100
8-Bob. Modda va energiya almashinuvi. Oziqlanish. Termoregulyatsiya.
Transgen mahsulotlarni metabolizm jarayoniga ta’siri.
Organizmda moddalar almashinuv natijasida energiya ajralib va yutilib
turadi. Energiya almashinuvini o‘rganib, moddalar almashinuvining intensivligi
to‘g‘risida fikr yuritsa bo‘ladi. Moddalar almashinuvining qanday darajada
kechayotganligi sarf bo‘layotgan energiya
miqdori bilan belgilanib, bu energiyani
organizm iste’mol qilinayotgan oziqa tarkibidan oladi (ilova: 46-rasm). Oziqalar
tarkibidagi yog‘lar, uglevodlar, oqsillar organizmda parchalanib potensial energiya
hosil qiladi. Lekin bu energiyaning hammasi hayotiy jarayonlarni ro‘yobga
chiqarishga sarflanib qolmasdan balki modda almashinuvining oxirgi maxsulotlari
hosil bo‘lishiga, ichilayotgan suv va iste’mol qilingan oziqalarni isitishga
sarflanadi. Organizmda hosil bo‘layotgan energiya mexanik,
kimyoviy, elektrik,
osmotik energiya ko‘rinishida organizmning hayotiy jarayonlarni ro‘yobga
chiqarish uchun sarflanadi. Organizmga sarflanayotgan energiyaning bir qismi
kimyoviy sintez jarayonida o‘zlashtiriladi. Organizm hayotiy jarayonlariga
sarflanayotgan energiyaning hamma xillari issiqlik
energiyasiga aylanib tashqi
muhitga chiqariladi (ilova: 48-rasm). Bu energiya miqdorining qanchasi organizm
hayotiy jarayonlari uchun sarflanayotganini bilish uchun organizmga qabul
qilinayotgan organik moddalardan ajraladigan energiyani va uni istemol qilganda
organizmdan ajiraladigan energiyani bilishimiz kerak. Oziqa moddalarning
energiya berish qobiliyatini Bertlo kollorimetrik
bombasi yordamida yondirib
aniqlasa bo‘ladi. Bertlo kalorimetrik bombasi ikki qavat bo‘lib, bu ikki qavat
o‘rtasiga suv solinib, ichki stakan ustidan qopqoq qo‘yilib burab berkitiladi. Shu
qopqoq orqali stakanga ikkita o‘q tushirilib shu o‘qlarning birini uchiga idishcha
osilib bu idishga yondiriladigan oziqa solinadi. Qopqoq yopilib stkan ichiga 25
atm. bosim bilan kislorod yuborilib keyin shu o‘qlar
orqali elektr toki
o‘tkazilganda oziqa juda tez yonib juda ko‘p issiqlik ajralib stakan atrofidagi suvni
ma’lum darajagacha bo‘ladi va shu qopqoqdan stakan ichiga ikkita ingichka o‘q
tushirilgan. Bu o‘qlardan biriga kichkina idishcha osib qo‘yilgan bo‘lib, bu
101
idishning ichiga yondirilishi lozim bo‘lgan oziqa solinadi. Stakan qopqog‘i yopilib
stakan ichiga 25 atm bosimda O
2
kiritilib, o‘qlar orqali elektr toki o‘tkaziladi.
Natijada, tekshirilayotgan oziqa tez yonib, ajralib chiqqan issiqlik stakanni ma’lum
darajagacha qizdiradi. Yondirilayotgan modda miqdori va qancha suvni necha
gradusga qizdirganligiga qarab, ajralib chiqqan issiqlik
miqdorini kalloriyada
hisoblansa bo‘ladi. Uglevod va yog‘lar organizmda ham kalorimetrik bombalarda
ham yondirilganda bir xilda energiya hosil qiladi, ya’ni 1 gr yog‘ yonganida har
ikkala holatda ham 9,3
kj energiya ajratadi, 1 g uglevod esa 4,1 kj energiya
ajratadi. Ammo oqsillar organizmda oksidlanishi natijasi 4,1 kj energiya hosil qilib
siydik va axlat tarkibida mochevina, urat kislotasi va boshqa chiqindi moddalar
sifatida bir qism oqsillar tashqariga chiqariladi. Kalorimetrik bombalarda esa shu
chiqindi holatida hosil bo‘layotgan moddalar ham oxirgi mahsulot ya’ni
suv va
karbonat angidridga parchalanib 5,8 kj energiya hosil bo‘ladi. Demak organizmda
hosil bo‘layotgan chiqindi moddalar hisobiga 1 g oqsil parchalanishidan 1,7 kj
energiyani o‘zlashtira olmas ekan. Istemol qilingan oziqadagi 1 g yog‘ 9,3 kj
uglevod 4,1 kj, oqsil 4,1 kj energiya ajratsa organizmga kiritilgan energiyani
qancha ekanligini bilish mumkin. Buning uchun ma’lum vaqt davomida ajralgan
issiqlik miqdorini hisoblash kerak bo‘lib, bu issiqlik miqdorini vositasiz va vositali
kallorimetriya usulidan foydalanib aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: