34
mineralogik tarkibi o‘z bag‘riga olgan ona jinslarning tarkibiga to‘g‘ri keladi.
Masalan, oddiy granit-pegmatitlar kaliy-natriyli dala shpatlari va kvarsdan iborat
bo‘ladi.
Oz miqdorda slyuda, turmalin, granat uchrashi
mumkin bu pegmatitlarda
granit yoki «xatli granit» strukturasi ko‘proq bo‘ladi.Pegmatit gavdalari va
o‘lchamlari
turlicha oval, linzasimon – cho‘zilgan, tomchisimon – shlir shaklida
bo‘lib, ona jinslar (granit, granodiorit, leykokrat granit)dan
tuzilgan massivlarning
tepa qismida yotadi. Oddiy pegmatitlardan kvars va dala shpatlari ajratib olinib,
keramika (chinni sopol) sanoatida ishlatiladi.
Bu hil pegmatitlarga Janubiy Nurota tog‘ining Oq tog‘ dalasi pegmatitlari misol
bo‘la oladi (8-rasm)
.
Do'stlaringiz bilan baham: