Glossariy
Abissal
– dengiz tubining 3000-6000 mchuqurliklariga to‘g‘ri keladigan qismi.
Okean tubining 75% ga yaqin qismini egallaydi.
Vulkan
– Er qa’ridan vaqti-vaqti bilan gaz, bug‘, lava, vulkan moddalari
chiqadigan vulkanoklastik dumaloq yoki darzlik ko‘rinishdagi teshik. Ko‘proq vulkan
deganda, cho‘qqisida krateri bo‘lgan otiluvchi moddalardan iborat balandlik
tushuniladi.
Vulkanizm
– er ostidan yuzasiga qarab harakat qiluvchi magmatik massa va
ularni ta’qib qiluvchi gaz-suvli mahsulotlarning siljishi bilan bog‘liq jarayonlar va
hodisalar majmui bo‘lib, uning platforma, geosinklinal, orogen turlari farqlanadi.
Intruziv
– Er po‘stining ichki qismida magmaning qotishidan hosil bo‘lgan
magmatik tog‘ jinsining tanasi.
Magma
– erigan yuqori haroratli suyuq modda. Er po‘stida yoki yuqori
mantiyada hosil bo‘ladi. Sovib kristallanganda magmatik tog‘ jinslarini tashkil qiladi.
Magmatizm
– geosinklinal va platforma xududlarining shakllanishida effuziv
(vulkanizm) va intruziv (plutonizm) jarayonlarini birlashtiruvchi atama.
Tektonika
– geologiyaning Er po‘sti strukturasi va uning umuman Er taraqqiyoti
bilan bog‘liq (tektonik harakatlar va deformatsiyalar ta’sirida) o‘zgarishini
o‘rganadigan tarmog‘i.
Do'stlaringiz bilan baham: |