Propilitizatsiya
– propilitlanish, uncha chuqur bo‘lmagan sharoitlarda
vulkanogen qatlamlarida yuz beradigan karbonkislota va oltingugurtga boy
gidrotermal eritmalar ta’siridagi metasomatik o‘zgarishlar bo‘lib, oltin va kumush
konlarini aniqlashda darakchi belgidir.
Singenetik konlar
– foydali qazilmalar tog‘ jinsi bilan bir vaqtda, bir hil geologik
sharoitda hosil bo‘ladi.
Tekstura
– tog‘ jinslarining tashqi ko‘rinishi. Donalar yoki kristalarning o‘zaro
joylashish tartibi, minerallarning bir-biri bilan o‘zaro munosabati va joylashishini
ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |