Fiziologiya odam anatomiyasi asoslari bilan



Download 4,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/115
Sana13.05.2022
Hajmi4,73 Mb.
#602931
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115
Bog'liq
fayl 1605 20210825

Nafas koeffisienti
 
deb, vaqt birligida organizmdan ajralib chiqqan karbonat angidrid hajmini yutilgan 
kislorod hajmiga nisbatiga aytiladi va
NK=CO
2
/O
2
ifodalanadi. Turli xil 
parchalanayotgan moddalarning nafas koffisienti turlicha bo‘lib, Masalan: 
organizmda uglevodlar parchalansa, oksidlansa nafas koffisienti 1 ga, yog‘lar 
oksidlansa 0,7 ga, oqsillar parchalansa 0,8 ga tengdir. Nafas koffisientining bunday 
turlicha bo‘lishi bu moddalarning tarkibiga bog‘liq bo‘lib, uglevodlar tarkibidagi 
kislorod shu molekuladagi vodorod oksidlashga yetarli bo‘lganligi uchun 
uglevodlar oksidlanganda qancha molekula karbonat angidrid hosil bo‘lsa 
o‘shancha molekula kislorod
sarflanadi. Demak, yutilgan har bir molekula kislorod
organizmda bir molekula karbonat angidrid hosil qilib, bu vaqtda nafas koeffisienti 
1 ga teng, yog‘lar molekulasida kislorod kam va shu yog‘ molekulasidagi 
vodorodni oksidlashga etmay, oksidlanishda qatnashayotgan kislorod, yog‘ 
molekulasi tarkibidagi uglevodlardan tashqari bir qism vodorodni oksidlash uchun 
ham sarf bo‘ladi va suv hosil qiladi. Shuning uchun ham yog‘lar yonganida, 
oksidlanganida karbonat angidridga nisbatan ko‘p kislorod yutiladi va nafas 
koffisienti birdan past bo‘ladi. Organizmda oqsillar parchalanishida nafas 
koffisientini aniqlash ancha qiyin, chunki oqsillar organizmda to‘la parchalanmay, 


104 
suv va karbonat angidrid hosil qilmay, ular organizmda parchalanganda 
mochevina, urat kislotalar va boshqa moddalar hosil bo‘lib siydik bilan chiqariladi. 
Organizmda organik moddalar alohida-alohida parchalanmay, balki oqsillar, 
yog‘lar va uglevodlar bir vaqtda belgili miqdorda parchalanadi. Shunga bog‘liq 
ravishda nafas koeffisienti ba’zan birdan oshiq, ba’zan birdan kam bo‘ladi va hatto 
0,7 dan pasayib ketadi. Nafas koeffisientini yuqori bo‘lishi organizmda uglevodlar 
yog‘ga aylanayotgan davrga to‘g‘ri kelib uglevodlarda kislorod yog‘lardagiga 
nisbatan ko‘p bo‘lib bu vaqtda ajralayotgan kislorod organizmda oksidlanish uchun 
sarflanib yutilgan kisloroddan ajralayotgan karbonat angidrid ko‘payib ketadi va 
nafas koeffisienti 1 dan baland bo‘ladi aksincha organizm och qolganida 
yog‘larning bir qismi uglevodlarga aylana borib, atmosfera havosidan olingan 
kislorod yog‘larni oksidlash bilan uglevod molekulasini hosil qilishda ishtirok etib, 
yutilgan kisloroddan hosil bo‘lgan karbonat angidrid ko‘p bo‘lib nafas koeffisienti 
0,7 dan pasayadi. Demak organizm bilan tashqi muhit o‘rtasidagi gazlar 
almashinuvini bilib, organizmdagi energiya sarfini koloriyalarda aniqlash mumkin. 
Buning uchun:
1. Nafas koeffisienti aniqlanadi.
2.Shu nafas koeffisientiga qarab organizmga 1 l kislorod yutilganda yoki undan 1 l 
karbonat angidrid chiqarilganda qancha koloriya issiqlik hosil bo‘lganini jadvaldan 
topiladi. 41,5 g. uglerodning oksidlanishi uchun (41,5 x 32 ):12=110,60g. O
2
sarflanadi va 44,5+110,66=152.16 g CO
2
hosil bo‘ladi. 4,4 g vodorodni 
oksidlanishiga (4,4 x 16):2=35,2 O
2
sarflanadi. Demak, uglerod va vodorodni 
oksidlanishi uchun 110,66+35,2 =145,86 g kislorod sarflanadi. Nafas koeffisienti 
organizmda oksidlanayotgan moddalar miqdorini o‘zaro nisbati to‘g‘risida 
tushuncha beradi. Yutilgan kislorod, ajralayotgan karbonat angidrid siydik orqali 
chiqarilgan azot miqdorini aniqlab, organizmda qancha uglevod, yog‘ va oqsil 
parchalanganligi aniqlanadi. Organizmda biror organik moddaning bir grammi 
oksidlanganida ajralib chiqadigan issiqlik miqdorini shu moddaning kalorik 
koeffisienti deyilib, Rubnerning ma’lumotlariga qaraganda organik moddalarning 
kalorik koffisientlari:


105 
1 gramm oqsil 4,1 kkal
1 gramm yog‘ 9,3 kkal 
1 gramm uglevod 4,1 kkal 
Bu energetik koffisientlar asosida bir modda ikkinchi moddani o‘rnini qoplashi 
mumkin bo‘lib, bunga 
izodinamiya
deyiladi. Bu qoidaga asosan 1 gramm yog‘ 
o‘rnini 2,3 gramm oqsil yoki uglevod qoplashi mumkin yoki 1 gramm oqsil o‘rnini 
1 gramm uglevod yoki 0,44 gramm yog‘ bosishi mumkin. Bu qoida cheklangan 
bo`lib bir modda ikkinchi moddani energetik ehtiyojini qondirgani bilan ularni 
plastik ehtiyojini to‘la qondira olmaydi. 
Asosiy almashinuv
– 
bu organizm uchun 
standart sharoitlarda yashash uchun kerak bo‘ladigan minimal energiya miqdori. 
Standart sharoit deganda kiradi: 
-
tana gorizontal holatda, mushaklar bo‘shashagan va hissiy zo‘riqishlar ham minimal 
miqdorga tushirilganda; 
-
oxirgi ovqatlanishdan 14-16 soat o‘tib; 
-
temperaturaning tana uchun eng muqobil xolati 18-20 gradusda bo‘lganda; 
- hayvon oqsiliga boy ovqat 3 davomida yeyilmagan xolatda. 
Asosiy almashinuvni tadqiq qilish bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan 
bo‘lib, ular asosida asosiy almashinuvni hisoblashni amalga oshiruvchi jadvallar 
tuzilgan. Bu jadvallar asosida har bir sog‘lom inson uchun uni jinsi, tana vazni va 
bo‘y ko‘rsatgichini inobatga olgan holda asosiy almashinuvni hisoblash imkoniyatini 
beradi. Keyingi bosqichda shu odamni asosiy almashinuvini kalorimetriya orqali ham 
aniqlanadi va bu ko‘rsatgichlar solishtiriladi. Asosiy almashinuv ko‘rsatgichlariga 
ko‘pgina omillar ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: ba’zi endokrin kasalliklarda asosiy 
almashinuv keskin ortib ketadi. Qalqonsimon bezning giperfunksiya xolatida aosiy 
almashinuv keskin ortadi, aksincha gipofunksiyasida pasayishi kuzatiladi. Asosiy 
almashinuvni susayishiga gipofiz va jinsiy bezlardagi yetishmovchilik ham sabab 
bo‘lishi mumkin. Asosiy almashinuvni o‘rtacha ko‘rsatgichi1 soatda 1 kg tana vazniga 
1 kkal ni tashkil qiladi. Erkaklarda 1 sutka davomidagi asosiy almashinuv 1700 kkalni, 
ayollarda 10% ga kam miqdorni tashkil qiladi. Sog‘lom odamning sutkalik energiya 


106 
sarfi asosiy almashinuvdan kattaroq ko‘rsatgichni tashkil qilgan holda quyidagi 
tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.:
- asosiy almashinuv; 
-
biron-bir jismoniy yuklamani bajarish uchun saflanadigan energiya miqdori; 
-
iste’mol qilingan ovqatni hazm qilish va so‘rilishi uchun sarflanadigan energiya 
miqdori. Oqsilga boy ovqat iste’mol qilinganda modda almashinuv 30-40% ga 
ko‘payadi, ovqat tarkibi uglevod va yog‘larga boy bo‘lganda 4-15% ga ko‘payishini 
ko‘ramiz.Yuqorida keltirilgan ko‘rsatgichlarning yig‘indisi umumiy almashinuvni 
tashkil qiladi. Organizm normal hayotchanlikni namoyon qilishi uchun iste’mol 
qilinayotgan ovqat tarkibidagi energiya miqdori sarflanayotgan miqdorga adekvat 
bo‘lgandagina mumkin bo‘ladi. Organizmda adaptativ mexanizmlar bu jarayonlarni 
normal borishini ta’minlaydi. 

Download 4,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   115




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish