Nazorat savollari
Skarn koni deb nimaga aytiladi?
Skarn jinslari bilan qanday metall konlari bog‘liq?
Magnezial skarn konida qanday tog‘ jinslari uchraydi?
Ohakli skarn konidagi asosiy minerallarni sanab bering?
Bimetasomatik skarnlar qanday hosil bo‘ladi?
X.M.Abdullaev bo‘yicha skarn bilan bog‘liq rudalarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq
bo‘lgan 4 stadiyani aytib bering?
Glossariy Abissal – dengiz tubining 3000-6000 m chuqurliklariga to‘g‘ri keladigan qismi.
Okean tubining 75% ga yaqin qismini egallaydi.
Metasomatoz – tog‘ jinslarining eritmalar ta’sirida o‘z kimyoviy tarkibini
o‘zgartirishi. Metasomatoz natijasida tog‘ jinslarining umumiy kimyoviy tarkibi
o‘zgaradi; minerallar erishi bilan birga yangilari hosil bo‘ladi. Bunday metasomatoz
magmatik jarayondan keyin ajralib chiqadigan eritmalar ta’sirida yuzaga keladi.