Mavzuni o‘zlashtirilishini tekshirish uchun savollar:
1. Asosiy almashinuv nima? U qanday aniqlanadi?
2. Oqsil almashinuvi, plastik va energetik ahamiyati?
3. Uglevod almashinuvi, plastik va energetik ahamiyati?
4. Yog‘ almashinuvi, plastik va energetik ahamiyati?
5. Vositali va vositasiz kalorimetriyani tushuntiring?
6. Taomnoma tuzish tamoyillari qanday?
7. Energiya almashinuvining umumiy tushunchalarini ayting?
12. Asosiy almashinuv va uning ko‘rsatgichlariga ta’sir etuvchi omillarni
tushuntiring?
13. Termoregulyatsiya. Tana haroratini idora etilishini tushuntiring?
14. Transgen mahsulotlar haqida tushuncha bering?
110
9-Bob. Ayiruv jarayoni. Buyrak tuzilishi va fiziologiyasi. Diurez mexanizmi.
Genle halqasidagi fiziologik jarayonlar.
Ayiruv a’zolari organizmdan ortiqcha suyuqlikni, ayrim ionlarni va
moddalar almashinuvining qoldiq mahsulotlarini chiqarishda xizmat qiladi.
Odamning buyraklari, ter bezlari, o‘pkasi va ichagi - chiqaruv a’zolari hisoblanadi.
O‘pka karbonat kislotasi, suv va ba’zi uchuvchan moddalarni (masalan narkoz
paytida efir, xloroform va boshqa moddalarning bug‘larini, alkogolli ichimliklar
ichilganda alkogol bug‘larini) organizmdan chiqarib yuboradi. Ba’zi bir og‘ir
metallarning tuzlarini va o‘t pigmentlarining o‘zgarish mahsulotlarini organizmdan
ichak chiqarib yuboradi. Ayiruv a’zolar modda almashinuvining yakuniy
mahsulotlarini organizmdan chiqarish bilan bir qatorda, organizm ichki
muhitining tarkibini va xossalarini doimiy darajada saqlash uchun ham ahamiyatga
ega. Masalan, osmoregulyastiyada, ya’ni ichki bosimning osmotik bosimi
turg‘unligini saqlashda (izoosmiya) va ionlar tarkibining turg‘unligini saqlashda
(izoioniya) qatnashadi. Shu bilan birga, buyraklar, o‘pka, ter bezlari organizmda
vodorod ionlari konsentratsiyasini doimiy darajada ushlab turishda ham muhim
ahamiyatga egadir. O‘pka alveolalari va teri yuzasidan suvning bug‘lanishi tana
haroratini pasaytiradi, demak, ter bezlari va o‘pka termoregulyatsiyada ham
qatnashadi. Ayiruv a’zolar o‘rtasida yog‘ va sut bezlari alohida o‘rin tutadi. Ular
ajratadigan moddalar - teri yog‘i va sut - moddalar almashinuvining yakuniy
mahsulotlari bo‘lmasdan, ma’lum fiziologik ahamiyatga ega, ya’ni sut - chaqaloq
uchun ovqat bo‘lsa, teri yog‘i esa - terini moylab turadi.
Buyraklar
- juft a’zolar bo`lib, shakli loviyaga o`xshaydi (ilova: 50-rasm).
Uning tashqi qirg`og`i qavariq, ichki qirg`og`i botiq bo`ladi. Ichki botiq
qirg`og`ida chuqurcha bo`lib, ana shu erda
buyrak
darvozasi
shakllanadi. Buyrak
darvozasiga buyrak arteriya va asab kiradi va undan vena, limfa tomirlari va
siydik yo`li chiqadi. Buyrak darvozasi sohasida bo`shliq hosil bo`ladi va buyrak
kavagi deyiladi. Siydik qabul qilib oladigan qismlar - chunonchi, buyrak
kosachalari, buyrak jomi ham shu yerdan boshlanib siydik olib ketuvchi yo`llarga
111
ochiladi (ilova: 51-rasm). Buyrakning tashqi va ichki yuzalari, quyi va yuqorigi
qutblari tafovut qilinadi. Tashki yuzasi orqa yuzaga qaraganda qavariq bo`ladi.
Uning yuqori qutbi quyi qutbiga nisbatan uchlangan bo`lib, yuzasida buyrak usti
bezlari o`rnashgan.
Nefron
- buyrakning struktur va funksional birligidir. Nefron to‘g‘ri va egri
- bugri kanalchalar tizimidan iborat. Har bir nefronda koptokchali va kanalchali
qismlar farqlanadi. Koptokchali qism yoki Malpigi tanachasi o‘z navbatda tomirli
koptokcha kapillyarlaridan va Boumen - Shumlyanskiy kapsulasidan iborat.
Tomirli koptokcha 50 taga yaqin kapillyarlar qovuzlog`idan iborat. Shumlyanskiy
kapsulasi kosachaga o`xshash bo`lib, tashqi va ichki varaqlardan iborat, orasida esa
yoriqsimon bo`shliq joylashgan. Tomirli koptokchani Shumlyanskiy kapsulasi
o`rab turadi. Bu yerda siydik hosil bo`lishning birinchi bosqichi -
filtratsiya
jarayoni ro`y beradi. Natijada qondan birlamchi siydik hosil bo`ladi. 1 sutka
davomida birlamchi siydikning umumiy miqdori 60-80 litrni tashkil etadi. Bunday
siydikning tarkibida zararli moddalardan tashqari, organizmga zarur bo`lgan
moddalar ko`p miqdorda bo`ladi. Bularga oqsillar, glukoza, albuminlar, tuzlar va
suv kiradi. Nefronnning ikkinchi qismi - kanalchali qism bo`lib, quyidagi
bo`limlardan iborat: proksimal bo`lim, Genle qovuzlog`i (pastga tushuvchi va
yuqoriga ko`tariluvchi qismlardan iborat), distal bo`lim va yig`uvchi naychadan.
Nefronning proksimal va distal bo`limlari I va II tartibli egri-bugri kanalchalar deb
ataladi. Genle qovuzlog`ining naychalari va yig`iluvchi naycha to`gri
kanalchalardan tashkil topgan. Kanalchalarni devori bir qavatli epiteliydan
tuzilgan. Kanalchali qismida siydik hosil bo`lishining ikkinchi bosqichi -
reabsorbsiya yoki qayta surish
jarayoni ro`y beradi. Kanalchalar devorining
epiteliy hujayralari birlamchi siydikdan natriy, kaliy ionlarini va suvni qayta
suradi.. Natijada, ikkilamchi siydik hosil bo`ladi. Uning umumiy miqdori 1-1,5
litrni tashkil etadi. Shunday qilib, nefronda siydik hosil bo`lish jarayoni ikki
bosqichdan iborat: filtratsiya va reabsorbsiyadan. Filtratsiya jarayoni koptokchali
qismida o`tib, natijada birlamchi siydik 60-80l miqdorda hosil bo`ladi.
112
Reabsorbsiya jarayoni kanalchali qismida o`tib, natijada ikkilamchi siydik 1-1.5 l
miqdorda hosil bo`ladi.
Buyraklar nafaqat ajratishda ishtirok etuvchi a’zolardir, ularni bajaradigan
boshqa funksiyalariga ko`ra ichki sekretsiya bezi deb ko`rish mumkin. Nefrondagi
Genle qovuzlog`ining yuqoriga ko`tariluvchi kanalchasini distal bo`limiga o`tish
joyida ko`p miqdordagi yadrolar to`dasini ko`rish mumkin, bazal membranasi
bo`lmaydi. Distal bo`limining bu qismi
zich dog`
deb nom olgan. Qon olib
keluvchi va qon olib ketuvchi arteriyalarning zich dog`ga tegib turadigan devorida,
endoteliotsitlar tagida
Yukstaglomerulyar hujayralari
joylashadi. Bu hujayralar
qon bosimini idora etadigan
renin
oqsilini va buyrak
eritropoetik faktorini
ishlab
chiqaradi. Buyrak eritropoetik faktori eritrotsitopoez yoki eritrotsitlarni
rivojlanishini tezlashtiradigan moddalarni ishlab chiqaradi.Yukstaglomerulyar
apparat tarkibida afferent arteriolaning donali yukstavaskulyar hujayralari, distal
naychadagi zich dog‘ hujayralari va bu ikki turdagi hujayralar bilan jipslashgan
maxsus yukstaglomerulyar hujayralar uchraydi. Yukstavaskulyar hujayralarning
donachalari
proteolitik
enzim
-
reninga
boy.
Renin
qonga
o‘tib,
angiotenzinogendan angiotenzin-I ni ajratadi. Angiotenzin-I o‘nta aminokislota
qoldig‘idan iborat peptid bo‘lib, unga enzim ta’sir qilishi natijasida ikki
aminokislota qoldig‘i ajraladi va qon tomirlarni juda ham toraytiruvchi modda -
angiotenzin-II
hosil
bo‘ladi.
Undan
tashqari,
angiotenzin-II
natriy
reabsorbsiyasiga, buyrak usti bezlaridan aldosteron sekretsiyasiga rag‘batlovchi
ta’sir ko‘rsatadi. Xulosa qilib aytganda, buyraklar - polifunksional a’zo bo‘lib,
tarkibida azot bo‘lgan metabolitlarni va organizm uchun yot bo‘lgan moddalarni
chiqarish bilan bir qatorda, ular, suyuqliklarni boshqarishda, osmotik
bosimni, ionli tarkibni va kislotali-ishqorli tenglikni doimiy darajada saqlashda,
oqsillar, lipidlar, uglevodlar va vitaminlar metabolizmida qatnashadi. Arteriya
bosimini, eritropoez, elektrolitlar gomeostazini boshqaruvchi biologik faol
moddalarni hosil qilib, muhim inkretor funksiyani bajaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |