"-gin, -qin, -kin" qo'shimchasining omonimligi:
sintaktik shakl yasovchi (fe'lning buyruq mayli qo'shimchasi): eshit+gin, olib chiq+qin, ek+kin
so'z yasovchi (ot yasaydi): toshqin, bosqin, tizgin
so'z yasovchi (sifat yasaydi): jo'shqin, sotqin, g'amgin, ezgin, keskin
"-ch" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): ishonch, quvonch
so'z yasovchi (sifat yasaydi): tinch, jirkanch
"-gi" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): supurgi, sevgi
so'z yasovchi (sifat yasaydi): bugungi, kunduzgi
"-don" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): qalamdon, kuldon
so'z yasovchi (sifat yasaydi): qadrdon, bilimdon
"-dor" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): hukmdor
so'z yasovchi (sifat yasaydi): aybdor
“-ik” qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): kech + "-ik" = kechik. (Daryoning sayoz qismini bildiruvchi bu so'z fe'ldan yaslagan yasama otdir)
so'z yasovchi (sifat yasaydi): egik, bukik. Boshim egik, qaddim bukik, sening ziyoratingga keldim, sultonim.
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): kech +"-ik" = kechik (Biror joyga yoki ishga olgura olmaslik ma'nosini bildiradigan ushbu yasama fe'l ravishdan yasalgan)
"-iq" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): chopiq, chiziq
so'z yasovchi (sifat yasaydi): yopiq, siniq
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): yo'liqmoq, zo'riqmoq
"-kash" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): aravakash, suratkash
so'z yasovchi (sifat yasaydi): zahmatkash, jafokash
"-ki" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tepki, turtki
so'z yasovchi (sifat yasaydi): ertalabki, kechki
yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): shunday gapirdiki, ......
"-kor" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): g'allakor, paxtakor
so'z yasovchi (sifat yasaydi): itoatkor, shiddatkor
"-la" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (fe'l yasaydi): ong+la=anglamoq, gullamoq, isbotlamoq
Ko'makchi ("bilan" ko'makchisining qisqargan(she'riy) shakli): Sen-la baxtliman. (Sen bilan baxtliman)
yuklama ("-oq" yuklamasining ma'nodoshi): keliboq ketdi. kelib-la ketdi
"-lik" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): jizzaxlik, yaxshilik
so'z yasovchi (sifat yasaydi): astarlik mato, qishlik zaxira
"-oq" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): o'roq, quchoq, qo'noq, yotoq
so'z yasovchi (sifat yasaydi): qo'rqoq
yuklama (kuchaytiruv-ta'kid yuklamasi): ko'riboq yig'lab yubordi.
"-chi" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tijoratchi, jangchi
so'z yasovchi (sifat yasaydi): a'lochi
* yuklama (so'roq-taajjub yuklamasi): Sen-chi, ...... tushunsang-chi........
"-chiq" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): yopinchiq
so'z yasovchi (sifat yasovchi): qizg'anchiq
"-q" qo'shimchasining omonimligi:
so'z yasovchi (ot yasaydi): tirnoq, og'riq
so'z yasovchi (sifat yasaydi): sovuq, achchiq
Do'stlaringiz bilan baham: |