38
asbestning yirik to‘plamlari aniqlangan. Ba’zan karbonatitlar ohak olish uchun ham
ishlatiladi.
Karbonatitlarning hosil bo‘lish temperaturasi A.A.Kuxarenko bo‘yicha 600-
800
o
S dan 150-100
o
S gacha boradi. Karbonatit gavdalari er yuzasiga yaqin masofada
yotadi, ammo ayrim massivlarda (Gullinsk, Alno) esa rudalar 1500-2000 m
chuqurlikda ham davom etadi. V.I.Smirnov ta’kidlaganidek, karbonatitning hosil
bo‘lish jarayoni o‘zgarib turuvchi turli bosim ostida o‘tadi.
Karbonatitlarning asosini (80-99%) karbonat minerallari tashkil qiladi.
Ularning ichida eng ko‘p tarqalgani kalsit bo‘lib,
ayrim erlarda dolomit, ankerit va
siderit uchraydi. Qolgan minerallar aksessor bo‘lib, jami 70 dan ortib ketadi. Ularning
ichida eng muhimlari flogopit, apatit niobiy va tantalli piroxlor, dizanalit, gatchetollit,
sirkoniyli baddelenit, niobotsirkonolit, seriyva boshqa siyrak er elementli parazit,
basnezit, sinxizit va boshqalardir.
YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, karbonatitlar o‘taasosiy – ishqoriy tarkibli
murakkab intruziv massivlarda uchraydi. Xozirgi
vaqtda bunday massivlar
o‘rganilgan bo‘lib, ularning ko‘pchiligi Janubiy Afrikaning Buyuk Afrika yoriqlari
zonasida, qolganlari esa Rossiyada, O‘zbekistonda (SHovozsoy), SHvetsiya,
Germaniya, Kanada, AQSH, Braziliyada joylashgan. O‘ta asosiy – ishqoriy
jinslarning massivlari murakkab tuzilgan bo‘lib, bir necha bosqichda paydo bo‘ladi
(L.Egorov, T.Goldburt, A.I.Ginzburg, E.M.Eynshteyn).CHiqayotgan magmaning
tarkibi o‘ta asosiy (peridotit-dunit)dan ishqoriy – o‘taasosiy (piroksenit, peridotit,
melteygit)ga, o‘taasosiy – ishqoriy (iyolit, meltegit)dan ishqoriy (ishqoriy va nefelinli
sienit)gacha o‘zgaradi.
Birinchi bosqichda olivinit, dunit, peridotit kabi o‘taasosiy
jinslarda tuzilgan yoriq intruzivlari hosil bo‘ladi. Ularda titanomagnetit, perovskit,
platinoidlar aksessor minerallari miqdorida uchraydi. Ikkinchi bosqichda piroksenit,
biotitli peridotit, melteygit jinslari hosil bo‘lib, titano-magnetit,
apatit kabi aksessor
minerallari bilan uchraydi. Uchinchi bosqichda iyolit, melteygit kabi o‘taasosiy –
39
ishqoriy jinslar va ular ichida perovskit-apatit, sfen kabilar paydo bo‘ladi. To‘rtinchi
bosqichda nefelinsienitlari, granosienitlar hosil bo‘ladi.
Hamma bosqichda jinslarning kontakt zonalarida metamorfik jarayonlar sodir
bo‘lib,
natijada
serpentinizatsiya,
biotizatsiya,
flogopitizatsiyadan
tortib,
selolitizatsiya kabi o‘nlab o‘zgargan jinslar va ulardan iborat zonalar vujudga keladi.
Aytishlaricha, karbonatitlar 4 bosqichda hosil bo‘ladi:
1.
Erta kalsitli karbonatitlar bosqichi – asosan, kalsit (30–70 %), avgitdiopsit
yoki forsterit (20–50 %), biotit yoki temirli flogopit (5–20 %), apatit (3–20 %) va
magnetit (1–10 %)dan tuzilgan. Perovskit guruhiga kiruvchi dizanalit va kalsirtit
bosqichdagi asosiy aksessor minerallardir.
2.
Kalsitli karbonatitlar bosqichi – minerallar deyarli birinchi bosqichdagidek
bo‘lib, to‘q rangli minerallarning kamayishi (10–30%), avgitdioxid va biotitni o‘rniga
diopsit va flogopitning paydo bo‘lishi va piroxlor, gatchettolit,
apatit kabi sanoat
ahamiyatiga ega rudali minerallarning bo‘lishi bilan harakterlanadi.
3.
Kechki
kalsit
va
dolomitli
karbonatitlar
o‘z
tarkiblarining
murakkablanganligi, karbonat minerallarining soni oshiqligi va foydali qazilmalarni
turli – tuman bo‘lishligi bilan ajralib turadi. Avvalgi bosqichdagi minerallar bo‘yicha
o‘rin almashish jarayonlari ham kuchayadi. Bu bosqichdagi karbonititlar amfibol –
kalsit, amfibol – dolomit, flogopit – dolomit va dolomitli karbonatsitlardir. Nodir
metalli mineralning asosaiy piroxlor bo‘lib, ba’zan eshinit, lindokit, fersmanit, sikron
ham uchraydi.
4.
Kechki dolomit va ankeritli kabonatitlarda karbonat minerallarning umumiy
miqdori juda ko‘p (85–95%) bo‘lib, asosan dolomit, ankerit, ba’zan sideritdan
tuzilgan bo‘ladi. Bu bosqichda tipik gidrotermal minerallardan flyuorit, pirit, galenit,
molebdenit, sfalerit, barit paydo bo‘ladi. Nodir
metalli minerallardan kolumbit,
piroxlor siyrak er elementli minerallardan basnezit, parizit, berbankit rivojlanadi.
Bu bosqichlardan so‘ng ham endogen faoliyat davom etadi. Karbonatitdan
keyingi bu bosqichda kalsit – epidot – albit, kalsit – epidotli tomirlar hosil bo‘lib, ular
40
bilan bir flyuorit, gematit, krokidolit uchraydi. Karbonatit hosil qiluvchi o‘taasosiy-
ishqorliy massivlar shakllanish sharoitlariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi:
a) «Ochiq» massivlarda o‘ta asosiy-ishqorli magmaning mahsulotlari er yuziga
(otilib) chiqqan bo‘ladi. Tog‘ jinslari vulkan plutonik harakterga ega. Bu rasmana
vulkan bo‘lib, bo‘g‘zida effuziv, intruziv jinslar va karbonatitlar joylashadi. Bu xil
massivlarda karbonatit gavdalari vulkan bo‘g‘zining yuqori qismida joylashib, pasiga
tushgan sari, o‘lchamlari kichrayib boradi. Ikkinchi tomondan esa chuqurlikning
oshishi bilan
ishqoriy jinslar kamaya borib, o‘ta asosiy (giperbazit) jinslarning
miqdori esa ortib boradi (9-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: