ERITROTSITLARNING CHO’KISH TEZLIGI
Ivishning oldi olingan qonni probirkaga solib qo’yilsa, solishtirma og’irligi
kattaroq bo’lgan eritrotsitlar cho’kadi. Cho’kish tezligini aniqlash uchun
millimetrlarga bo’lingan ingichka shihsa naychadan foydalaniladi. Sog’lom
erkaklarda eritrotsitlarning cho’kish tezligi soatiga 1-10 mm, ayollarda 2-15
mm.
Bu tezlikning oshib ketishi kasallik alomati hisoblanadi. EchT plazmaning
xossalariga, birinchi galda, undagi yirik molekulali oqsillar – globulinlar va
fibrinogen miqdoriga bog’liq. Yallig;lanish jarayoni rivojlanishi odatda
globulinlar va fibrinogen miqdorining oshishiga olib keladi. Ayni vaqtda EchT
ham oshadi. Bu ko’rsatkich fiziologik xolatlarda, xususan homiladorlik davrida
tezlashadi va 40-50 mm/soatni tashkil qiladi. Bunga plazmada fibrinogen
miqdorining 2 baravar oshib ketishi sabab bo’ladi.
Chamasi, plazmada yirik molekulali oqsillarning ko’payib ketishi elektr
zaryadlar
miqdorini
kamaytiradi,
eritrotsitlarning bir-biridan qochishi
sustlashtiradi. Natijada ular bir-biriga yopishib, yirik tanga ustunlar hosil qiladi
va tez cho’kadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |