Kurs ishining maqsadi ish haqini ta`riflash, ish haqini tashkil qilish jarayonlariniini o`rganish, ish haqini tashkil qilish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan muammolarni bartaraf qilish bo`yicha taklif va tavsiyalar berish.
Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillarini o`rganish;
Ish haqi tushunchasining mazmun mohiyatini ochib berish va ish haqi shakllarni o`rganish;
Ish haqini tashkil etish shakllari va ularni tavsiflash;
Tariff tizimining mohiyati va uning elementlarini o`rganish;
O`zbekistonda ish haqini tashkil etish bilan bog`liq munosabatlarni tahlil qilish.
Kur ishining obyekti yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillariva ish haqiga doir turli nazariyalar hisoblanadi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslarini xorijlik yetakchi olimlarning ish-haqi to’lashni tartibga solinishi, mehnatni tashkil etish jarayonlari bo’yicha amaliy ishlanmalari, ilmiy maqola va konseptual nazariyalari tashkil etadi.
Kurs ishining tuzilishi. Ushbu Kurs ishi kirish, besh bo’lim, xulosa va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanishsh tamoyillari
Yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanish tamoyillari haqida tasavvurga ega bo`lmay turib ish haqining mazmunini to`liq ochib bera olmaymiz. Biror davlatda yoki mintaqada yaratilgan mahsulotlarning taqsimlanish tamoyillari to`g`risidagi turli nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko'pchiligida «uch omil» deb atalmish nazariya keng tarqalgan.
Bu nazariya asoschilaridam bir J.B. Sey hisoblanadi. J.B. Sey “ishlab chiqarishning uch omili” degan g‘oyani ilgari surib, mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital teng miqdorda qatnashadi, ular hamma daromadlar manbasi hisoblanadi, shuning uchun daromad ham shu omillar o`rtasida taqsimlanishi kerak degan firkrni ilgari suradi.
Seyning bu g’oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B. Klarkning qo’shilgan omil (so’nggi qo’shilgan omil yoki ishchi kuchi) nazariyasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Klark o’zining “Boyliklarning taqsimlanishi” nomli asarida yartilgan mahsulot va daromadlar uch omil ya’ni mehnat, ishchi kuchi va kapital orasida ular yaratgan mahsulot miqdoriga qarab taqsimlanadi deb yozadi.
Bu g’oyalarda ijobiy jihatlar va kamchiliklar mavjud. Klark va Seyning g’oyalaridagi ijobiy jihatlar quyidagilardan iborat:
har uchala omil ya’ni ishchi kuchi, yer va kapitalning mahsulot va xizmatlarning nafliligini yaratishda ishtirok etishi ko’rsatilgan;
yaratilgan mahsulot yoki tovar miqdori bilan shu uchala omil orasida o’zaro bog’liqlik mavjudligini, agar bu omillar sifat yoki miqdor jihatdan oshsa ular yaratadigan tovar va xizmatlar miqdorining oshishini ko’rsatib bergan.
Klark va Sey g’oyadagi kamchiliklar:
Sey va Klark hali iqtisodiyot nazariyasi yetarli rivojlanmagan davrda yashab, ijod etganliklari uchun, tovar va xizmatlarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifini va undan kelib chiquvchi tovarning ikki xil xususiyatini tushunmaganliklari tufayli kapital va yer tovar nafliligini yaratishda passiv ravishda qatnashsa-da, qiymat yaratmasliklarini, ular faqat eskirishiga, ya’ni amortizasiya ajratmalariga teng qiymatni yangi tovarga jonli mehnat ta’sirida o‘tkazishini, yangi qiymat esa, faqat jonli mehnat tomonidan yaratilishini ko'rsatib berolmagan;
Klark tomonidan yaratilgan qo‘shilgan mehnat unumdorligining kamayib borish qonuni turli omillarning bir-biriga mosligi ta’minlanmagan, ko‘r-ko‘rona xarajatlar oshirib borilgan hamda ilmiy-texnika taraqqiyoti mutlaqo to‘xtab qolgan davrga (holatga) mos kelib, hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi;
Sey va Klark aytganlaridek, hozirgi davrda yaratilgan boylik, to‘g‘rirog‘i milliy mahsulotning hammasi bu uchala omilning miqdori va unumdorligiga qarab taqsimlanmaydi, balki uning amortizatsiya ajratmalari, markazlashgan fondlar tashkil qilingandan qolgan qismi shu omillarga qarab uning egalari o'rtasida taqsimlanadi.
Yaratilgan mahsulot va daromadlarni taqsimlanish tamoyillari nazariyalaridan yana biri bu lassalchilar oqimi nazariyasidir. Bu nazariya mehnat barcha boyliklarning va madaniyatning manbayidit, shuning uchun hamma daromad jamiyat a`zolari orasida tengtaqsimlanishi lozim deb ko’rsatadilar.
Ushbu nazariya ham qator kamchiliklarga ega bo`lib bular:
lassalchilar boylik yaratishda faqatgina mehnatning o’zi emas, balki boshqa omilar yer va kapital ham qatnashishini hisobga olmadilar;
lassalchilarning hamma daromadlar jamiyat a`zolari orasida teng taqsimlanadi degan g’oyasi o’zini oqlamaydi o’zi yaratgan mahsulotning teng taqsimlaninishini bilgan ishchi yaratayotgan mahsulotining miqdorini ko’paytirishdan manfatdor bo’lmagani uchun uni ko`paytirmaydi. Keyinchalik sobiq sosialistik mamlakatlarda, jumladan, sobiq ittifoqda mahsulot va daromadlar davlat qo’lida bo’lib, mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlanadi degan g‘oya hukmron bo’ldi. Lekin uning talablari bajarilmadi. Davlat, partiya va xo‘jalik rahbarlari yaratilgan mahsulotning ko‘pchilik qismini o‘z xohishlaricha, davlat foydasi taqsimladilar va turli yo’llar bilan o‘zlashtirib, undan foydalandilar, shu vaqtning o‘zida mehnatkashlar o‘z mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga yarasha haq ololmadilar.
Yuqoridagi nazriyalarni hisobga olgan holda, hozirgi zamon iqtisodiy bilimlari bilan yaratilgan mahsulot va daromadlarning taqsimlanishning asosiy tamoyillarini belgilab olamiz:
umuman olganda yaratilgan mahsulot va daromadlarni taqsimlanish tamoyillari har doim bir xil bo’lmagan, ular o’z davri iqtisodiy tizimiga, jumladan, mulkchilik munosabatlariga bog’liq bo’ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari mavjud bo’lgan, yer esa, davlat mulki bo’lib turgan sharoitda yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo’lgan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlarning bir qismi albatta, umum-jamiyat manfaatlarini ko‘zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;
milliy mahsulotdan eng avvalo, shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog’i, amortizatsiya summasi ajratib qo‘yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;
undan keyin turli xil tabiiy ofat va boshqa favqulodda hodisalarning ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni o‘z maromida to'xtovsiz olib borishni kafolatlash uchun sug‘urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlangan oilalarni himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;
davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, ta’lim tizimini, sog’liqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari tarzida amalga oshiriladi).
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi uch omil yer, kapital va ishchi kuchiga ular qancha miqdorda mahsulotga naflilik qo’shishganiga qarab taqsimlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |