Foydali qazilma uyumi –sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan tabiiy mineral xom
ashyoning er yuzasida yoki er ostida to‘planishi.
Elyuviy – nurash jarayoniga uchragan va hosil bo‘lgan eridan siljimagan bo‘shoq
tog‘ jinslari.
Epigenetik konlar – asosan tog‘ jinslari hosil bo‘lgandan keyin butunlay boshqa
geologik jarayonda hosil bo‘ladi.
Qoldiq kon – gipergenez zonasining yuqori zonalaridagi tog‘ jinslarining
moddiy qismini nurash jarayoni bilan bog‘liq ravishda olib chiqib ketilishi natijasida
foydali komponentlar bilan boyish hisobiga hosil bo‘ladigan konlar.