Nazorat savollari
Korbanatit koni deb nimaga aytiladi?
Karbonatitlar qandoy bosqichlarda hosil bo‘ladi?
Korbanatit konida qanday tog‘ jinslari uchraydi?
Korbanatit konidagi asosiy minerallarni sanab bering?
Glossariy Geologik blok – o‘xshash geologik shart-sharoitlarda foydali qazilma
jismlarining qalinligi, tuzilishi, tarkibi, sifati va xususiyatlari, tog‘-kon texnik shart-
sharoitlari va shu kabilarning o‘xshashligi bilan tavsiflanadigan ma’danli maydon
yoki kon uchastkasi.
Ma’dan koni – metall elementlar va ularning minerallari to‘planishidan hosil
bo‘lgan foydali qazilma koni.
Metallogeniya – qazilma boyliklar haqidagi ta’limotning bir qismi bo‘lib,
ma’danli konlar hosil bo‘lishi va joylanish qonuniyatlarini o‘rganadi.
42
Mineral – xalq xo‘jaligida ishlatish mumkin, iqtisodiy jihatdan foydali, texnika
taraqqiyotiga muvofiq metall, mineral yoki boshqa birikmalar ajratib olish uchun
qulay minerallar to‘plami.