korxonalar hozirgi vaqtda an’anaviy tarif tizimi elementlari aosida mehnatga haq to’lashni tashkil etishning yangi, yanada samaraliroq usullarini izlash yo’lidan bormoqdalar. Bu ijobiy hodisa bo’lib, korxonalarga o’zlari qarab chiqadigan masalalarni hal qilishda mustaqillik berishning natijasidir. Korxonada ishlovchi barcha xodimlarning mehnatga haq to’lashni tashkil etish uchun umumiy setkasidan foydalanish ancha keng tadbiq etilmoqda. Tarif setkasidagi razryadlarning eng ko’p miqdori va ularga mos keluvchi tarif koeffitsienti muayyan korxonada ixtiyoriy ravishda belgilanishi mumkin va albatta jamoa shartnomasida mustahkamlab qo’yilishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat Vazirligining 8-yanvar 1993-yilgi №1 hay’at qaroriga asosan ishchi va xizmatchilarga ish haqini tashkil qilishda foydalanish uchun tavsiya etilgan yagona tarif setkasi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, barcha turdagi korxonalar uchun talab va taklifni asos bo’lishini taqozo etadi.
Tarif tizimining asosiy elementlariga, shunungdek, noqulay iqlimli mintaqalarda ishlaganlik uchun mintaqaviy koeffitsientkar korxona, tashkilotning qayerda joylashganligiga qarab ish haqini ko’paytirishdan iboratdir. U qaysi ish haqiga tatbiq etiladigan bo’lsa, bevosita o’sha ish haqiga belgilanadi.
Ish haqini mintaqaviy tartibga solishning asosiy vazifasi mamlakatning barcha iqtisodiy mintaqalrida baravar real ish haqi to’lanishini ta’minlashdan iborat. Buning uchun bir xil mamlakatdagi xodimlarning ish haqi iqtisodiy mintaqalar bo’icha farqlanishi lozim va bunday farqlar o’z-o’zidan emas, balki davlat tomonidan ongli va rejali ravishda belgilanishi kerak.
Mintaqa iqtisodiy-geografik o’rnini baholashda uning yirik iqtisodiy markazlarga nisbatan o’rni, xom-ashyo, rekratsion imkoniyat mambalariga nisbatan o’rni, mintaqaviy bozorlarga nisbatan o’rnini hisobga olgan holda tabaqalarga ajratiladi. O’zbekistonda Jizzax, Sirdaryo, Samarqand, Toshkent viloyati va Toshkent shahri mintaqalari qulayroq iqtisodiy-geografik o’rinni egallaydi.
Agroiqlim omillari mintaqadagi qayta ishlash jarayonining barcha bosqichlariga faol ta’sir qiladi. Ayniqsa, agrar sektorning yer bo’yicha ixtisoslashuvida mazkur omillar roli juda kata bo’lib, bu hol o’z navbatida qishloq joylarda mehnat qilish uchun qulay yoki noqulay shar-sharoitlar bilan bog’liqdir. Ana shu shar-sharoitlardan kelib chiqqan holda Toshkent viloyatida oziq-ovqat ekinlari yetishtirishga, Navoiy viloyatida chorvachilik mahsulotlari tayyorlashga, Surxondaryo viloyatida ingichka tolali paxta yetishtirishga ixtisoslashgan.
Ekstremal iqlim sharoitidagi mintaqalarda (Surxondaryo viloyati, Qoraqalpog’iston Respublikasi) mehnat qilish faoliyating texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari mo’tadil iqlimli zonalar (Farg’ona viloyati) dagiga nisbatan noqulayroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |