Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

QONNING SHAKLLI ELEMENTLARI
Odam qonida uch turdagi hujayralar uchraydi: eritrotsitlar (qizil qon
tanachalari), leykotsitlar (oq qon tanachalari) va trombotsitlat (qon
plastinkalari). Qonning bu shaklli elementlari soni, tuzilishi, yetilishi,
bajaradigan vazifasi bilan bir-biridan farq qiladi.
Eritrotsitlar qondagi son jihatidan eng ko’p bo’lgan shaklli element.
Eritrotsitlarning eng asosiy xususiyati yadrosizligidir. Erkaklar qonining 1 mkl
da o’rta hisobda 5,1 mln, ayollarnikida esa – 4,6 mln eritrotsit bo’ladi.
Eritrotsitlarning soni fiziologik va patologik holatlarda o’zgarib turadi. Ular
sonining oshishi eritremiya, kamayishi – eritropeniya yoki anemiya, deyiladi.
Eritremiya baland tog’ga ko’tarilganda, odam organizmini kislorod bilan
ta’minlashni qiyinlashtiradigan kasallik rivojlanganda (o’pka, yurakning
surunkali kasalliklarida), kislorod yetishmovchiligi tufayli yuzaga chiqadi.
Eritropeniyaga eritrotsitlar yaralishining sekinlashishi, tez yemirilib ketishi
yoki qon yo’qotilishi sabab bo’ladi.
Katta odamning qonida jami 25x10
12
-30x10
12
eritrotsit bo’ladi. Qondagi
eritrotsitlar yig’indisi eritron deyiladi.
Eritrotsitning tuzilishida tayanch – stroma va yuza qavati – qobig’i tafovut
qilinadi. Qobiqning tuzilishida boshqa hujayra membranalarining tuzilishidan
farq yo’q. Uning kationlar uchun o’tkazuvchanligi juda past, ammo anionlarni
bemalol o’tkazadi.
Eritrotsitlar massasining 34% quruq modda, quruq moddaning 90%
gemoglobin.
Odam eritrotsitlari o’ziga xos shaklga ega: o’rtasi yupqa kulchaga o’xshaydi
(31-rasm). Diametri 7,2-7,5 mkm, qalinligi 2,2 mkm. Eritrotsitning o’rtacha
hajmi 90 mkm
3
. Katta odam qonidagi barcha eritrotsitlarning umumiy yuzasi
3000 m
2
, ya’ni butun gavda yuzasidan 1500 marta ortiq. Bunday katta yuzaning
hosil bo’lishi bir tarafdan eritrotsitlar soniga bog’liq bo’lsa, ikkinchidan shakliga
bog’liq. Agar eritrotsit shakli shar shaklida bo’lganda, yuzasi 20% kam bo’lar


edi. Bunday sharning radiusi 2,5 mkm ni tashkil qilardi yoki yuzasidan eng uzoq
nuqtasigacha bo’lgan masofa 2,5 mkm ga teng bo’lar edi. Kulchasimon
eritrotsitlar qobig’idan eng uzoq nuqtasigacha bo’lgan masofa 1 mkm dank kam.
Demak, 
eritrotsitlar 
ichida 
eng 
chuqur 
joylashgan 
gemoglobinning
molekulasigacha kislorod tez yetib boradi.
Eritrotsitlarning o’ziga xos shakli
va yadrosizligi kislorodni o’pka
kapillyarlaridan o’tayotganda tezroq biriktirib olish va to’qimalarga to’la
yetkazishga qaratilgan. Yadroli hujayralarda modda almashinuvi va unga
aloqador kislorod sarfi bir necha o’n marta yuqori bo’ladi.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish