Fonetika Hurmatli bo‘lajak talabalar, bugun sizlar bilan fonetika bo'limini boshlaymiz avvalo, sizlar (avval tayyorlangan bo'lish-bo'lmasligingizdan qat`i nazar) quyida berilgan savolni ishlashga harakat qilib ko‘rasizlar



Download 2,39 Mb.
bet40/49
Sana19.02.2022
Hajmi2,39 Mb.
#459452
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
fonetika (3)

SO'Z TARKIBINING BUZILISHI

Sizga ma'lumki, so'z tarkibidagi morfemalarning "ASOS + SO'Z YASOVCHI + LUG'AVIY SHAKL YAS. + SINTAKTIK SHAKL YAS." holatidagi joylashuviga ODATDAGI TARTIB deyiladi:


Kitobxonlarning=kitob(asos) + xon(so'z yas.) + lar(lug') + ning(sin.)
Faxrlanishdi=faxr(asos) + lan(so'z yas.) + ish(lug'.) + di(sin.)
Lekin shuni ham unutmangki, yuqoridagi asos morfemadan keyin kelayotgan qo'shimchalarning biror turi so'z tarkibida qatnashmagan bo'lsa ham, yoki biror turi so'z tarkibida birdan ortiq miqdorda qatnashgan bo'lsa ham, ODATDAGI TARTIB hisoblanaveradi, ya'ni so'z tarkibining buzulishi hisoblanmaydi:


1) nihollarning=nihol(asos)+lar(lug'.)+ni(sin.)
2) sanog'ini=son(asos)+a(so'z yas.)+q(so'z yas.)+i(sin.)+ni(sin.)
3) qushchalarning= qush(asos)+cha(lug'.)+lar(lug'.)+ning(sin.)
4) insonni=inson(asos)+ni(sin.)
5) chiroyliroq=chiroy(asos)+li(so'z yas.)+roq(lug'.)
6)......
7).....
va hokozolarning barchasi ham tarkibidagi morfemalari ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHGAN so'zlar hisoblanadi.
Sizda savol tug'ilishi tabiiy, qanday so'zlarga TARKIBIDAGI MORFEMALARI ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHMAGAN SO'ZLAR deyiladi? deb so'raysiz, albatta.
So'z yasovchi qo'shimchalarning asosdan oldin kelish (beandisha, serhosil) holatlariga hamda so'z yasovchi qo'shimchalaridan oldin SHAKL YASOVCHILAR ning kelishi kuzatilgan so'zlarga "tarkibidagi morfemalari ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHMAGAN so'zlar" deyiladi:

  • ko'rsatkich=ko'r+sat(shakl yas)+kich(so'z yas)

  • muzlatkich=muz(asos)+la(so'z yas)+t(shakl yas)+kich(so'z yas)

  • qaqshatqich=qaqsha(asos)+t(shakl yas)+qich(so'z yas)

  • o'chirg'ich=o'ch(asos)+ir(shakl yas)+g'ich(so'z yas)

  • tutatqi=tuta(asos)+t(shakl yas)+qi(so'z yas)

  • maqtanchoq=maqta(asos)+n(shakl yas)+choq(so'z yas)

  • chiqarg'ich=chiq(asos)+ar(shakl yas)+g'ich(so'z yas)

  • yoqilg'i=yoq(asos)+il(shakl yas)+g'i(so'z yas)

  • qazilma=qazimoq(asos)+l(shakl yas)+ma(so'z yas)

  • topilma=top(asos)+il(shakl yas)+ma(so'z yas)

  • qurilma = qur(asos) +il(shakl)+ma(so`z yas)

  • isitma

  • ko'rsatma

  • qaynatma

  • oshirma

  • tushunarli (matn) =tushun(asos)+ar(shakl yas)+li(so'z yas)

  • yetarli (ovqat) =yet(asos)+ar(shakl yas)+li(so'z yas)

  • ishonarli (bahona) =ishon(asos)+ar(shakl yas)+li(so'z yas)

  • yeyishli (ovqat) =yemoq(asos)+ish(shakl yas)+li(so'z yas) -- bu so'zda fonetik hodisa bor.

  • o'qishli (asar) =o'qi(asos)+ish(shakl yas)+li(so'z yas)

  • yopinchiq = yop(asos) + in(shakl yas) +chiq (so’z yas)

  • belanchak = bela(asos) + n(shakl yas) + chak (so’z yas)

  • quvonarli = quvon(asos) + ar(shakl yas) + li(so`z yas)

  • isitkich = isi(asos) + t(shakl yas) + kich(so’z)

  • esdalik = es(asos) + da(shakl) + lik(so’z)

Yuqorida tahlili keltirilmagan "isitma, ko'rsatma, qaynatma, oshirma" kabi so'zlar tarkibidagi morfemalarning tartibi odatdagidek ekanligi, yoki odatdagidek emasligi MATNDA BILINADI , yoki qavs ichida turkumi keltirilsagina bilinadi. Agar yuqoridagi so'zlar turkum jihatidan FE'L bo'lsa, tarkibida ikkita lug'aviy shakl qo'shimcha bor deb qaraladi va ushbu so'zlar morfemalari ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHGAN so'zlar hisoblanadi. Yuqoridagi so'zlar fe'l turkumiga mansub bo'lmasa, tarkibidagi "-ma" qo'shimchasi lug'aviy emas, so'z yasovchi hisoblanadi, ya'ni ot yasovchi va sifat yasovchi bo'ladi va bunday holda dastlab lug'aviy, keyin so'z yasovchi qo'shimchalar kelgan deb qaraladi va so'z tarkibidagi morfemalar ODATDAGI TARTIBDA JOYLASHMAGAN deb qaraladi.
Nonushtadagi taomni isitma. (isi(asos)+t(lug'aviy)+ma(lug'aviy))
Ukamda isitma va tumov kuchli edi. (isi(asos)+t(lug'aviy)+ma(so'z yasovchi))
Endi sizlar bilan SO`Z YASALISHI bo`limini o`rganishni boshlaymiz!

Download 2,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish