83
tuzlar hamda kremnezyom (SiO
2
) ishqorsizlarning natijasida eritmaga o‘tishidan
boshlanib, shu vaqtning o‘zida slikat va alyumoslikatlar gidrolizlanish natijasida
alyuminiy, temir va marganets to‘plamlar boradi. Keyinchalik, muhit kislotaga
boyiydi
va alyuminiy, temir, margenets gidrooksidlri eritib chiqariladi. Bunday aktiv
eritmalar tog‘ jinslari orasida filtrlanib bo‘shliqlarni to‘ldirish (masalan: qum va
qumtoshlarda) yoki metasomatik yo‘l bilan karbonat jismlarda hosil qiladi.
Sizma konlarning ham hosil bo‘lishida yuqoridagidek gidrogenlik rejim muhim
ahamiyatga ega, chunki bu holda konning hosil bo‘lish sharoiti, shakl va kattaligi
sizot suvlarining harakat qilish yo‘liga tarqatib agar suvlar o‘tkazgich tog‘ jinslarining
suv o‘tkazmaydigan qatlamlar bilan chegaralangan plasti bo‘ylab harakatlansa,
plastsimon sizma konlar hosil bo‘ladi. Agar ular yoriqlar va darzliklar orasidan sizib
o‘tsa, murakkab shakldagi konlar hosil bo‘ladi. Sizma konlar rudasining tekstura va
strukturalari ko‘p jixatdan qoldiq konlarnikiga o‘xshab ketadi.
Undan tashqari sizib
o‘tish natijasida hosil bo‘lgan turli metasomatik teksturalar ham sizma konlarga xos.
Uran asosan 4 xil formada uchraydi: tog‘ jinslari yoriqlarida, qumtosh va
konglomeratlarda, ko‘mir plastlarida va butunlikcha jinslar tarkibida. Ko‘mir va qum
toshdagi uran konlari, asosan, bu jinslarning filtrlash hususiyatiga tarqatib bo‘ladi,
butun jinslardagi konlar esa, avvaldan bor neft oksidlarining serbektlik xususiyatiga
tarqatib bo‘lsa kerak.
Uran ba’zida vanadiy, mis va boshqa metallar bilan birgalikda turli jinslar
ichida kompleks konlar hosil qiladi. SHuning uchun uran
konlarining tarkibi ancha
murakkab bo‘lib, uranit, raskozlit, kornotit, tyaminit, uranofan, navokait, temir, mis,
qo‘rg‘oshin, rux sulfidlari va turli tomir minerallaridan tuzilgan bo‘ladi. Uran konlari
AQSH, Janubiy Afrika, Kanada,
Fransiya, Italiya, YAponiya va boshqa joylarda
ko‘plab uchraydi.
Sizma mis konlari misli qumtosh nomi bilan mashhurdir. Bunday konlar
AQSH, Evropa va boshqa joylarda mavjud. Ural tog‘ining g‘arbiy yon bag‘rida Kama
va Ural daryolarining o‘rtasida bunday misli qumtosh yotqiziklari 100 km masofaga
84
cho‘zilib ketgan. Olimlarning fikricha, bu kondagi mis Ural tog‘ining nurash
mahsulotidir.
Sizma temir konlariga Uralning sharqiy yon bag‘ridagi Alapaev koni misol
bo‘la oladi. Bu erda temir sizot suvlar bilan keltirilib, ushatki jinslar qatlamidan uning
ostidagi ohaktosh qatlamiga sizib o‘tgan
va metasomatik sidirit, hamda temirli xlorit
holida ajralgan.
Tug‘ma oltingugurtning Polsha, Ispaniya, Xitoy va boshqa joylardagi qator
konlari, O‘rta Osiyodagi Qovurdoq, SHo‘rsuv va boshqa oltingugurt konlarining
sizma yo‘li bilan hosil bo‘lganligi keyingi yillarda ko‘pchilik
geologlar orasida
shubha tug‘dirayotir.
Foydali qazilma konlari nurash zonasida turli o‘zgarishlarga uchraydi. Bunda
ba’zi konlar tubdan o‘zgarib ketadi, ba’zilari esa kamroq o‘zgaradi.
Asosiy hollardan biri tez oksidlanuvchi sulfidlarning yuqori kislorod
potensialiga ega bo‘lgan sharoitga tushganda tez oksidlanib yangi minerallar hosil
qilishidir. SHuning uchun bu jarayon oksidlanish deb, uning joyi esa oksidlanish
zonasi deb yuritiladi.
YUqorida keltirilgandek, bu jarayon do‘nglik va yassi tog‘lik
tumanlarda
samaraliroq bo‘ladi. Sulfid konlarining nurash qobig‘ida ishtirok etuvchi suvlarning
xarakteriga qarab uchta zona yaqqol ajralib turadi: sizot suvlar zonasi; suv
almashinish zonasi; turg‘un suvlar zonasi.
Sizot suvlar zonasi er ustidagi kislarod va karbanat kislotasi bilan boy bo‘lgan
suvlarning pastga qarab bir me’yorda sizilishi bilan xarakterlanadi. Suv almashinish
zonasi zamin suvlari sathidan pastda joylashgan bo‘lib, suvning yon tomonga asta
siljishi va kislarodning kamligi bilan belgilanadi. Turg‘un suvlar zonasida suvlar
deyarlik xarakatsiz va kislarodga siyqa bo‘ladi.
Ikkilamchi sulfidlar bilan boyitilgan zona kon tanasining yuqori qismida
joylashgan bo‘lib, ishqorsizlanish podzonasidan chiqib ketgan metallarning Rn o‘sishi
bilan qayta tiklanish natijasida boyigan bo‘ladi.
85
Bu zonada bo‘lib o‘tuvchi kimyoviy jarayonlarning
eng samaralilari
oksidlanish zonasidan sizot suvlar yordamida eritilib, konning chala o‘zgargan pastki
qismiga olib kelingan metallarning sulfat birikmalari hisobiga bo‘ladi.
Quyidagi sabablarga ko‘ra, zamin suvlarining sathi pasayib qolsa, hosil bo‘lgan
ikkilamchi sulfidlar quyida ko‘rsatilganidek qayta oksidlanib oksidlangan boy rudalar
podzonasini yuzaga keltiradi. Ikkilamchi sulfidlar bilan boyitilgan zona mis, uran,
qumush, oltinli sulfid va ba’zida nikel konlari uchun ahamiyatlidir.
Konlarda bu zonalarning ba’zi birlari uchramasligi, zona va podzonalar biridan
biriga sekin asta o‘zgarib o‘tib borishi mumkin. Konlarning oksidlangan qismi odatda
200 m dan oshmaydi, lekin sharoitga qarab, bu zonaning qalinligi bir necha 100 m ga
ham borishi mumkin. Bunda albatta o‘zidan suvni yaxshi o‘tkazuvchi plast va
tektonik yoriqlarning ahamiyati katta.
Oksidlangan rudalarning tashqi ko‘rinishi ham boshqacha bo‘ladi. Ular
birlamchi, qoldiq va qayta yotqizilgan minerallardan iborat bo‘lganligi uchun turli
shakllarga ega bo‘ladi.
Xulosa
Mavzuda sizma konlarining hosil bo‘lish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar
berilgan. Bunday konlar asosan moddalarning bir tog‘ jinsidan ikkinchisiga o‘tib,
ishqorsizlanish jarayonlari natijasida paydo bo‘ladi. Dunyodagi mavjud sizma konlar
haqidagi ma’lumotlar ularning nomlari va joylashgan erlari bilan misollar keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: