Foydali qazilmalarning genetik va sanoat turlari



Download 7,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/160
Sana12.02.2022
Hajmi7,65 Mb.
#445309
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160
Bog'liq
FOYDALI QAZILMALARNING GENETIK.2019

5.2. Kech magmatik konlar 
Magma kristallanish jarayonining oxirlariga kelib, undagi uchuvchi birikmalar 
miqdorining ortishi tufayli jins hosil qiluvchi minerallar kristallanadi. Rudali 
minerallar esa yig‘ilib, qoldiq rudali qotishmalarni vujudga keltiradi. Ular esa o‘z 
navbatida tashqi va ichki kuchlar, masalan, tektonik harakatlarning kuchayishi yoki 
ichki gaz kuchlanishining ortishi tufayli siljishi va qotib bo‘layotgan intruziv 
gavdalaridagi yoriqlarni to‘ldirishi mumkin. SHu usul bilan kech magmatik konlar 


26 
vujudga keladi. Bu konlardagi rudani ko‘zdan kechirsak, ruda emas minerallar
birinchi, rudali minerallar esa ikkinchi navbatda hosil bo‘lganini ko‘ramiz. Erta 
magmatik konlardan farqli o‘laroq, bu erda rudali minerallar ko‘pincha «sement» 
rolini o‘ynaydi. Bu toifadagi konlarda rudali minerallardan xromit va platinoidlar 
peridotit bilan, titano-magnetit va ilmenit gabbro-dunit bilan, apatit, magnetit, nefelin, 
siyrak er elementlari esa ishqoriy jinslar bilan genetik bog‘langan bo‘ladi. 
Kechki magmatik konlar qoldiq rudali qotishmalarning ona jinslardagi 
yoriqlarida shakllanishi sababli, ruda gavdalarining asosiy shakllari tomir va 
linzasimon bo‘ladi. SHtok, uya kabi rudalar yig‘ilgan joylar ko‘p uchraydi. Ruda 
gavdalarining uzunligi 400-800 m gacha borsa, apatit-nefelin linzalari bir-necha km 
gacha etadi. Qalinligi esa o‘nlab m lar bilan o‘lchanadi. Ruda gavdalari bilan o‘z 
ichiga olgan jinslarning tutash chegarasi keskin bo‘ladi. Rudalar massiv, ba’zan esa 
xoldor teksturani tashkil qiladi. Foydali komponentlarning miqdori yuqori bo‘ladi. 
Masalan, yuqori sortli xrom rudasida Cr
2
O

ning miqdori 45 % dan ortiq bo‘lib, 35-
40% xrom oksidi bo‘lgan rudalar past sortli (navli) hisoblanadi. 
Kechki magmatik konlar qora (Fe, Cr, Ti), legirlovchi (V), asl (Pt) metallar, 
fosfor va alyuminiy olishda muhim ahamiyatga ega. Ta’riflayotgan konlarning 
xromitli (Kempirsoy, Saranovsk) va platinali xillari Uralda va Janubiy Afrikada 
joylashgan. Titanomagnetit va ilmenit konlari esa Ural (Kusinsk, Pervouralsk, 
Kachkanar)dan tashqari tog‘li SHoriya, Sayan tog‘larida uchraydi. Apatit-magnetitli 
konlar SHvetsiyada (Kirunavara), apatit-nefelinli konlar esa Kolsk yarim oroli 
(Xibir)da topilgan. 
Kechki magmatik konlarga misol tariqasida Uraldagi Kempirsoy xrom konini 
(7-rasm) va Kachkanar temir konini ko‘rib chiqish mumkin. 


27 

Download 7,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish